Mikrosikllar strukturasi. Musobaqa mikrosikllari musobaqalar jadvali va ularga bevosita olib keluvchi shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Tayyorlov davrining ikkinchi bosqichida bu mikrosikllarning barcha detallari hamisha ham qayta tiklanavermaydi. Aslida musobaqalar rejimi optimal mashg‘ulot rejimidan qancha kam farq qilsa, uni tayyorgarlik jarayonida shuncha to‘liqroq va tezroq tiklab olish mumkin.
Buni misol bilan tushuntiramiz. Agar futbol bo‘yicha turnir musobaqalari 5 - 6 kunlik intervallar bilan o‘tkaziladigan bo‘lsa, u holda musobaqa yuklamalarining bunday rejimi tayyorlov ishlarini haddan tashqari cheklab qo‘ymaydi. Bunday rejimning mashg‘ulotning maxsus - tayyorlov bosqichidagi yuklamalarning ef-fektiv rejimi bilan qo‘shilib ketishi unchalik qiyin bo‘lmaydi va shuning uchun uni mazkur bosqichning ko‘pgina mikrosikllariga kiritish mumkin. Bunda mikrosiklning sxemasi taxminan jadvalda ko‘rsatilganidek bo‘lishi mumkin.
Agar musobaqalar kichik intervallar bilan yoki kichik seriya bilan bir necha kun ketma - ket davom etsa, u holda ko‘rib chiqilayotgan bosqichda yuklamalarning unga o‘xshash rejimini musobaqalarda ishtirok etishdan ham ko‘ra ko‘proq hajmi mikrosikllarning o‘rniga qarab musobaqa yuklamalarining hajmidan kamroq bo‘lishi ham, ko‘proq bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan turli mashqlar vositasi bilan modellashtirib tiklanadi.
Tayyorlov davrining oxiridagi mikrosiklning namuna sxemasi
Mikro-sikllar
Mashg‘ulotlarning asosiy
mazmuni
Yuklamaning nisbiy tavsifi
1
Faol dam olish
hajm bo‘yicha
intensivlik bo‘yicha
2
Umumiy jismoniy tayyorgarlik
katta yoki o‘rta
o‘rta yoki katta
3
Maxsus tayyorgarlik
katta
katta yoki maksimal
4
Faol dam olish yoki umumiy tayyorgarlik
kichik yoki o‘rta
o‘rta
5
Maxsus tayyorgarlik
o‘rta
o‘rta yoki katta
6
Maxsus tayyorgarlik yoki faol dam olish va «razminka»tipidagi mashg‘ulot
kichik
katta yoki o‘rta
7
Musobaqalar (o‘quv, nazorat yohud rasmiy)
Tanlangan sport turining spesifikasiga qarab
Umuman shuni aytish kerakki, tayyorgarlik sharoitlarining musobaqa sharoitlariga muvoffiqligi hamisha ham musobaqa sharoitlarini aynan ko‘chirish degan ma’noni anglatavermaydi. Tayyorgarlikni qiyinlashtiradigan sharoitlar mazkur sharoitga o‘tish uchun qanchalik zarur bo‘lsa, faqat shuncha va tayyorgarlikning yakuniy natijasiga salbiy ta’sir etmaydigan darajadagina kiritiladi. Bundan tashqari musobaqaning bir qator o‘zgaruvchan sharoitlari (raqibning o‘ziga xos xususiyatlari, birinchilik o‘tkazish tartibidagi ba’zi bir xususiyatlar, ob - havo sharoitlari va hokazolar) kutilmaganda paydo bo‘ladi. Sportchida xilma - xil sharoitlarda o‘z kuchini effektiv tarzda ishlata bilish qobiliyati bo‘lishi zarur. Buning uchun tayyorgarlik sharoiti tegishlicha variativ (o‘zgaruvchan) bo‘lishi kerak.
Mashg‘ulotning maxsus tayyorgarlik bosqichini boshqacha qilib musobaqa oldi bosqichi deb atash ham mumkin. Chunki u bevosita musobaqa davriga ulanib ketadi. Bu bosqichda qo‘lga kiritiladigan sport formasini «boshlang‘ich» deyish mumkin: keyinchalik uning darajasi ortib boradi, bunda uning ayrim komponentlari (ayniqsa, taktik tayyorlik) navbatdagi musobaqalarning spesifikasiga qarab o‘zgaradi.
Tayyorgarlik davrining funksiyasi bajarilganini ko‘rsatuvchi mezon sifatida mashg‘ulotning bundan oldingi siklida erishilgan natijadan yaxshiroq natija yoki shu darajaga yaqinroq ko‘rsatkich xizmat qilishi mumkin. Sport natijalari aniq miqdor xarakteristikasiga ega bo‘lmagan sport turlari uchun umumiy tayyorgarlik (birinchi bosqichda) va maxsus tayyorgarlik (ikkinchi bosqichda) normativlarini bundan avvalgi siklning tegishli normativlariga qaraganda ortiqroq bajarilishi mezon bo‘ladi.
Shaxsiy musobaqa davri.Musobaqa davrining strukturasi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikrosikllardan -musobaqa va yuklama tashlash mikrosikllaridan iborat bo‘ladi. Ikkinchi holda esa, 4-6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko‘p) musobaqa bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
U yoki bu strukturadan foydalanish sport turlarining xususiyatlariga, mazkur sport turida qabul qilingan musobaqalar taqvimiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq, bunda boshqa hamma sharoitlar teng bo‘lsa, davrning uzunligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi: oddiy struktura nisbatan uncha uzoq davom etmaydigan davrga (2 - 3 oygacha), murakkab struktura esa uzoq davrga (4-5 oylar chamasi) to‘g‘ri keladi.