Mashg‘ulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi - Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funksional yuklamalarni doimiy suratda yuksaltirib borish zaruriyati tug‘ilishi yuqorida ko‘rsatib o‘tildi. Bu sport mashg‘uloti uchun nihoyatda to‘g‘ridir, chunki sport yutuqlarining darajasi (boshqa sharoitlar teng bo‘lganda) mashg‘ulot talablari darajasiga mutano-sibdir. Sport mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va iroda tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora mukammalroq va murakkabroq malaka va ko‘nikmalarni egallab borishga, jismoniy va ma’naviy kuch-quvvatini tobora ko‘proq namoyon qilishga safarbar etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarishi ana shundan dalolat beradi.
Sport mashg‘ulotlarida, jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, yuklamalar asta-sekingina emas, balki maksimal suratda ham o‘sib boradi. «Maksimum» so‘zini bu yerda sport bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanilganda yuklamaning perspektiv ko‘paya borishi ma’nosida ham, sport taraqqiyotining har bir yangi bosqichida eng ko‘p yuklamalardan sistemali ravishda foydalanib borish ma’nosida ham tushunmoq kerak. Sport mashg‘u-lotlarining mazkur xususiyati uning ilmiy prinsipi sifatida birinchi marta A.N.Krestovnikov tomonidan ta’riflangan. Mashg‘u-lot yuklamalarining ta’siri ostida organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning miqdori ish qobiliyati «o‘ta tiklanishi»ga bog‘liq ekanining topilishi bu prinsipni tasdiqlagan eng muhim faqat bo‘ldi (G.F.Folbort, M.Ya.Gorkin, D.Matveevlar hamkorliklari bilan, N.N.Yakovlev, L.I.Yampolskaya va boshqalar).
«Maksimal yuklama» deganda ko‘pincha «haddan tashqari ko‘p», batamom charchatib tashlaydigan yuklama tushuniladi. Uni organizmning funksional qobiliyatlari chegarasidagi, hech qachon uning moslashuv imkoniyatlaridan tashqari chiqmaydigan yuklama deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar sportchi mashq qila turib o‘zining moslashuv imkoniyatlari me’yoridan chiqib, «haddan tashqari charchab qolsa» va buning natijasida o‘ta mashq bilan chiniqqanlik holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal emas, balki haddan tashqari yuklama bo‘ladi. Maksimal yuklama esa organizmga uning fiziologik normalariga to‘la mos tushadigan talablar qo‘yib, mashq bilan chiniqqanlik eng yuqori darajaga ko‘taruvchi omil hisob-lanadi.
Maksimal yuklamaning aniq miqdor o‘lchami, tabiiyki, sportchining oldindan qay darajada mashq bilan chiniqqanligiga, uning individual xususiyatlariga hamda sport turining xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, yugurishga endi o‘rganayotgan stayer uchun bir mashg‘ulotda 10-15 kilometr atrofida yugurish maksimal hisoblansa, yuksak malakali stayerlar bir mashg‘ulotda 60 kilometr va undan ortiq masofani bemalol bosib o‘tadilar, kichik razryadli shtangachilarning mashg‘ulotlari vaqtida maksimal yuklama kamdan-kam 10 tonnaga boradi, eng kuchli og‘ir atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnaga va undan ortiq darajaga (og‘irlik kategor-iyasiga qarab) yetkazadilar. Bunda shtanganing o‘rtacha og‘irligi 130-180 kilogramm va undan ortiq bo‘ladi. Hozirgi zamon sport amaliyoti mashg‘ulot yuklamalarining ratsional miqdori haqi-dagi ilgarigi tasavvurlarni ancha o‘zgartirib yubordi. Insonning imkoniyatlari va ularning taraqqiy etish darajasi eng dadil taxminlardan ham yuksakroq bo‘lib chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan mashg‘ulot yuklamalari amalda tobora kengroq va dadil qo‘llanilmoqda. Yuklamalar miqdori ayrim mashg‘ulotlarda ham, haftalik, oylik va yillik jami mashg‘ulotar ma’nosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat yetakchi sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi endilikda o‘rta malakali sportchilar uchun me’yor bo‘lib qolmokda.
Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qo‘llash, garchi ular o‘rtasida qarama-qarshiliklar bo‘lishi mumkin bo‘lsada, bir-birini inkor etmaydi. Maksimal yuklamalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida ularning asta-sekin yuksala borishining natijasi bo‘lmog‘i kerak. Aks holda maksimal yuklamalar salomatlikni mustahkamlash va sport yutuqlarini o‘stirish ishiga qarama-qarshi bo‘lib chiqadi. Yuklamaning chegarasi har doim organizmning mazkur taraqqiyot bosqichidagi imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. Mashg‘ulot nati-jasida funksional va moslashuv imkoniyatlarining osha borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-sekin ortib boradi: oldingi bosqichda maksimal bo‘lgan ko‘rsatkich undan keyingi bosqichda oddiy yuklama bo‘lib qoladi.
Mashg‘ulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib o‘tilganidek, ularning hajmi va intensivligi o‘zgaradi. Lekin ularning o‘sa borishi barcha boskiqlarda birdek parallel ravishda bo‘lmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm ko‘proq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta bo‘lmagan mashg‘ulot jarayonlari uchun ham, ko‘p yillik sport faoliyat uchun ham xarakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz ort-tirib bora olmaydi. Sportchining asosiy faoliyati - yaratuvchi mehnat. Ana shu mehnat bilan sport mashg‘uloti muvofiqlashmog‘i kerak. Yosh o‘tishi bilan organizm funksional imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. Bularning hammasi mashg‘ulot yuklamalarini ma’lum qolipga solib qo‘yadi. Lekin amalda ana shu qolip doirasidagi barcha imkoniyat-larni to‘la ishlatib bo‘lgan bironta ham sportchi topilmasa kerak. Aslida eng avval yuklamalarning umumiy hajmi chegarasiga yetishi kerak, chunki u eng ko‘p vaqt sarflash bilan bog‘liq. Intensivlik esa (juda bo‘lmaganda ayrim ko‘rsatkichlari bo‘yicha) yosh ulg‘ayishi natijasida cheklovchi faktorlar paydo bo‘lguncha o‘sib boraveradi. Bunday faktorlar paydo bo‘lgandan keyin yuklamalarni faqat mashg‘ulot bosqichlari chegarasidagina orttira borish mumkin.
Sport mashg‘ulotining ko‘zdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik va individuallashtirish prinsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. Organizm funksional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qo‘yilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek, salomatligi bir muncha zaif bo‘lgan shaxslar uchun yohud yetarli darajada tayyorgarlik ko‘rmagan kishilar uchun sport mashg‘u-loti jismoniy tarbiyaning yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalaridan foydalanilgandagiga qaraganda ko‘proq qat’iy cheklashlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur. Shuningdek, sport mashg‘ulotlariga kirishishdan avval dastlabki umumiy jismoniy tayyorgarlik va chuqur vrach-pedagog nazoratidan o‘tish asosiy shart ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi.
Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining o‘sishi bilan birga yuksala boradi. Sportchi o‘z imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik yaqinlashsa, mashg‘ulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning roli shunchalik katta bo‘ladi. Murabbiy, olim, vrach, va sportchining doimiy hamkorligi hozirgi kunda ilg‘or sport amaliyotining tipik hodisasiga aylanib qolayotgani bejiz emas.
Asta-sekin yuklamani oshirish uchun:
- yillik ish hajmini 10-200 dan 1300-1500 soatga ko‘paytirish kerak:
- mikrosikllar ichida mashg‘ulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan ko‘pga ko‘paytirish:
- mashg‘ulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga ko‘paytirish:
- katta yuklamali mashg‘ulotlarni xafta mikrosikli ichida 5-7 taga oshirish:
- tanlangan yo‘nalishda mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish sportchi organizmini funksional imkoniyatlarini jalb qiladi:
- «qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi maxsus chidamlilikni oshishiga yordam beradi.
Maksimal yuklamadan foydalanish faqat sistemalilik prinsipiga qat’iy amal qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashg‘ulotlar davomiyligining chuqur o‘ylangan tizimnigina, mashg‘ulot jarayonining uzluksizligi hamda yuklama bilan dam olishning ratsional suratda almashlab turilishigina bunday yuklamalarning ijobiy samara berishini ta’minlashi mumkin.