Termiz davlat universiteti pedagogika istituti


“Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” usulining musiqani o’qitishdagi ahamiyati



Download 235 Kb.
bet10/13
Sana18.02.2022
Hajmi235 Kb.
#454435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Nasrullayeva Nasiba kurs ishi 1

2.6. “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” usulining musiqani o’qitishdagi ahamiyati
Musiqa fani-ijodiy fan. Musiqani o’qish, o’rganish, o’zlashtirish jarayonida o’quvchilar birmuncha qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarda o’z bilimiga ishonchsizlik paydo bo’lib, oqibatda fandan zerikish kabi salbiy holat yuzaga kelishi mumkin.
Bugungi zamon musiqa o’qituvchisi esa o’quvchilarga musiqa fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga qiziqish uyg’ota olishlari kerak-ki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yerishib chiqsin. O’qituvchi o’tgan har bir dars boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi pedagogic texnologiyalar, axborot vositalari, ko’rgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va ta’lim samaradorligi kafolatlanadi.
Interfaol metodlardan biri “Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi bo’lib, uni musiqa darsida qo’llashda yaxshi natijaga erishish mumkin.
“Bilaman.Bilishni xohlayman.Bilib oldim.”metodi.
Bu metod orqali muayyan mavzular bo’yicha o’quvchilar bilimini baholash va o’qituvchining o’quvchilarning nimalarga qiziqishlari, mavzuni o’zlashtirish darajalarini bilib olishga imkon beradi.
Ushbu metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar bilan ommaviy yoki guruhli ishlash mumkin. Guruh shaklida tashkil etilganda mashg’ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyati quyidagi ko’rinishda tashkil qilinishi mumkin:
1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg’ulot yakunida bu guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo’yicha umumlashtiriladi.
2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo’yicha o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajaradi. Dars jarayoni bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog’ozida o’z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim

Metodni qo’llash jarayoni uch bosqichdan iborat.
1-bosqich. O’quvchilarning o’rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo’yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.
2-bosqich.O’quvchilarning mavzu bo’yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo’lgan ehtiyojlari o’rganiladi.
3-bosqich.O’quvchilar yangi mavzu bo’yicha ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladi.
O’quvchilar jadvalning 1-ustunini to’ldiradilar. Ya’ni o’qituvchi hali yangi mavzuni tushuntirmagan bo’lsa-da, o’quvchilar yangi mavzuga doir qanday bilimga ega ega ekanliklarini sxemada ifoda etadilar. O’quvchilar 1-ustunni quyidagicha to’ldirdi deylik.

I.Bilaman.

• Musiqa chiroyli ohang
• Musiqa inson qalbiga ta’sir qiladi

2-bosqich. Jadvalning 2-ustunida o’quvchilar yangi mavzu bo’yicha nimalarni o’rganmoqchilar, nimalarni bilmaydilar-u, shuni o’zlashtirmoqchi bo’lsalar ustunchaga qayd etadilar. 2-ustun quyidagicha to’ldirdi deylik.



II.Bilishni xohlayman.

• Musiqa nima?
• Musiqiy tushuncha?

Shundan so’ng uchinchi bosqich boshlanadi.


3-bosqich. Bunda o’qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o’quvchilarni xabardor qiladi.Yangi mavzu bo’yicha materiallar tarqatiladi. Dars qiziqarli va tushunarli o’tishi uchun o’qituvchi musiqiy asar chalib berishi mumkin.
Mavzuga oid ma’lumot:
Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan. Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir. Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi. Mazkur jarayonning xususiyatlariga koʻra musiqa mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega boʻlishi mumkin. Bulardan insonning ichki dunyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil boʻlgan lirika musiqaning "botiniy" tabiatiga ancha yaqindir. Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi. Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviy maʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.
Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, Musiqa ham muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan Musiqa nutqqa (nutq intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida Musiqa faqat ungagina xos boʻlgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, musiqa tovushlarining muayyan musiqa tizimlarida tashkil etilishi) bilan nutqdan farq qiladi. Har bir alohida olingan musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega boʻlsada musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari musiqa madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi.
Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi.
Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar mazmunining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar musiqa madaniyati va anʼanalarida musiqaning barqaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obʼyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi muhim oʻrin tutadi.
Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, harbiy musiqa, kamer musiqa, simfonik musiqa, xor musiqasi kabi musiqa turlariga birlashadi. Tarixiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang , ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi.
Yangi mavzu bayon qilingach, o’quvchilar jadvalning uchinchi ustuniga o’zlashtirgan tushunchalarini yozadilar.

III. Bilib oldim
Musiqa (yun. mousiche —muzalar sanʼ-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi.
Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat.
Musiqa insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, gʻamginlik, xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (katʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviytasviriy imkoniyatlari yunon olimlari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari — Imom Gʻazoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqa tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq qilingan.
Musiqaning odam ongi va hissiyotiga taʼsir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang boʻlgan protsessual — muayyan jarayonli tabiati bilan bogʻliqsir.
Musiqa asarlari mazmunida badiiy gʻoyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning oʻzaro munosabatlari (taqqoslanish, toʻqnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shakllanadi.

3-bosqich tugagach yagona loyiha yaratiladi.Yaratilgan loyiha asosida quyidagi natijalarni olish mumkin:
1.O’quvchilarning maktabda olgan bilimlar bazasi qay darajada ekanligini, ularning mustaqil izlanishlari, nimalarga qiziqishlarini bilish mumkin.
2.O’quvchilar guruh bo’lib ishlaganda o’zaro hamkorlik, bir-birini tinglash va shu bilan birga sog’lom raqobat yuzaga kelib, erkin fikr bildirishga o’rganadilar.
Musiqa to’g’risida ilmiy dunyoqarashga ega bo’ladilar.
3.Bayon etilgan yangi mavzudan o’quvchilar nimalarni o’rgandilar va nimani tushunmadilar (Darsda qanday tushunchalar bayon etilmasdan qolib ketdi)? Bu savolga ham loyiha asosida javob topish mumkin.



Download 235 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish