≪Bahorda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisiga gul o‘tkazdik≫
mavzuida suhbat.
Bu suhbat maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisiga gul o‘tkazilgandan keyingi kun bo‘lishi mumkin.
Tarbiyachi: Bolalar, biz bog‘cha hovlisiga qanaqa gullarni o‘tazdik? Kim qanday gul ko‘chati olib kelgan edi?
Bolalar: Biz atirgul, ra’nogul, lola, gulsafsar, karnaygul, xrizantemalarni o‘tkazdik. Lola: Men atirgul olib keldim.
Zuxra: Men ra’nogul ko‘chatini olib keldim. Mehriniso: Men xrizantema ko‘chatini keltirdim. Bahrom: Men lola piyozini olib keldim.
Tarbiyachi: Kimning guli qayerda o‘sayotganini qanday qilib bilib olasiz? Lola: Gullarimiz ochilganda bilib olamiz.
Tarbiyachi: Ularni kim parvarish qiladi? Bolalar: Xammamiz parvarish qilamiz. Shoxruh: Bog‘bon bobomiz parvarish qiladilar.
Tarbiyachi: Bolalar, biz parvarish qilamizmi, bog‘bon bobomizmi?
Gulnoza: Bog‘bon bobomiz keksalar. Biz u kishiga gullar parvarishida yordam qilishimiz kerak.
Tarbiyachi: To‘g‘ri, bu gullarni biz o‘tkazdik, endi ularning parvarishiga yordam beramiz. Aytingchi, gullar qanday parvarish kilinadi?
Shohsanam; Suv quyamiz.
Lola: Tagini yumshatib, chopiq qilamiz. Gulnoza: O‘tlardan tozalaymiz.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri javob berdingiz. Orangizda o‘sayotgan gullarni payhon qilib tashlaydigan bolalar ham bormi?
Nosir: Yuk, biz unday bolalarni gulzorimizga qo‘ymaymiz. Lola: Gullarni yulib bo‘lmaydi, deb tushuntiramiz.
Tarbiyachi: Juda yaxshi aytdingiz. Gullarni payhon qilib bo‘lmaydi. Har bir bola bittadan gul uzaversa, nima bo‘ladi? Gullarni yulib ham bo‘lmaydi. Chunki ular hayotimizni yanada go‘zal qiladi.
Lola: Hayotni go‘zal qiladi, degani nima degani?
Tarbiyachi: Gulzorda hamma gullar ochilganda, bog‘cha xovlisi chiroyli bo‘lib ketadi. Bundan xammamiz quvonamiz. Bog‘chaga borgimiz kelaveradi. Kayfiyatimiz ko‘tariladi. Xamma yugurib-yelib ish qilgisi keladi.
Ana shularning barchasi hayotning go‘zalligini anglatadi.
Sarvar: Demak, xonamizdagi gullarni ham parvarish qilsak, ularni ko‘paytirsak, xonamiz ham chiroyli va go‘zal bo‘ladi.
Sevara: Bog‘chamiz shinam bo‘lad, biz quvonamiz har kuni bog‘chamizga, guruhimizga kelgimiz kelaveradi. Bolalar guruxi bilan suhbat uyushtirilganda, suhbat uchun ularning kundalik turmushida uchraydigan transport turlari tanlandi. Suhbat quyidagi savollar asosida olib borildi:
Odamlar bir-birlarinikiga, ishga, o‘qishga nimada boradilar? (yengil avtomobil, tramvay, trolleybus, avtobus).
Quruqlikda yuradigan qanday transport turlarini bilasiz? (tramvay, avtobus, trolleybus, poyezd, yuk mashinalari, yengil mashinalar).
Suvda qanday transport turlari yuradi? (paraxod, qayik, kater, suv osti kemalari).
Xavoda-chi? (samolyot, vertolyot, raketa, kosmik kema). Suhbat jarayonida bolalarning mavzudan chalg‘ib ketish hollari ham bo‘lib turadi. Shuning uchun yo‘naltiruvchi savollardan ham foydalanildi. Bu xildagi suhbatlarda, albatta, bolalarning barchasi qatnashishi maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi guruh bilan navbatdagi suhbat sayrga chiqish jarayonida olib boriladi. Sayrga ota-onalardan 2 kishi hamrohlik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |