Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Texnologik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi Shog’darov Navro’zbek Odilovichga fakultet taqdimnomasi
Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Texnologik ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi Shog’darov Navro’zbek Odilovichga FAKULTET TAQDIMNOMASI Shog’darov Navro’zbek Odilovich 1998 yil 21 martda Surxondaryo viloyati Angor tumanida tavallud topgan. Millati o’zbek. O'zLiDeP a'zosi.
2020 yilda Termiz davlat universiteti Milliy libos va san’at fakultetining Texnologik ta’lim yo’nalishiga shartnoma asosida o’qishga qabul qilindi. Hozirda mazkur ta’lim yo’nalishining 2-bosqich talabasi.
N.O.Shog’darov o’zining tengdoshlari orasida odob axloqi, mehnatsevarligi, tirishqoqligi, tashkilotchiligi va ilmga bo’lgan ishtiyoqi bilan ajralib turadi. U nafaqat universitet miqyosida balki Respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlar va tanlovlarda ham muntazam faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qo’lga kiritib kelmoqda. Jumladan:
U hozirgi kunlarda tabiiy mahsulotlardan turli xildagi ko’rgazmali va insonlar ixtiyojini qondirishga ko’maklashadigan yangi innovatsiyalar ustida ishlar olib borib “Mirzo Ulug'bek vorislari” Respublika tanlovining tuman hamda viloyat bosqichida yutib chiqib Respublika bosqichida faol ishtiroki uchun serfikat bilan taqdirlandi hamda Toshkent shahrida joylashgan “INNO TECHNOPARK” dan bepul foydalanish imkoniyatlaridan va mutaxasislardan bepul maslahatlar olib o’z innovatsiyon g’oyalarini rivojlantirish uchun 3-oylik vaucherni ham qo’lga kiritdi darsdan bo’sh vaqtlarida hunarmandchilik ishlari bilan maktab va kasb-hunar maktablariga ko’rgazmalar uyushtirib targ’ibot tashfiqot ishlarini olib borib kelmoqda.
2021-2022 yil viloyat Hokim stipediyanti bo’ldi. Darsdan bo’sh vaqtlarida hunarmandchilik ishlari bilan maktab va kasb-hunar maktablariga ko’rgazmalar uyushtirib targ’ibot-tashfiqot ishlarini olib borib kelmoqda.
N.Shog’darov o’zining oliy ta’limning bakalavriat bosqichida o’qish davrida fakultetning jamoat ishlarida va turli xil tadbirlarida, sport sektsiyalarida va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirokchi bo’libgina qolmay o`zining zukkoligi va ijodkorligi bilimdonligi hamda tashabbuskorligi, targ’ibotchiligi bilan 2021-yil “YIL TALABASI” ko’rik tanlovida fakultet bosqichida I-o’rin qo’lga kiritdi.
N.Shog’darov “Talabalarning 2021-2022 o’quv yilidagi ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag’ishlangan 48 (qirq sakkiz)-ilmiy-amaliy konferensiyasi” ning “Umumta’lim maktabi o’quvchilarini rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari” sho’basi bo’yicha “O’zbek milliy xalq hunarmandchiligining turlarini o’quvchi yoshlarga yoritib berish” nomli maqolasi bilan faxrli 1-o’rinni egalab unversetit raxbariyati tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
U bir nechta maqola yozib xalqaro ilmiy konferensiyalarda hamda milliy OAK jurnallarida chop ettirgan.
N.O.Shog’dorov texnologik ta’limning turli sohalari bo’yicha ilmiy izlanishlarini ustozlari p.f.f.d.(PhD)lar F.X.Mukumova va B.E.Qodirovlar bilan birgalikda olib bormoqda. Shuningdek, hozirgi kungacha uning bunday izlanishlari natijalari asosida 10 dan ortiq respublika va xalqaro anjumanlarda maqola va tezislari chop etilgan.
N.O.Shog’dorov hozirgi zamonaviy axborot texnologiyalaridan hamda internet xalqaro axborot tarmog’idan foydalanish bilim va ko’nikmalariga puxta egallagan holatda hozirda bir nechta loyihalar ustida ish olib bormoqda.
N.O.Shog’dorov yuqoridagi ilmiy va ijodiy yutuqlarini inobatga olib, kelajakda mustaqil O’zbekistonimizning ravnaqi uchun tinmay mehnat qiladigan munosib kadr bo’lib yetishadigan hamda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasiga munosib nomzod deb hisoblaymiz.
Termiz davlat universiteti
Milliy libos va san’at fakulteti dekani: ________ A.To’raqulov