Kadrlar bilan ishlashda hamkorlik prinsipida ish olib boriladi, bular
quyidagilar:
a) mutlaq hamkorlik minimumi — jamoa a'zolari soniga va ishni to’g’ri olib
borishga suyanadi;
b) bekorga vaqto’tkazmaslik, doimo to’g’ri siyosatni izchillik bilan amalga
oshirish;
d) tezkorlik va fikrlashish, uddaburonlik;
e) fikrlashuv natijasini xabar qilish, aniq amaliyotga asoslangan holda olib
boriladi.
Maktabgacha ta’lim ishini metodik jihatdan to’g’ri rejalashtirish, maqsadida
yillik reja tuziladi. Bolalar muassasasining yillik rejasi davlatimizning xalq ta’limi
va maktabgacha ta’lim sohasidagi qarorlariga hamda xalq ta’limining dasturiy-
metodik hujjatlariga muvofiq ravishda tuziladi.
Yillik reja maktabgacha ta’lim muassasasining istiqbol faoliyatini aks
ettiruvchi asosiy hujjatidir. Unda pedagog va xizmat qiluvchi xodimlarning
167
ishlarini tashkil etish masalalari aniqlanadi. Yillik reja tuzishda bog’chaning
hamma jamoasi ishtirok etadi.
Yillik reja har biro’quv yiliga sentabrdan-sentabrgacha tu-ziladi. Rejani
kasaba uyushmasi qo’mitasi va kamolot tashkiloti, ota-onalar qo’mitasi maktab
bilan kelishilgan holda rejalashtiriladi. Yillik rejaning kirish qismidao’tgano’quv
yilining qisqacha tahlili beriladi, muassasaning holati to’g’risida tushuncha
beriladi. Har bir bo’lim alohida tahlil qilinadi, qanday ishlar bajarilganligi, yo’l
qo’yilgan kamchiliklarning sababi, nimalarga erishilganligi batafsil muhokama
qilinadi.
II-qismida yangio’quv yiliga vazifalar qabul qilinadi, vazifalar
qabul
qilishda
maktabgacha
ta'lim
muassasasining
ishini
hamda
pedagogik
jamoaning
ishlash
qobiliyatlarini,
har
bir
pedagogning
kuchli va kuchsiz tomonlarini hisobga olib, aniq to’g’ri rejalashtiriladi.
III-qismda
yil davomidao’tkaziladigan tashkiliy ishlar rejalash-
tirilib,
bular
«MTM
ta'lim-tarbiya
dasturi»ning
bajarilishiga,
bel-
gilangan vazifalarning aniq bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Yillik rejadagi asosiy tashkiliy ishlar:
—pedagogik jamoaning g’oyaviy-siyosiy hamda pedagogik ongini oshirish;
metodik ongnio’stirish; ilg’or tajribalarni, pedagogik tajribani almashinish;
turli faoliyatlarni nazorat qilish va muhokama qilish, metodik kabinetni
jihozlash, dastur talablarining bajarilishini nazorat qilish, ota-onalar bilan
ishlash (umumiy va guruh bo’yicha ota-onalar majlislari, ma'ruza va
maslahatlar, ko’rgazmali tashviqot ishlari);
—ma'muriy-xo’jalik faoliyat (bino remonti, mebellar va boshqa atributlarni
remont qilish, ko’chatlar ekish, sport maydon-chasi, fizkultura jihozlarini sotib
olish, bolalar hayotini saq-lash va muhofaza qilish ishlari);
—xizmat qiluvchi xodimlarning g’oyaviy-siyosiy ongini, islilash malakalarini
oshirish.
Ishlarni, vazifalarni yil davomiga bir tckis taqsimlash, ish baja-ruvchi
shaxslar, muddati, hajmi belgilanadi. Muassasaning har bir xodimi biror bir
ma'ruza, tashkiliy ishlar bilan qatnashishi kerak. Bu jamoada ishchan iqlimni
shakllantiradi, ishni sermazmun qiladi.
Yillik rejada kasaba uyushmasi qo’mitasi, ota-onalar qo’mitasi, tibbiy
xodimlarning (bog’cha shifokori va hamshiraning) yillik rejalari aks etadi, yozgi
sog’lomlashtirish ishlari, maktab bilan bog’chaning aloqasi rejalashtiriladi.
Pedagog xodimlarning malaka oshirish rejasi ham yillik rejada aks etadi.
Yillik reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi hamda jamoa
tomonidan ko’rib chiqiladi va yuqori maorif organlari (tuman xalq ta'Iimi bo’limlari,
shahar xalq ta'Iimi bo’limlari, viloyat xalq ta'limi bo’limlari va h.k.)ning
maktabgacha ta'lim nazoratchi-me-todist tomonidan tasdiqlanadi. Yillik reja
xodimlarning foydala-nishlari uchun qulay bo’lgan joyda saqlanadi. Yillik rcja
barcha vazifalarini bajarishda muassasaning hamma xodimlari javobgardirlar.
168
Mudira quyidagi shaklda metodik ishlarga rahbarlik qiladi:
• pedagogik kengash;
• seminar, seminar mashg’uloti;
• tibbiy-metodik pedagogik kengash;
• ochiq tadbirlarni tashkil etish;
• yakkama-yakka ishlash;
• jamoa tariqasida maslahat.
• Pedagogik kengash jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib
boriladigan ta'hrn-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko’rib chiqadigan doimiy
ishlovchi organ, metodik mahorat maktabi va ilg’or tajriba minbaridir.
• Maktabgacha muassasa mudiri pedagogik kengash raisi hi-soblanadi.
• Pedagogik kengashga bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tar-biyaviy
ishlar darajasini oshirish, ularni hal qilish yo’llarini izlash, muassasa ish tajribasiga
pedagogika fanining yutuqlari va ilg’or pedagoglar tajribasini joriy qilish,
tarbiyachilarning pedagoglik mahoratini oshirish, ularning ijodiy faolligini
rivojlantirish kabi masalalar kiritiladi.
• Pedagogik kengash Xalq ta'limi vazirligi, Xalq ta'Iimi bo’-limlarining
maktabgacha ta'lim bo’yicha buyruq, instruksiya, ni-zom va boshqa me'yoriy
hujjatlarini; maktabgacha muassasaning yillik ish rejasini; bolalar sog’lig’ini
mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhi bo’yicha «Maktabgacha ta'Iim
muassasasida ta'Iim-tarbiya dasturi»ning sifatli bajarilishi jarayonini; ish taj-
ribasiga joriy qilish maqsadida tarbiyachilaming ilg’or tajriba-larini; maktabgacha
yoshdagi bolalarga ta'lim va tarbiya berish-ning aktual masalalarini,
tarbiyachilarning nazariy va metodik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va
maktabgacha muassasa faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
• Pedagogik kengash kun tartibini belgilashda barcha qatnash-chilarni
qiziqtiruvchi mavzularning kengligini, aktualligini ta'-minlash zarur. Faqat
shundagina pedagogik kengashda ish muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi
sermahsul va faol bo’ladi.
• Pedagogik kengash tarkibiga katta tarbiyachi, tarbiyachilar, mu-siqa rahbari,
maktabgacha muassasaga xizmat ko’rsatuvchi shi-fokor, katta hamshira, kasaba
uyushmasi qo’mitasining raisi, ota-onalar qo’mitasining raisi kiradi. Kengash
yig’ilishiga jamoat tash-kilotlarining vakillari, maktablaro’qituvchilari, maktabgacha
muas-sasada tarbiyalanuvchilarning ota-onalari taklif etilishi mumkin.
• Pedagoglar pedagogik kengash tomonidan tasdiqlangan va maktabgacha
muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan reja bo’-yicha ishlaydilar. Pedagogik
kengash ishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan pedagoglar jamoasi muhokamasiga
qo’yilgan masala qan-chalik savodli va jiddiy tayyorlanganligiga bog’Iiq bo’ladi.
• Pedagogik kengashning yig’ilishi ikki oyda bir marta chaqi-riladi,
zaruriyat tug’ilganda navbatdan tashqari yig’ilish chaqiri-lishi mumkin.
Muhokamaga ko’pi bilan 2—3 masala qo’yiladi, pedagogik kengash ishdan
tashqari vaqtdao’tkaziladi. Pedagogik kengash qarorining loyihasini ma'ruzachi
(bolalar bog’chasining mudirasi yoki katta tarbiyachi) oldindan tayyorlaydi.
• Seminarlar pedagoglarning nazariy, metodik bilimlarini, mu-taxassislik,
169
malakasini oshirishning keng tarqalgan shakli bo’lib,o’qituvchilar malakasini
oshirish instituti va metodik kabinetlar tomonidan amalga oshiriladi.
• Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika bo’-yicha
tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb
masalalarini hal etishdir. Seminaro’quv tema-tika rejasi 1 yilga mo’'ljallangan
bo’lib, shahar, tumanda seminar oyda 1—2 marta ishdan ajralmagan holda, viloyat
va respublikada esa 5—12 kunda ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.
• Seminarlar ish sifatini yaxshilash maqsadida ilmiy tekshirish instituti
tomonidano’quv tematikasining rejalari, seminar dasturi ishlab chiqilgan.
• Seminaro’quv tematika mavzusini katta tarbiyachi va mudira tarbiyachilar
bilan birgalikda tanlaydi, pedagogik kengash uni tas-diqlaydi, bu yillik rejada aks
etadi, so’ngra metodist faol tarbiya-chilar bilan birgalikda seminar ishining aniq
rejasini ishlab chiqadi.
• Seminar ishida ayrim bir mavzu yildan-yilga takrorlanmasligi kerak. Bu
seminar qatnashchilarining qiziqishlarini pasaytiradi. Har bir seminarda quruq
nazariyachilikka yo’l qo’ymay,o’rganilayotgan materialni hayot bilan bog’Iash
kerak.
• Seminar rejasi metod kabinetga ilib qo’yiladi. Seminar mavzulari taxminan
shunday bo’lishi mumkin:
• 1. Ilk yosh va kichik yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni
pediatr vrach yoki psixolog olib boradi).
• 2. Turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish.
• 3. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va bay-
nalmilalchilik ruhida tarbiyalash.
• 4. Tarbiyachining bolalar bilano’zaro munosabatlari va h.k.
• Seminar mashg’ulotlari tarbiyachining amaliy malakalarinio’stiruvchi ish
shakli bo’lib, bunda: bolalar loy, applikatsiya, qurish-yasash, badiiyo’qish, ashula
aytish, raqsga tushish va boshqa ishlarni amalga oshiradilar. Ular mutaxassis
yordamida
amaliy
ji-hatdan
saviyalarinio’stirib
boradilar.
Seminar
mashg’ulotlariga mudira, katta tarbiyachi yoki tajribali tarbiyachi rahbarlik qiladi.
Seminar mashg’uloti maxsus daftarga qayd qilib boriladi.
• Tarbiyachilarning bilimlarini boyitish maqsadida yangi metodik va
pedagogik adabiyotlar, sohaga oid jurnaldagi maqolalaro’rga-nilib, muhokama
qilinadi. Maktabgacha ta'lim xodimlarning dunyo-qarashlarini kengaytirish
maqsadida esa shahar va tumanning diq-qatga sazovor yodkorliklarigao’quv
ekskursiyalari tashkil etiladi. Bir yilda 3—4 martao’quv ekskursiyalar tashkil etiladi.
Muzeylarga ekskursiya tashkil etilsa yanada yaxshi, chunki bundan olingan
taassurotlar pedagoglar bilimini yanada kengaytiradi.
• Vaziyat tug’ilganda metodist tomonidan yakkama-yakka masla-
hatlaro’tkaziladi. Uzoqjoylardagi xodimlarga yozma ravishda beriladi.
• Jamoa maslahati 1 oyda 1 martao’tkazilib, oylik rejada aks etadi. Tumandagi
tarbiyachilarni oldindan ogohlantiriladi,o’tkazish muddatini belgilab tuman shart-
sharoitidan kelib chiqilgan holdao’tkaziladi.
• Tarbiyachilarning
g’oyaviy-siyosiy,
ma'naviy-ma'rifiy
va
ishlash
malakalarinio’stirish uchun turli mavzular bo’yicha ma'ruzalaro’tkaziladi. Bular
170
siyosiy yoki pedagogik mavzularda bo’lishi mumkin.
• Maktabgacha ta'lim xodimlariningo’z ustida ishlashlari g’oya-viy-siyosiy
saviyalarini oshirib borishdagi keng tarqalgan usuldir. Metodik ishlarni jamoa ish
shakli bilan birgalikda olib borilsa, bilim manbayi boyib boradi.Yillik rejada
maktabgacha ta'lim bo’yicha ayrim nazariy ma-salalarni, maktabgacha ta'lim
dasturini, dasturiy-metodik mate riallarnio’rganish rejalaslitiriladi.o’z ustida
ishlashda faqatginao’r-ganiladigan mavzular cmas, balki undagi asosiy savollar,
masalalaro’rganiladi adabiyotlar ko’rsatiladi.
• Mudira kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda tarbiyachilar bilano’z
ustilarida ishlashni qanday tashkil etishi yuzasidan suh-batlashishi, yordam
ko’rsatishi shart.
• Bu tadbirlarning tizimli, aniq reja asosida olib borilishi goyat muhimdir.
Tashkiliy-pcdagogik vazifalarni amalga oshirishda jamoa uchun shart-sharoit. kerakli
materiallar, bajaruvchi — javobgar shaxslar, ularni hisobga olib borisho’quv
yilining boshida bel-gilanadi, buni mudira doimo nazorat qilib boradi.
• Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama
qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar
qo’mitasining raisi belgilanadi.
• Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat
ahamiyatlidir. Bunda bog’chaning butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo’I
qo’yilayotgan kamchiliklar joyida hal etiladi. Bolalar muassasasining barcha
xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar.
• Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka suhbatlar
tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va bog’cha mu-dirasi masalalarni ilmiy
asoslangan holga hal etmog’i lozim. Mas-lahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi,
ayniqsa guruhlarda «ko’-chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
• Maktabgacha ta'Iim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam
berishda — kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tar-biyasiga oid kitoblar ota-
onalarga katta yordam beradi, kitoblar bog’cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar
tomonidan tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi.
• Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu ota-
onalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yon-doshishga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |