Термиз давлат университети мактабгача таълим методикаси кафедраси


Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar



Download 3,9 Mb.
bet55/67
Sana12.06.2022
Hajmi3,9 Mb.
#659194
TuriСеминар
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67
Bog'liq
ўйин психол.4 курс УМК 107

Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar.
3 yoshli bolalar uchun.
“Rangli gilamchalar” (rang)
“Doirachalar” (o‘lcham)
“Figuralar” (shakl)
“Namuna bo‘yicha tuzish” (ko‘rgazmali-harakatli tafakkur)
Tekshirish psixolog tomonidan o‘tkazilib, bitta bola uchun 5-7 minut ajratiladi.

Rangli gilamchalar”-ko‘ruv idrokining xususiyatlarini aniqlash, asosiy ranglarni ajratish


Materiallar: 6 ta rangli kartochka (qizil, ko‘k, sariq, yashil, havorang, jigarrang. Bolaga navbat bilan rangli (qizil, ko‘k, sariq, yashil) kartochkalarni tanlash taklif etiladi. So‘ngra tarbiyachi kartochkalarni bolaga ko‘rsatib ularning rangini aytib berishni so‘raydi. 3 yoshli bola uchun 3 ta yoki 4 ta rangni aytib berishi meyor hisoblanadi. 4 yoshli bola 4-6 ta rangni ajrata bilishi kerak bo‘ladi.

Doirachalar” - predmetlarni o‘lchamini idrok qilish xususiyatlarini aniqlash. Bolaga bir xil rangdagi 3 ta doira ko‘rsatilib, eng kattasi va eng kichigini aytib berishi so‘raladi. Uch yoshli bola mustaqil ravishda vazifani bajarishi meyor hisoblanadi.


Figuralar” predmetlarning shaklini idrok qilish xususiyatlarini aniqlash


Materiallar: bir xil rangdagi geometrik shakllarning (doira, kvadrat, oval, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak) 2 ta komplekti.
Bolaning oldiga beshta shakldan ixtiyoriy ikkitasi qo‘yiladi. So‘ngra ikkinchi komplektdan bitta shakl ko‘rsatilib, uning qo‘lidagi shaklning qaysi biri o‘xshashligini aytib berishi so‘raladi. Masalan, bolaning oldiga birinchi komplektdan doira va kvadrat qo‘yiladi, so‘ngra ikkinchi komplektdan kvadrat va hok.
Uch yoshli bola oval va doirani, kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakni adashtirishi mumkin hisoblanadi.

Namuna bo‘yicha tuzish” fazoviy va ko‘rgazmali-harakatli tafakkurning xususiyatlarini aniqlash.


Materiallar: 2 ta nusxada turli shakldagi qurilish detallari
Tekshiruvchi bolaga qurilish detallaridan biror bir narsani yasab beradi, so‘ngra xuddi shunday yasab berishi so‘raladi.
Uch yoshli bola mustaqil ravishda vazifani bajarsa qoniqarli hisoblanadi.


4 yoshli bolalar uchun.
Piramida” -o‘lchamni, ko‘rgazmali-harakatli tafakkurni idrok qilish.
Material: 5-7 ta elementdan iborat piramida.
Tekshiruvchi bolalarga piramida ko‘rsatadi va bolaning diqqatini u qanday yasalganiga qaratadi. So‘ngra bu piramidani qismlarga ajratadi va bolaga qaytadan avvalgidek yasab berish topshirig‘i beriladi. Agar bola vazifani bajarishga qiynalsa, yordam beriladi.
Bola vazifani birinchi urinishidayoq mustaqil bajarsa bolada o‘lchamni idrok qilish yuqori darajada rivojlangan.

Shakllar qutisi”- shaklni va fazoviy munosabatlarni idrok qilish. Ushbu vazifa boladan shakllarni idrok qilishnigina talab etmasdan, shakllarni fazoda to‘g‘ri harakatlantirishni ham talab etadi.


Material: doira, uchburchak, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, ko‘pburchak shakllardagi o‘yiqchalardan iborat quticha.
Bolaning oldiga turli shakllar, quticha qo‘yiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: “Bizda g‘ayrioddiy pochta qutisi va o‘zgacha xatlar bor. Har bir xatning o‘z o‘rni bor. Xatlarning o‘rnini topib ularni joylashtirib chiq .” Agar bola shakllarni ko‘z bilan chamalab o‘yiqchalarga joylashtirib chiqsa unda fazoviy idrok yuqori darajada rivojlangan bo‘ladi.


5 yoshli bolalar uchun.
Marjon” - asosiy ranglar va ularning turlarini idrok qilish xususiyatlarini aniqlash.
Bolaning oldiga bir xil o‘lchamdagi, lekin har xil rangdagi (qizil, to‘q qizil, ko‘k, sariq, yashil, och yashil, binafsha rang, havo rang) 9 ta doirachalar qo‘yiladi va ulardan “marjon” yasash so‘raladi, bunda tekshiruvchi tomonidan doirachalarni qanday ketma-ketlikda joylashtirilishi aytib turiladi. Topshiriq bajarib bo‘lingach boladan “marjonlarning” rangini aytib berish so‘raladi. Besh yoshli bola tomonidan vazifa mustaqil va to‘g‘ri bajarilsa qoniqarli hisoblanadi.



Download 3,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish