Termiz davlat universiteti magistratura bo‘limi yuridik fakulteti


Xalqimiz urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va islom



Download 142,75 Kb.
bet6/8
Sana15.04.2022
Hajmi142,75 Kb.
#552964
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5312027749399923705

Xalqimiz urf-odatlari, an’analari, qadriyatlari va islom

dinining oiladagi ruhiy muhitga ta’siri.
Hozirgi zamon O‘zbekiston jamiyatida islom dini va oila o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Oilada real shakllangan vaziyatni tahlil qilish umumiy tavsiflar bilan bir qatorda oilaviy hayotda er-xotin va farzandlarning ijtimoiy roli, ayollarning o‘rni va rolini ko‘rib chiqishni talab etayotganligini ko‘rsatmoqda. Buning tasdig‘i sifatida shuni aytish mumkinki, islom dini erkaklar va ayollarning bir qolipga solingan rolini taklif etadi, ular uni o‘zlashtirishi va so‘zsiz bajarishi kerak. Din musulmonlarni chin yo‘lga yo‘naltirib, uning hayotini ikir-chikirlarigacha boshqaradi. Musulmonlarning asosiy rasm-rusumlari va an’analari ko‘proq oila bilan bog‘langanligini ta’kidlash lozim. Musulmon kishining hayot tarzi va xulq-atvori, uning diniy dunyoqarashi Alloh kalomlarida mustahkamlangan hayotiy kadriyatlar va yo‘nalishlarning yaxlit, tartibga solingan tizimini o‘zida ifoda etadi.
Islom dinida nikoh - bu farzandlar tarbiyalash va baxtli oila qurish uchun o‘zaro yordam, samimiylik va sabr-matonatlilik prinpiplariga tayangan holda bir-birini sevadigan va xohlaydigan erkaklar va ayollarning birgalikda yashashidir. Qur’on erkak va ayol o‘rtasidagi aloqalarni juda aniq tarzda tasvirlaydi: «U zot sizlar hamdam bo‘lishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir» (Rum surasi). Hadislarda keltirilishicha Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarimiz bunday degan: «Sizlarning qaysingiz xuddi men singari o‘z oilasi (xotini) uchun namuna hisoblansa, o‘sha eng yaxshi kishidir». Oila ma’naviy va axloqiy tomondan qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning xursandchiligi va baxti shuncha ishonchli bo‘ladi.

Oilaviy munosabatlarning rivojlanishida islom dini funksiyasi. Islom dini oilaviy munosabatlarni rivojlantirishda asosiy jihatlar yoki funksiyalarni ajratib ko‘rsatadi. Reproduktiv funksiya, ya’ni naslni davom ettirish funksiyasi eng muhimi xisoblanadi. Bunda farzandlar jismonan va ruhan soglom, o‘qish va ijtimoiylashuvga kodir bo‘lishi muhim. Oila jamiyatning yuksalishiga o‘z imkonidan kelib chiqib hissa ko‘shadigan munosib va islomiy urf-odatlarni kadrlaydigan va bajaradigan avlodni tarbiyalashga harakat kiladi.


Sotsiologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekiston oilalarining 5,3 foizi beshta farzandli bo‘lishni, 4.9 foizi oltita va undan ko‘p farzandli bo‘lishni xoxlaydi. So‘rab chiqilganlarning 3,6 foizigina «Xudo qancha bersa shuncha» deb javob berdi. Ushbu toifa orasida qishloqda yashovchilarga nisbatan (2,5 foiz) shaharda yashovchilar (4,8foiz) ko‘pchilikni tashkil kiladi.
Hozirgi vaktda ikkita-uchta farzanddan iborat oila eng maqbuli hisoblanadi. So‘rab chiqilgan O‘zbekiston oilalarining chorak kismida (24,5 foiz) farzandlar soni uchtadan oshmaydi, respondentlarping 22,8 foizida esa ikki farzand bor, har bir beshinchi respondeit (20,6 foiz) to‘rtta farzandga ega. Shunday kilib, hozirda o‘zbekistonliklar ko‘proq o‘rtacha mikdordagi farzandli oilalarga yo‘naltirilgan va bunday qaror diniy yo‘l-yo‘riqlar bilan kamrok izohlanadi.
Musulmonchilikda er-xotin vafodorligining muayyan normalari mavjud va agar ushbu normalar buzilsa, har bir musulmon kishini nafakat Xudo tomonidan jazo, balki ijtimoiy jazo va tanbeh kutadi. Bu borada «Qur’oni Karim»da shunday deyilgan: «Mo‘minlarga ayting) ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar... Mana shu ular uchun toza yo‘ldir. Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir. Mo‘minalarga ham ayting» ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar...» (Nursurasi).
Ko‘rinib turibdiki, islom dini, er va xotin bir-biriga sodiq bo‘lishni talab etadi.
Oilaviy tarbiya yoki ona-onalar timsoli munosib farzand tarbiyalashning asosiy shartlaridai biri hisoblanadi. Mana shuning uchun maktabga borishidan avval farzandga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermasliklari kerak. Oilaning asl nufuzi shunchaki nasihatlar bilan emas, balki turmush tarzi, ota-onalar, xulq-atvori namunalari bilan ortadi. Ma’naviylik o‘rgatilmaydi, misol va yaxshi o‘gitlar orqali kattalar va yaqin kishilardan qabul qilinadi.
Oilada haqikiy tarbiya bilan shug‘ullanish katta mehnatni talab qiladi. Bu bolani parvarish qilishga sarflanadigan jismoniy mehnatga ham, uni ma’naviy kamol toptirishga sarflanadigan aqliy mehnatga ham tegishlidir. Bunda ota-ona ham muhim rol o‘ynaydi.
Farzandning zukko, ehtirosli va jismoniy yetuk inson bo‘lib yetishida er-xotiining o‘zaro yordam berishi muhim hisoblanadi.
Va, nihoyat, farzandning iymonli, e’tiqodli qilib voyaga yetkazishda nikohning rolini ham unutmaslik kerak, chunki nikoh diniy yo‘lda oilani mustahkamlaydi. Ota-onalar farzandning jismoniy, axlokiy va ma’naviy kamol toiishida ko‘pincha, Qur’on va Hadisga suyanadilar

Download 142,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish