Rezba kesish asboblari
Detallarda rezbani tokarlik dastgoxdarida hamda plastik deformatsiya usulida (nakatlash) hosil qilinadi. Nakatlash uchun nakat roligi, rezba keskichdan foydalaniladi. Ichki rezbalarni metchiklar, tashqisini rezba keskich (plashka), progonka va boshqa asboblar bilan kesiladi.
Metchiklar qo‘llanishi bo‘yicha - dastakli, mashina dastakli bo‘ladi; konstruksiyasi bo‘yicha esa yaxlit, yig‘ma (sozlanadigan) va maxsus turlarga bo‘linadi.
Metchik ikki asosiy: ishchi va quyruq qismdan tuzilgan (1.28-rasm, a). Ishchi qnsmi ko‘vdalang, to‘g‘ri yoki vint ariqchaga ega bo‘lgan vint-dan iborat bo‘lib, u rezba kesishda ishlatiladi. Ishchi qism o‘z navbatida kesuvchi va kalibrlovchi qismlardan iborat. Kesuvchi qism-ning to‘g‘ri vateskari yo‘nalishdagi egriligi qirindi chiqarishni osonlashtiradi (bunday egriliklar o‘ng rezbada chapga, chap rezbada o‘ngga yo‘nalgan). Kalibrlovchi (yo‘naltiruvchi) qism metchikning kesuvchi elementidir. U metchikni teshikka yo‘naltirib, kesiladigan teshikni kalibrlaydi.
Quyruq chivig‘i metchikni patronda yoki uni ish vaqtida parmadastada ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ariqchalar bilan chegaralangan rezbali qismi metchikning kesuvchi tishlari deb ataladi (1.28-rasm, b). Ular pona shakliga ega. Kesuvchi tishlarning oldingi, orqa va o‘tkirlik burchaklari kesuvchi va kalibrlovchi qismlarida xar xil bo‘ladi (1.28-rasm, v). O‘rta qattiqlikdagi po‘lat uchun oldingi burchak 5°, orqa burchak 6°—8°.
Metchiklarningtish profillari silliqlangan va silliqlanma gan holda ishlab chiqariladi. Tish profili silliqlangan metchiklar bilan ishlov berilgan rezba sirti toza va aniqbo‘ladi.
Metchikning ichki qismi uning o‘zagi hisoblanadi. Zanglamaydigan po‘latlarni kesish uchun ishlatiladiganlarining o‘zagi yo‘g‘onroq qilib tayyorlanadi.
Ariqcha (kanavka)lar metchikning kesuvchi qirrasini hosil qilib, qirindilar uchun uya vazifasini o‘taydi. Metchik yasash texnologiyasini osonlashtirish maqsadida uning ariqchalarini to‘g‘ri qilib yasaladi. Ammo ayrim hollarda vintli spiralli ariqchali metchiklar ishlatiladi, ularda vint ariqchaning qiyalikburchagi 8°- 15°ni tashkil etadi. Berkteshiklarga rezba kesishda bunday ariqchalar o‘naqay bo‘ladi (1.29-rasm, a). Ish jarayonida qirindilarnish yuqoriga chiqib ketmasligi uchun chapaqay ariqchali metchiklardan foydalaniladi (1.29 rasm, 6). Diametri 22 mm, gacha bo‘lgan metchiklarni uch, 22 dan 52 mm. gacha bo‘lganlarini to‘rt ariqchali qilib yasaladi. Maxsus metchiklarning kalibrlovchi qismida ariqchalar bo‘lmaydi.
Dyuymli rezbalar kesish uchun foydalaniladigan dastakli (qo‘l) metchiklar standartlashtirilgan, ular ikkita metchikdan to‘planadi. To‘plami uchtalik, ya’ni xomaki, o‘rtacha va toza kesuvchi metchiklarning diametrlari har xil bo‘ladi (1.30-rasm). Xomakisi dag‘al rezba kesadi: u metalldan 60 foiz; o‘rtacha metchik—30 foiz, toza kesuvchi metchik esa metalldan 10 foiz qirindi chiqaradi. Metchiklarning qaysi biri xomaki, o‘rtacha yoki toza kesuvchi ekanligini quyrug‘idagi raqam va doiraviy izlardan aniqlanadi.
Kesuvchi qismining konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra, metchiklar silindrsimon va konussimon turlarga bo‘linadi
1.28-rasm. Qo‘l metchigi: a-konstruksiyasi; b- elementlari; v-bosh burchaklari.
1.29-rasm. O‘ng (a) va chap (6) vint ariqchalari bo‘lgan metchik.
Xomaki O‘rtacha Toza kesuvchi
1.30-rasm. Metchiklar to‘plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |