Amaliy mashg'ulotlarni talaba tomonidai mustaqil ravishda, o'qituvchi yoki o'quv ustasi nazoratidan bajarilishiga yo'l qo'yilmasligi shart.
Amaliy mashg'ulot
Duradgorlikning xalq turmushidagi roli va vazifasi
Ishdan maqsad: Duradgorlik o‘quv ustaxonasida ish o‘rni va jihozlari. Yog‘och va uning tuzilishi. Duradgorlikda ishlatiladigan yog‘och turlari va xossalari. Duradgorlik ustaxonasining ichki tartib qoidalari. Texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish tozaligi va gigiena qoidalari.
Nazariy ma’lumotlar
Birikmasiz to‘g‘ri burchak shaklidagi buyumlar tayyorlash texnologiyasi. Yog‘och materialini kesish to‘g‘risida umumiy tushuncha. Duradgorlikda ishlatiladigan rejalash asbob va uskunalari. Yog‘och materiallarini rejalash, yo‘nish, arralash, randalash. Ish usullarini o‘rganish va malaka hosil qilish. Chizma, ko‘rgazma va xavfsizlik qoidalari.
Hukumatimiz umumta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida yoshlarga mehnat tarbiyasi va ta’limi berishni hamda kasblarga yo‘llash ishlarini yaxshilash, hayotiy zarur bo‘ladigan ommaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish zarurligi ko‘rsatilib o‘tilgan va bu xususda barcha chora va tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hukumat ko‘rsatmalariga amal qilgan holda umumta’lim maktablari uchun mehnat ta’limi programmasini tuzishda programmaning mazmuniga hayotiy zarur bo‘lgan mehnat turlari (texnik, mehnat, qishloq xo‘jalik mehnati, xizmat ko‘rsatish mehnati va shu kabilar)ni kiritishga asosiy e’tibor berilmoqda.
Xususan, texnik mehnat tarkibiga yog‘och, metallga ishlov berish, elektrotexnik ishlar kiritilgan, chunki bu ishlar turmush va mehnat faoliyatida juda asqotadi.
Quyida yog‘och ishlarga oid kasb-hunarlar haqidagi umumiy tushunchalar bilan tanishib chiqamiz.
Ma’lumki, yog‘och tayyor va arzon material bo‘lib, u qurilishlarda, duradgorlik ishlarida, mebelsozlik, kemasozlik, avtomobilsozlik, vagonsozlik ishlarida, shaxtalarda va boshqa sanoatning juda ko‘p- sohalarida asosiy material sifatida ishlatiladi.
Bu sohalarda yog‘ochga ishlov beruvchi kasb egalarini duradgor (stolyar), binokor duradgor (plotnik), mebelsoz (mebelshik) deb ataymiz.
Duradgor (stolyar) maxsus ish o‘rniga ega bo‘lib, bino ichida mavjud bo‘lgan va u yerda foydalaniladigan pardozlash ishlari bo‘yash bilan tugallanadigan barcha yog‘och ishlarini bajaradilar.
Binokor duradgor (plotnik) kasbiga. ega bo‘lgan hunarmandlar bino qurishda bajariladigan barcha yog‘och ishlarvv: poydevor qolipi (opalubka) larni tiklash, tom yopish, cherdak qurish; eshik va romlarni o‘rnatish kabi ishlarni bajarad». Binokor duradgor maxsus ish o‘rniga ega bo‘lmaydi. Balki u vaqtinchalik ish o‘rni hozirlashi mumkin.
Mebelsozlar duradgordan farqli ravishda qiymat baho, teksturasi (tabiiy guli) chiroyli bo‘lgan yog‘ochlarga ishlov berib, tayyor bo‘lgan buyum-mebellarga shpon qoplash, ularni pardozlash maqsadida loklash va polnturlash ishlarini amalga oshiruvchi kasb egalari hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yog‘ochga ishlov beruvchi tor ma’noda maxsus ixtisoslashgan ishlarni bajaruvchi kasb egalari ham mavjud. Bular masalan, sandiqchi, qutidor, o‘ymaqor, beshikchi, yig‘chi, kemasoz va shu kabilardir.
Hozirgi kunda yog‘ochga ishlov beruvchi kasb egalari universal hunarmandlar bo‘lib, ular deyarli yog‘ochga ishlov berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarda amalga oshiriladigan yog‘och ishlarini uddalay oladigan uddaburon ishchi kadrlar hisoblanadi. Shuning uchun ular sanoatning qaysi bir sohasida yog‘och ishlari bo‘lsa, ularni qiynalmasdan amalga oshirish imkoniga egadirlar. Shuning uchun ham umumiy ta’lim maktablarida yoshlarga kasb-hunar o‘rgatishda turli xil materiallarga ishlov berishni o‘rgatish bilan bir qatorda yog‘ochga ishlov berish ham o‘rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |