Ishning bosqichlari va mazmuni
|
Faoliyat
|
Ta’lim beruvchiniki
|
Ta’lim oluvchiniki
|
I – bosqich.
Tayyorlov.
|
O‘quv mashg‘ulotining mavzusini, aniqlaydi, o‘quv faoliyatining maqsadlari va natijalarini, uni baholash mezonlarini shakllantiradi. Zarur o‘quv materiallarini tayyorlaydi, guruhlar tarkibini rejalashtiradi. Mashg‘ulotlarni boshlanishidan oldin, guruhlarda ishlash uchun stollarni kerakli tar-tibda joylashtirishni tashkil qiladi.
|
Auditoriyani guruhlarning ishlashi uchun tayyorlaydi.
|
II – bosqich.
Guruhning vazifasini bajarishga kirish.
|
Bilish vazifasini qo‘yadi (muammoli holatni taklif qiladi), uni amalga oshirish, amalda bajarish yo‘llarini va ketma-ketliklarini muhokama qiladi. Ishning yakuni bo‘yicha qanday natijalar kutilayotganini tushuntiradi. Guruhlardagi hamkorlikdagi faoliyat natijalarini taqdim qilish shakllari haqida axborot beradi. Har bir o‘quvchining va butun guruhning natijalarini baholash mezonlarini tushuntiradi.
|
Vazifani muhokama qilish.
|
|
Ta’lim oluvchilarni guruhlarga ajratadi. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallarni guruhlarga tarqatadi. Vazifani bajarish paytida qanday qo‘shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini (zarurati bo‘lsa) tushuntiradi. Vazifani ba-jarish bo‘yicha yo‘riqnomani tarqatadi, yoki doskaga yozib qo‘yadi. Ushbu yo‘riqnomani ta’lim oluvchilar bilan muhokama qiladi va uni hamma tushunganiga ishonch hosil qiladi.
|
O‘quv materiali va yo‘riqnoma bilan tanishadilar.
|
III – bosqich.
Guruhda ishlash.
|
Ishni koordinatsiya qiladi, tanqidiy fikrlar bildiradi, sharhlaydi. Tahliliy xarakterga ega savollar beradi. Savollarga javob beradi. Bahslarni va ish tarkibini bosh-qaradi. Zarurati bo‘lgan alohida ta’lim oluvchilarga va butun guruhga yordam beradi.
|
Guruh ishini rejalashtiradi. Guruhninng ichida ishni taqsimlaydi. Vazifani indivi-dual ravishda baja-radilar. Indivi-dual natijalarni muhokama qiladi-lar. Guruh tomoni-dan bajarilgan va-zifaga yakun yasay-dilar. Guruh ishi-ning natijalari va qo‘yilgan vazifaga erishilganlik to‘g‘-risida umumiy xu-losani shakllanti-radilar. Guruhlar-ning vakillari ish-ning natijalari to‘g‘risida axborot beradilar.
|
IV – bosqich.
Yakun yasash, tahlil qilish va baholash.
|
Guruh vakillariga, ishning natija-lari to‘g‘risida axborot berishni, ularni hamkorlikda muhokama qilish va baholashni taklif qiladi. Guruh ishini tahlil qiladi, vazifani bajarish natijalariga yakun yasaydi, qo‘yilgan maqsadga erishilganlik to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
|
Guruhlarning vakillari ishning natijalari to‘g‘risida axborot beradilar.
|
Yakuniy xulosani o‘qituvchi chiqaradi, u kichik guruhlarni javobini tinglab o‘z fikrini bildiradi va noaniqliklar bo‘lsa bartaraf etadi, talabalar javobini qo‘llab, aytilmay qolgan samara beradi. Bu usul nazariy darslarda qo‘llansa yaxshi samara beradi.