50.Amaliy mashg`ulot
Mavzu:Yog`och materiallariga yumaloq arrali dastgohlarda ishlov berish texnologiyasi
Shakllantiriladigan bilimlar:
Yog`ochlarga ishlov beruvchi yumaloq arrali dastgoxlar turlari. Ularning kinematik sxemasi, vazifasi va tuzilishi. Dastgohlarning qirqish asbobi, ularni o’rnatish va unga qoyiladigan talablar
Ishdan maqsad: Yog`och materiallariga yumaloq arrali va tasma arrali dastgohlarda ishlov berish usuli yordamida buyumlar tayyorlash.
Jihozlar, asbob va moslamalar: Yog`och materiallariga yumaloq arrali va tasma arrali dastgohlar
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq:
Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish: yumaloq arrali dastgohlarni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish. Bajariladigan ish turiga ko’ra arrani tanlash. Arrani dastgoh valiga o’rnatish va mahkamlash. Dastgoxda yog`och materiallarini tilish.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
1.Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish:
2.Tasma arrali dastgohni boshqarish va tuzilishi bilan tanishtirish.
3.Bajariladigan ishga asosan tasmali arrani tanlash, arra polotnosini shkivga o’rnatish, tarang tortish va sozlash.
4.Materialni boyiga, ko’ndalangiga va shakldor qilib arralash
5. Yasaladigan buyumlarni texnologik xaritasini tuzish.
6..Tayyorlanadigan buyumlarga mos yog’och tanlash (dub, eman, qarag’ay, archa, yong’oq va hokazo).
7.Zagatovkani chizma (andaza) boyicha rejalash.
8.Zagatovkani l*h*a o’lchamlariga kelguncha arralash ishlarini bajarish.
Tayyorlanadigan buyumlar:
1)Taxtalardan, bruslardan to’g`ri chiziqli reykalar tilish.
2) Pushtaxtadan taxtalar yoki qalin taxtadan yupqa taxtalar tilish.
Nazorat uchun savollar:
Yog’ochlarni qirqishda qaysi dastgohlar qo’llaniladi va ularni tuzilishi qandayq
Yog`och materiallariga islov beradigan yumaloq arrali va tasma arrali dastgohlarning asosiy uzellari.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar:
Diskli arra tishlari shakli va ularni charxlash.
DISK ARRA
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida yog‘och materiallarni arraashda disk arradan foydalaniladi Disk arraning asosiy qismlari: stanina 1, plita 2, arra diski 3, yo‘naltiruvchi lineyka 4 va arra to‘poni to‘plagich 5 dan iborat.
Stanina arraning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib, uning ustiga plita o‘rnatiladi. Plita stanokning ish stoli hisoblanadi. Arralanadigan taxta material shu plita bo‘ylab suriladi. Plitadan arra diski chiqib turishi uchun unda tirqish ochilgan bo‘ladi. Staninaga val o‘rnatilib, uning bir uchiga shkiv, ikkinchi uchiga arra diski mahkamlanadi. Arra diski arralanadigan taxta materialning qalinligiga va arralash usuliga qarab har xil diametrli, to‘g‘ri va qiyshiq tishli bo‘ladi.
Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiriladi. U minutiga 2000—3000 martagacha aylanadi. Arralash vaqtida hosil bo‘lgan to‘pon atrofni ifloslamasligi, ishchining ko‘ziga tushmasligi uchun to‘pon to‘plagichni pastga o‘rnatish va himoya ko‘zoynagi taqib ishlash, stanokda hamma vaqt ikki kishi turib arralashi, yog‘ochni surib turuvchi odam uni oxirigacha qo‘l bilan surmasligi talab etiladi.
Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda zakrov, chok, konish ochish ishlari ham bajariladi. Bu.maqsadda vintlar yordamida plitani ko‘tarip yoki tushirish yo‘li bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi ismini yo‘naltiruvchi lineyka bilan arra diski orasidagi masofa zarur o‘lchamga sozlanadi.
1-stanina: 2- ish stoli: 3- arra diski: 4-yo’naltiruvch lineyka: 5- to‘pon to‘plagich
Do'stlaringiz bilan baham: |