O‘YUVCHI STANOKNING TUZILISHI VA ISHLASH TARTIBI.
(tarqatma material)
1. Yog‘och materialni o‘yish-teshish ishlari iskanalar bilan bir qatorda stanoklar yordamida ham bajariladi. Bu ishlarda zyuvchi stanoklardan foydalaniladi. O‘yuvchi stanok yordamida yog‘och materiallarni har xil burchak ostida o‘yish, teshish, quloq ochish kabi ishlar bajariladi.
2. I-1 markali o‘yuvchi qo‘l stanogi tuzilishi.
1-tayanch rama; 2-kolonka; 3-elektrik dvigatel korpusi; 4-yetakchi yulduzcha; 5-o‘yuvchi zanjir; 6-zanjirni taranglab qotiruvchi bolt; 7-yo‘naltiruvchi planka; 8-cheklagich halqa.
3.I-1 markali o‘yuvchi qo‘l stanogining ishlash tartibi.
Uning asosiy qismlari tayanch rama 1 va unga o‘rnatilgan ikkita vertikal kolonka 2, kolonkalar bo‘ylab suriluvchi elektrik dvigatel 3 dan iborat. Elektr dvigatelning valiga o‘rnatilgan yetakchi yulduzcha 4 ga kesuvchi zanjir 5 kiydiriladi. Kesuvchi zanjir elektr dvigatelning korpusiga o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi planka 7 yordamida taranglanadi, bolt 6 bilan qaytariladi. Yo‘naltiruvchi plankaning vertikal yo‘nalishda siljitish mumkin.
Ish vaqtida kesuvchi zanjir elektrodvigatel bilan birgalikda pastga tushiriladi. Buning natijasida o‘yish, teshish ishlari bajariladi. Ma’lum chuqurlikdagi uya o‘yish uchun kolonkalardan biriga shrnatilgan cheklagich halqa 8 dan foydalaniladi.
Kesuvchi zanjir o‘zaro sharnirlar yordamida biriktirilgan bir necha ayrim zanjir qismlaridan iborat. O‘yuvchi stanok komplektida eni har xil bo‘lgan to‘rtta kesuvchi zanjir bo‘ladi. Ular yordamida chuqurligi 150 mm gacha bo‘lgan 8x40, 12x40, 16x40, 20x55 mm kenglikdagi teshiklar ochish va uyalar o‘yish mumkin.
O‘lchamlari bundan katta bo‘lgan uya va teshiklar ochishda yog‘och kesuvchi zanjirga nisbatan bo‘ylamasiga yoki ko‘ndalangiga suriladi.
Amaliy mashg’ulot
MAVZU: CHARXLASH. CHARXLASH STANOGINING TURLARI VA ISHLATILISHI
Shakllantiriladigan bilimlar:
Charxlash. Charxlash stanogining turlari va ishlatilishi. Chilangarlik ishlarida kesuvchi asboblarni charxlash usullari. Charxlash stanogida ishlaganida xavfsizlik texnikasi qoidalari. bilan tanishish,ishlash usullari o’rganish ish malakasi hosil qilish Dastgohda ishlash qoidalarini ko’rsatish va tushuntirish. Mehnat havfsizligi qoidalari.
Ishdan maqsad:
Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish. Charxlash. Charxlash stanogining turlari va ishlatilishi. Chilangarlik ishlarida kesuvchi asboblarni charxlash usullari. Dastgohlar ishlash vaqtida toshlarni to’g`ri o’rnatishni kuzatish. Dastgohning ish stoliga mahsulotlarni tirgak, andoza va moslamalar yordamida o’rnatish va normalash. Mahsulotlarni berilgan usullarda charxlash.
Jihozlar, asbob va moslamalar:
Charxlash dastgohlari
Mashg’ulot yuzasidan topshiriq:
Charxlash dastgohlarini yurgizish va to’xtatish. Charxlash dastgohida ishlatiladigan kesuvchi asboblar tug’larini, charxlash va sozlash.
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko’rsatma:
1.Ish usullarini o’rganish va malaka hosil qilish.
2. Charxlash dastgohlarining tuzilishi va ularni boshqarish.
3.Dastgohlar ishlash vaqtida toshlarni to’g`ri tortilganligini kuzatish.
4.Dastgohning ish stoliga mahsulotlarni tirgak, andoza va konduktor moslamalar yordamida o’rnatish va normalash.
5.Mahsulotlarni berilgan o’lchamlarda charxlash.
Tayyorlanadigan buyumlar:
Chilangarlik ishlarida kesuvchi asboblarni charxlash usullarini bajarish.
Nazorat uchun savollar:
1.Charxlash stanogida ishlaganida xavfsizlik texnikasi qoidalari.
2.Dastgohda ishlash qoidalarini ko’rsatish va tushuntirish.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar:
Charxlash stanogining turlari va ishlatilishi. Chilangarlik ishlarida kesuvchi asboblarni charxlash usullari. Charxlash stanogida ishlaganida xavfsizlik texnikasi qoidalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |