PORSI QOLIP VA YELIMDON
Porsi qolip yosh duradgorlar bilan arralash mashqini o‘tkazishda reja chizig‘i bo‘yicha tilish, qirqishni o‘rgatish bilan bir qatorda porsi qolipdan foydalanib go‘niyaviy va porsi usulida arralash ishlari o‘rgatiladi
Porsi qolip.
Porsi qolip yordamida xomaki yog‘och materiallar arralanmaydi, balki, randadan chiqqan tayyor taxtalargina arralanib aniq o‘lchamga keltiriladi. Porey qolip 90° va 45° burchak hosil qilib, (go‘niyaviy va porsi usulida) arralash imkonini beradi.
Porsi qolipda arralash yupqa polotnoli, mayda tishli, chaparrasi oz chiqarilgan yoki chiqarilmagan arralar yordamida bajariladi. Porsi qolipda arralanadigan.taxtalarning qalinligiga qarab, birdaniga 2 ta, 3 ta va undan ortiq taxtalaryai arralash mumkin. Arralash to‘g‘ri chiqishi uchun ularni qolipga siqib turiladi.
Yelimdon
Yelimdon . yog‘och buyumlar qismlarini biriktiruvchi materiallar ichida eng ko‘p ishlatiladigani buyumlarning sifatli, puxta birikishini ta’minlaydigani duradgorlik yelimidir. Yelimlar maxsus qozon-yelimdonlarda pishiriladi.
Yelimdon katta-kichik, biri ikkinchisiga tushadigan ikkita kalorimetrga o‘xshash idishdir. Katta idishg‘a suv quyilib biror isitkich yordamida qaynatiladi. Kichik idishga kerakli miqdorda suvga bo‘ktirilgan yelim solinib, katta idishga tushiriladi. Yelim katta idishdagi suvning issiqligi ta’sirida eriydi. Shu xilda eritilgan yelim kuymaydi va yelimlash xususiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun yelim hech qachon bir idishli yelimdonda eritilmaydi. Bir idishli yelimdonda eritilgan yelim idish deyoriga yopishib, qayta erytish vaqtida kuyadi'va yelimlash xususiyatini yo‘qotadi.
Yelimlar har xil bo‘lib, duradgorlikda go‘shtparda va suyakdan tayyorlangan yelimlar (mezdroviy i kostniy kley) ishlatiladi. Go‘shtparda va suyakdan tayyorlangan yelimlar 10-12 mm qalinlikdagi plita shaklida tayyorlanadi. Ular ochsariq yoki to‘q-jigar rang tusga ega bo‘ladi. Go‘shtpardadan tayyorlangan yelimlarning yelimlash xususiyati suyakdan tayyorlangan yelimnikiga qaraganda yuqqori bo‘ladi.
Duradgorlik yelimlarini pishirish uchun plita shaklidagi qattiq yelimni maydalab, uni bir kun davomida sovuq suvda ivitiladi. Ivitilgan yelimni yelimdonda 60-70° temperaturada eritiladi, so‘ng qaynatiladi. Yaxshi pishirilgan yelimning quyuq-suyuqligini unga rgichka cho‘p tushirib ko‘tarib ko‘riladi. Agar yelim tommasdan olasimon ko‘rinishda cho‘zilib chiqsa, uning kuyukligi noomal hisoblanadi va yopishkokligi shkppi fiv-pyapi.
Do'stlaringiz bilan baham: |