Yuqoridagilardan tashqari, biz “Lektor” tizimining quyidagi imkoniyatlariga ega bo‘lamiz:
Kompyuter ekranida proyektlab turib va shu paytda kompyuterni to‘la nazorat qilib turish;
Biz nima chizsak va yozsak bir vaqtda hammasini yozib borish. “Lektor” sensorlari va elektron ruchkadan foydalanib, biz ekrandagi funksiyalarni boshqarishimiz, xuddi shu ishlarni sichqoncha yordamida xam bajarishimiz mumkin;
Bir hujjatda audio, grafika va matn malumotlarni birlashtira olish;
“Lektor” multimedia hujjatlarini oson almashtirish imkoniyati. Multimedia imkoniyatlaridan foydalanib, prezentatsiyalar hosil qilish (ovoz, videolarni yozish va h.k.);
Real vaqt mobaynida auditoriya oldida maruza, yoki prezentatsiyalarni sonli proyektordan foydalanib hosil qiliш.
“Lektor” tizimi instrumentlar panelidan foydalanib, to‘g‘ri chiziqlar, yo‘naltiruvchi belgilar, ellipslar, to‘rtburchaklar, ko‘pburchaklar va h.k. larni chizish.
LEKSIYA USULI.
Leksiyani malakali lektor o‘qiydi, leksiya eshitgan talabalarga shu mavzu haqida tushuncha hosil bo‘ladi va talabalar disskusiyaga oson kirishadilar. Faqat bir tomoni talabalar leksiya vaqtida faol ishtirok eta olmaydilar. Agar leksiya mini leksiya bo‘lsa bu kamchilik barham topadi. Mini leksiya 10 daqiqagacha bo‘ladi va guruh talablariga shu mavzuga oid nazariy tushuncha berib, guruhga ishlash negizini tashkil etadi.
Leksiya usulining o‘tkazilishi:
O‘qiyotgan leksiyangiz guruh uchun qiziqarli va mavzuga oid bo‘lsin;
Leksiyani jonlantirib o‘tishga harakat qiling;
Leksiyaga nimalar gapirilishini tushuntirib o‘ting;
Tayyor tekstni o‘qimasdan balki talabalar bilan uzviy bog‘liq holda leksiyani o‘ting;
Leksiyaga talabalarni qiziqishlarini orttirish maqsadida mavzularingizni sarlavhalarini alohida kartochkaga yozib oling va bu sizni leksiyani o‘qitishingizda adashib ketmaslikka yordam beradi.
Maslahatlar:
Talabalarni qiziqishini oshirish maqsadida 100-20 daqiqa leksiya o‘qing va keyin guruh bilan muhokama qiling.
Leksiya boshlashdan oldin leksiyani mazmuni yozilgan kartochka tarqating, talabalar oldindan nima o‘tishlarini bilsinlar, leksiyani konspekt qilish uchun chalg‘imasinlar.
Leksiyani qiziqarli o‘tish uchun texnik vositalardan foydalaning.
TUR USULI.
Bu usulda qo‘lma-qo‘l usulidan foydalaniladi va har bir talabadan biror narsa qo‘liga yetib kelganda o‘sha talaba savolga javob beradi. Bu vaqtda hamma hattoki o‘qituvchi ham bir bo‘lib, talabalar bilan ochiq oydin gaplashishi, fikr almashishi lozim va hamma talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob izlashlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |