Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

1. Mashqlarning tasnifi 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb, turlicha tezlik va kо‗lamda maksimal hamda о‗rtacha 
mushak  ishlashi  orqali  tananing  ayrim  qismlari  bilan  bajariladigan  harakatlar  yoki  ularning 
birikmalariga aytiladi. Bundan maqsad  – jismoniy  sifatlarni rivojlantirish, qaddi-qomatni  tо‗g‗ri 
shakllantirish, talabalarni murakkab harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir. 
Umumrivojlantimvchi mashqlar jihozlarsiz va jihozlar (gantellar, tо‗ldirma tо‗plar, toshlar, 
shtangalar,  rezina  amortizatorlar,  tayoqlar  va  h.k.)  bilan  har  xil  gimnastika  jihozlarida  va 
shuningdek, talabalarning bir-biriga о‗zaro yordam kо‗rsatishlari orqali bajarilishi mumkin. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar о‗z tarkibiga kо‗ra, oddiy bо‗lib, u bilan barcha yoshdagi 
bolalar  va  turli  yoshdagi  kishilar  shug‗ullanishlari  mumkin.  Ularni  о‗rgatish  juda  oddiydir: 
mashqni о‗rganib olish uchun, talaba uni bir necha marta takrorlashi kerak, xolos. 
Shuni  inobatga  olish  kerakki,  mukammal  о‗zlashtirilgan  mashqlarni  bajargandagina 
maksimal foyda olish mumkin. Mashqlarni о‗rgatish jarayonida esa, barcha mushaklarni qisqarish 
imkoniyati bir xil jalb qilinadi. Demak, biron-bir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun u  yoki bu 
mashqdan foydalanishdan oldin uni yaxshi о‗rganib olishga zaruriat tug‗iladi. 
Umumrivojlantiruvchi  mashqlar  yordamida  tana  a‘zolari  va  mushaklarning  guruhlariga 
alohida  ta‘sir  kо‗rsatish  ham  mumkin.  Bu  xususiyat  talabalar  organizmiga,  ayniqsa,  harakat- 
tayanch  apparatiga  har  tomonlama  ta‘sir  kо‗rsatish  va  butun  tana  mushaklarini  har  tomonlama 
rivojlantirish imkonini beradi. 
Umumrivojlantiruvchi  mashqlarni  bajarayotganda  jismoniy  yuklamani  boshqarish  oson. 
Organizmga jismoniy yuklama berish uchun mashqlar tanlashga va bir mashg‗ulotda ularning soni 
qancha  bо‗lishiga  bog‗liq.  Bir  xil  mashqlar  (mushakni  ishga  solish)  berish  darajasi  va  ishda 
qatnashadigan mushak guruhlarining soniga kо‗ra, osonroq, boshqalari murakkab bо‗ladi. 
Mashq  bajarilganda  mushakdan  foydalanish  darajasiga  kо‗ra  о‗zgaradi.  Mushak  zо‗riqish 
berish  darajasini  quyidagi  usullar  (ayni  bir  mashqning  davom  etishini)  takrorlash  sonini 
kо‗paytirish,  mashqlarni  bajarish  tezligini  о‗zgartirish,  og‗irlikni  oshirish  yoki  о‗zaro  qarshilik 
darajasini  kо‗paytirish,  dastlabki  holatni  yoki  bajarish  usulini  boshqacharoq  qilish  orqali 
о‗zgartirish mumkin. 
Tasnifga anatomik belgi asos qilib olingan. Mashqlar insonning ayrim tana qismlariga ta‘sir 
kо‗rsatishiga qarab bо‗linadi: 


51 
 
1. 
Qо‗1 mushaklari va yelka kamari uchun mashqlar. 
2. 
Gavda va bо‗yin mushaklari uchun mashqlar. 
3. 
Oyoq mushaklari uchun mashqlar. 
4. 
Butun tana mushaklari uchun mashqlar. 
Hamma  mashqlarning  ta‘siri,  о‗z  navbatida,  uslubiy  yо‗naiishiga  kо‗ra  kuchni, 
egiluvchanlikni, yakka harakat tezligini, ayrim mushak guruhlarining taranglashishi va bо‗shashish 
qobiliyatini tarbiyalovchi mashqlarga bо‗linadi, tо‗rtinchi guruh mashqlariga esa, qomatni tо‗g‗ri 
rivojlantiruvchi va nafas olish mashqlari kiradi. 
18
 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish