Termiz davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya va sport nazariyasi kafedrasi


 Mashg„ulotlarni tashkil qilish va о„tkazish usuli



Download 6,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/194
Sana25.06.2021
Hajmi6,59 Mb.
#100974
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua a4996e5e3594e2930db2202c30c913d9

2. Mashg„ulotlarni tashkil qilish va о„tkazish usuli 
О‗rta,  katta  va  keksa  yoshdagi  kishilar  sog‗lig‗i  va  jismoniy  tayyorgarligiga  qarab, 
gimnastika  mashg‗ulotlari  (va  boshqa  sport  turlari)  bilan  shug‗ullanish  uchun  ularni  uch  tibbiy 
guruhga bо‗lish kerak: 

guruh  -  sog‗lom,  jismoniy  tayyorlangan,  yoshi  fiziologik  о‗zgarishlari  jihatdan  normal 
о‗tayotgan kishilar; 
II 
guruh  -  sog‗lig‗ida  ba‘zi  bir  funksional  xarakterdagi  kamchiligi  bо‗lgan,  mashq 
yuklamasiga moslasha oladigan, shuningdek, qarilik jarayoniga xos kasalliklarning boshlang‗ich 
davridagi kishilar; 
III 
guruh  -  sog‗lig‗ida  odatdagi  mehnat  faoliyatiga  zid  kelmaydigan  kamchiligi 
bо‗lgan,jismoniy mashq yuklamasiga moslashuv darajasi kamaygan kishilar kiradi. 
Sog‗ligida kamchilik kо‗proq bо‗lgan keksa yoshdagi kishilar davolanish gimnastikasi bilan 
shug‗ullanishlari lozim. Gimnastika mashg‗ulotlarini о‗tish uchun barcha  shug‗ullanuvchilar 
 

I.I.Morgunova Gimnastika va uni oitish metodikasi O‗quv qo‗llanma Tashkent, 2011 y 75.6 M84 U-7461 


24 
 
Yoshi hisobga olingan holda guruhlarga ajratiladi. Mashg‗ulotlar shaxsiy va guruh bilan, erkaklar 
va  ayollar  uchun  alohida  о‗tkazilishi  mumkin.  Ayrim  hollarda  aralash  guruhlar  tashkil  qilinishi 
mumkin, bunda jismoniy tayyorgarligi va sog‗lig‗ining ahvoli bir xil bо‗lgan shug‗ullanuvchilarni 
kiritish lozim. 
О‗rta, katta va keksa yoshdagi kishilar bilan ish olib borish yuqori malakani talab qiladi, о‗z 
kasbini  sevishni,  sport  va  sport  fiziologiyasi  fanining  yangi  yutuqlari  asosida  doimo  pedagogik 
mahoratini oshirib borishni talab qiladi. 
Sog‗lomlashtirish guruhlari mashg‗ulotlarida har tomonlama darslar (gimnastika va suzish, 
sport  о‗yinlari,  yengil  atletika  va  h.k.lar),  jismoniy  mashqlarning  tanlab  olingan  turi  bо‗yicha 
mashg‗ulotlar, masalan, yugurish mashg‗ulotlari о‗tiladi. 
Umumiy uslubiy kо‗rsatmalar: 
1. 
Guruh mashg‗ulotlari haftasiga 2-3 marta о‗tilishi kerak. 
Mashg‗ulotlar  toza  havoda  hamda  bino  ichida  navbatma-navbat  о‗tilishi  maqsadga 
muvofiqdir. 
2. 
Jismoniy  mashqlar  yuklamasining  me‘yori,  ayniqsa,  sog‗lig‗ida  nuqsoni  bо‗lgan 
shaxslar  uchun  shifokor,  pedagoglar  nazorati  asosida  belgilanadi.  Keksa  va  katta  yoshdagilaiga 
yuklamani asta-sekin kо‗paytirish va pasaytirish lozim, kо‗proq nafas gimnastikasi va bо‗shashish 
mashqlarini qо‗llash ma‘qul bо‗ladi. 
3. 
60  yoshdan  keyin  keng  kо‗lamdagi  mashqlarni  kamaytirish,  uzoq  vaqt  davom 
etadigan,  tezkor  va  kuch  talab  qiladigan  mashqlarni  qо‗llamaslik  zarur.  Kо‗pincha  kuch 
ishlatiladigan statik holatlarni, bosh bilan pastga qarab osilish va zо‗riqish bilan bog‗liq mashqlarni 
bajarish tavsiya qilinmaydi. 
4. 
Keksalar mashg‗ulotida harakatlarni о‗rgatishda kо‗rsatish usuli katta ahamiyatga 
ega, kо‗rsatish usulida bajarish maromi va sur‘ati sekinlashtiriladi. 
5. 
Mashg‗ulotlar  shug‗ullanuvchilarning  qiziqishini  va  о‗z  harakatlaridan  qoniqish 
tuyg‗usini orttirishi kerak. Biroq ortiqcha ruhiy kо‗tarinkilik ba‘zan о‗ta zо‗riqishga olib kelishi 
mumkin.  Yangi materialni  о‗zlashtirish bitan birga, oldin  yaxshi  о‗zlashtirilgan material (25  % 
gacha) qо‗llanilishi zarur. 
6. 
Kamchiliklarini uqtirish mashg‗ulot о‗tkazuvchi tomonidan muloyimlik va bosiqlik 
bilan  aytilishi  kerak.  Umuman,  mashg‗ulot  davomida  shug‗ullanuvchilar  birbirlarini  hurmat 
qilishiga erishish ayni muddao. 
Xususiy usuliy vazifalar. Saflanish mashqlari va joydan joyga kо‗chishlar turlituman bо‗lishi 
kerak. О‗qituvchi ulamnng qomatga ta‘sirini hisobga olishi zarur. Buyruqlarni tez-tez qо‗llamaslik 
kerak,  undan  kо‗ra  past  ovozda  va  bosiqlik  bilan  berilgan  topshiriqlar  foydali  bо‗ladi.  Ba‘zan 
yugurib va sakrab bajariladigan mashqlarning davomiyligini qisqartirish maqsadida ularni mohirlik 
bilan yurishning turli xillari bilan almashtirish lozim. 
Haddan  tashqari  katta  kо‗lamda,  noqulay  holatlarda  (oyoqlarni  keng  yozib  turish  va  h.k.) 
bajariladigan umumrivojlantiruvchi mashqlarni kо‗p bajarmaslik lozim. Orqa bilan yotib mashq 
bajarishga  asta-sekin  (о‗tirish,  yarimyotgan  holatdan)  о‗tish  kerak.  Gimnastika  tayoqchasi  bilan 
mashq  bajarganda  bо‗g‗inlar  harakatchanligini  oshirish  uchun  yelka  bо‗g‗inida  aylantirish 
mashqlarini  bajarish  tavsiya  qilinadi.  Gimnastika  devorida  aralash  va  oddiy  osilish  holatlarida 
mashq bajarish maqsadga muvofiqdir. 
Dinamik xarakterdagi og‗irliklar (tо‗plar, gantellar og‗irligi 0.5-2 kg) bilan mashq bajarish 
samaralidir. Uzoqlikka (sherigiga) tо‗p uloqtirishni kam qо‗llash lozim. Ayrim hollarda oldinga 
engashish, aylanish mashqlarini og‗irliklarsiz va nafas olish maromini tiklashga qaratib bajarish 
tavsiya qilinadi. Amaliy sport tur (yugurish, sakrash)lari mashqlarini bajarish vaqti va tezligi 


25 
 
chegaralanadi.  Tirmashib  chiqishlarning  oddiy  turlari,  masalan,  aralash  osilishda  tirmashib 
chiqishlar tavsiya qilinadi. Ayollar mashg‗ulotida bunday mashqlar qо‗llanilmaydi. 
Yuk tashishda (tо‗ldirma tо‗plami, sherikni) buyumlarning og‗irligini cheklash, sheriklami 
ularning bо‗yi va og‗irligiga mos ravishda tanlash lozim. Muvozanat mashqlari, masalan, xodada, 
jihozlarning balandligini 0,5 m.gacha pasaytirib bajariladi. 
Eng oddiy sakrashlar (uzunlikka, balandlikka, balandlikdan sakrashlar) tavsiya qilinadi, katta 
balandlikdan irg‗ib tushishlami cheklab, asosiy e‘tiborni tо‗g‗ri va  yeiga ohista tushishga, 
tо‗shaklarni joylashishiga va о‗z vaqtida amaliy yordam hamda muhofaza qilishga qaratish lozim. 
Ayollar  bilan  mashg‗ulot  о‗tganda  ularning  qiziqishini  oshirish  va  ruhini  kо‗tarish  uchun 
mashqlarni  musiqa  jо‗rligida  bajarish  foydali.  Murakkab  harakatlarni,  balandlikka,  uzoqqa 
sakrashlarni, keskin siltanishlarni, tez aylanishlarni, engashishlarni va h.k.larni bajarmaslik kerak. 
Turli  xil  darslardan  tashqari  keksa  yoshdagi  kishilar  uchun  gigiyenik  gimnastika  (ertalab, 
kunduzi,  kechqurun),  ishiaydiganlar  uchun  esa,  ishlab  chiqarish  gimnastikasi  tavsiya  qilinadi. 
Mashg‗ulotlar о‗rta yoshdagi kishilar uchun 60-90 daqiqa; katta yoshdagilar uchun  45-60 daqiqa; 
keksa 
yoshdagilar 
uchun 
30-45 
daqiqa 
davom 
etadi. 
Navbatdagi 
mashg‗ulotni 
shug‗ullanuvchilardan о‗zini qanday his qilayotganlarini sо‗rashdan va yurak-tomir urishini 
hisoblashdan boshlash lozim (bu har bir mashg‗ulot oxirida tekshiriladi). 

Download 6,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish