Nazorat savollari:
1.
Gimnastika chiqishlarining ahamiyat.
2.
Gimnastik chiqishlarning dasturini bayon eting.
3.
Gimnastika jihozlari va maxsus yog‗och konstruksiyalarda bajariladigan mashqlarni
tasniflang.
4.
Musiqa asarlarini tanlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozim.
5.
Chiqishlarni uyushtirish va tayyorlash usuli haqida maʼlumot bering.
4-mavzu TALABA QIZLAB BILAN GIMNASTIKA MASHG„ULOTLARINI О„TISH
Reja
1.
Xotin-qizlar organizmining о„ziga xosligi
2.
Mashg„ulotlar usuli
Tayanch so‟z va iboralar: Xotin-qizlar organizmi о‗zining tuzilishiga kо‗ra, erkaklarnikidan
bо‗y va oyoq qismlarining nisbatan kalta va gavdaning uzun bо‗lishi, yelka bо‗g‗inining torligi,
tosning kengligi va teri ostida katta yog‗qatlamining mavjudligi bilan farq qiladi
1. Xotin-qizlar organizmining о„ziga xosligi
Xotin-qizlar organizmi о‗zining tuzilishiga kо‗ra, erkaklarnikidan bо‗y va oyoq qismlarining
nisbatan kalta va gavdaning uzun bо‗lishi, yelka bо‗g‗inining torligi, tosning kengligi va teri ostida
katta yog‗qatlamining mavjudligi bilan farq qiladi.
Tos tuzilishining о‗ziga xosligi – xotin-qizlar gavda tuzilishining alohida xususiyatidir.
Xotin-qizlarda tos past, keng va ancha yoyilgan bо‗ladi. Son suyaklari boshchasining oralig‗i
erkaklarnikiga nisbatan katta, son suyagining bо‗yni va son suyagi orasidagi burchak kichkina.
Xotin-qizlaming son suyagi erkaklarnikiga nisbatan vertikaldan kо‗proq qiyalashgan. Bu holat
qizlarning yugurish va sakrashlarda past natijalarga erishishlariga asosiy sabab bо‗ladi. Statistik
ma‘lumotlar sport bilan shug‗ullangan xotin-qizlarda yillar davomida tos kengligining yelka
kengligiga nisbatan farqi kamayib borishini kо‗rsatadi. Ushbu mutanosiblikning о‗zgarishi, asosan,
yelka bо‗g‗ini rivojlanishi hisobiga sodir bо‗ladi.
7
Xotin-qizlarda tirsak bо‗g‗inining ortiqcha yozilishi va kо‗pincha oyoqlarning X shaklida
bо‗lishi, erkaklarga nisbatan kо‗proq uchrab turishi kuzatilgan. Bu omillar yugurishda, sakrashda
yuqori natijalarga erishishni, uzoq vaqt tayanib turishni qiyinlashtiradi, jarohatlanish ehtimolini
kо‗paytiradi. Shu sababli, mazkur mushak guruhlari uchun maxsus tanlab olingan mashqlar orqali
yuqorida aytilgan bо‗g‗inlami mustahkamiash zarur. Xotin-qizlar erkaklardan yana yurak
hajmining kichikligi, uning sistolik va minutlik hajmi kam, maksimal qon bosimi baland,
о‗pkaning havo sig‗imi kichkina, tomir urishi va nafas olishning tez bо‗lishi bilan farq qiladi.
Xotinqizlar kо‗proq kо‗krak bilan yoki aralash nafas olishadi, erkaklarda esa, kо‗proq diafragmali
7
I.I.Morgunova Gimnastika va uni oitish metodikasi O‗quv qo‗llanma Tashkent, 2011 y 75.6 M84 U-7461
20
nafas olish kuzatiladi. Qayd qilinganlar ularning uzoq vaqt zо‗r berib ishlashlari uchun,
shuningdek, jismoniy charchashdan keyin tez fursatda tiklanishlari uchun noqulay sharoit yaratadi.
Biroq jismoniy tarbiya yoki sport bilan doimiy shug‗ullanadigan xotinqizlarning sog‗ligi va
jismoniy holatining kо‗rsatkichlari sport bilan shug‗ullanmaydigan xotin-qizlarnikidan ancha
yuqori. Xotin-qizlarning mushak tizimi rivojlanish jihatidan erkaklarnikidan ancha orqada qoladi.
Shifokor nazoratida qabul qilingan mushak kuchini о‗lchash usuli (bel va qо‗l dinamometriyasi)
mushak tizimining umumiy holatini tо‗liq ifodalamaydi. Biroq, shu kо‗rsatkichlar bо‗yicha ham
farq kattadir. Xotin-qizlarda qо‗l dinamometriyasi 25-30%, bel dinamometriyasi 40-50 % kam.
Ayollar uchun qorin pressi mushaklarining rivojlanish darajasi katta ahamiyatga ega. Ichki
qiya va chuqur joylashgan kо‗ndalang mushak tolalari bachadonning aylana bog‗lamchalariga
aylanadi va skelet mushaklarini ichki jinsiy organlar bilan tutashtiradi. Bachadonning tо‗g‗ri holati
kо‗p jihatdan bachadonning aylana bog‗lam- larining mustahkamligiga bog‗liq. Ilmiy kuzatishlar
shuni kо‗rsatadiki, qorin pressi mushaklari yaxshi rivojlangan sportchi xotin- qizlarda
bachadonning siljishi deyarli kam uchraydi.
Sо‗nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar bо‗yicha shu narsa
aniqlandiki, bachadonning tо‗g‗ri joylashishi va tug‗ishning normal о‗tishi oldin faraz
qilinganidek, faqatgina tos tubining holatiga bog‗liq bо‗lmasdan, balki kо‗proq tos orasi
mushaklarining rivojlanganligiga ham bog‗liq ekan. Bu mushaklar son orasini kengayishida va
burishda qatnashadi. Shu mushaklar badiiy va sport gimnastikasi bilan shug‗ullanganlarda, sport
bilan shug‗ullanmaganlarga nisbatan rivojlangan bо‗ladi, chunki oyoq mushaklarini harakatlari
gimnastikani shu turlarida keng qо‗llaniladi. Tos tubi mushaklarining rivojlanishiga faqatgina
nisbiy ta‘sir qilish mumkin: qorin pressi mushaklarining taranglashishi tos mushaklarining
qisqarishiga olib keladi.
Shunday qilib, tos mushaklarining rivojlanish darajasi bevosita qorin pressi mushaklarining
funksional holatiga bog‗liq ekan.
Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi xotin-qizlarning mushak tarmog‗ini maqsadga
muvofiq va jiddiy ravishda rivojlantirish kerakligini kо‗rsatadi. Yoshlik davrida hosil bо‗lgan
sifatlar xotin-qizlar tomonidan biroz e‘tibor berilsa, kо‗p jihatdan katta va keksa yoshgacha
saqlanib qoladi.
Ayol organizmining muhim xususiyati ovarial-menstrual (hayz kо‗rish) davridir.
Xotin-qizlar organizmi uchun hayz kо‗rishning mohiyati va ahamiyati tо‗g‗risidagi tushunchaning
asta-sekin о‗zgarishi, ularni ilmiy kuzatishlar va tekshirishlar orqali tasdiqlanishi, bunday vaqtda
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishi mumkin yoki mumkin emasligi tо‗g‗risidagi masalaga
munosabatning о‗zgarishiga olib keldi. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashg‗ulotlari, sayr qilish,
qayiqda eshkak eshish, keskin harakatni talab qilmaydigan о‗yinlar hayz kо‗rish jarayonining
yaxshi о‗tishini ta‘minlaydigan vosita sifatida tavsiya qilinadi.
Bu davrda gimnastika mashg‗ulotlari va musobaqalariga qatnashish mumkinligi tо‗g‗risidagi
nuqtayi nazar ancha о‗zgardi. Sport natijalari hech ham ovarialmenstrual davrga bog‗liq
bо‗lmaganligini о‗zlarini nufuzli musobaqalardagi yutuqlari bilan gimnast qizlar amalda bir necha
bor isbot etishdi.
Biroq jismoniy yuklamalarni tо‗g‗ri taqsimlash uchun, sportchi qizlar tajribali ginekolog
bilan maslahatlashishi zarur. Bunday paytlarda gimnastning jismoniy tayyorgarlik holati va uning
u yoki bu mashqlarni bajarishda organizmining yuklamaga bо‗lgan reaksiyasi о‗qituvchi-murabbiy
tomonidan puxta nazorat qilinishi shart. Bu davrda gimnast qizlar ham о‗zlarining organizmlarini
yaxshi nazorat qilishlari kerak. Mashg‗ulot yoki dars davrida va undan keyin kayfiyat, hayz
kо‗rishning о‗tishi, og‗riq his etilgan-etilmaganligi, navbatdagi hayz kо‗rish muddati qayd qilingan
hodisalarning qaysi biri tasodifiy, yuklamalarga bog‗liq-bog‗liq emasligi va hayz kо‗rish davrida
21
bular qanday oqibatlarga sabab bо‗lishi, о‗z-о‗zini nazorat qilish kundaligida muntazam yozib
borilishi maqsadga muvofiq bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |