23
Organizmning keksayishi tabiiy jarayondir, u odam asabining, fiziologik funksiyalarining qayta
tiklanishi va shuningdek, odam organizmi morfologiyasi va asab harakatlantiruvchi markazlarining
о‗zgarishi bilan bog‗liqdir.
Harakat funksiyalarinnig psixologik funksiyalarga nisbatan kо‗proq zaiflanishi tibbiy
izlanishlarda isbotlangan. Biroq, uzoq va ruhiy jarohat bilan bog‗liq bо‗lgan aqliy jarayonlar о‗rta,
ayniqsa, keksa hamda kata yoshda yurak-qontomiri tizimlari (gipertoniya, infarkt-miokard,
ateroskleroz va boshq.) kasaliiklariga olib keiuvchi asosiy sabablardan biri bо‗lishi mumkin.
Fiziologik va patologik keksalik bir-biridan farq qiladi. Fiziologik keksalikda organizmning
funksiyalari asta-sekin (tо‗lqinsimon) pasayib boradi, ammo ularning sifati kо‗p о‗zgarmaydi.
Patologik keksalik-turli kasalliklarga kо‗ra tо‗qimalaming shakli, tuzilishigina о‗zgarmasdan,
balki kimyoviy tuzilishi ham о‗zgaradi. Modda almashuvining buzilishi natijasida tо‗qimalar
yemiriladi, bu esa, bir butun organizmning tashqi muhitga bо‗lgan qarshilik kо‗rsatish faoliyatining
pasayishiga olib keladi. Oliy asab tarmoqlarining faoliyati ham о‗zgaradi. Bosh miya qobig‗ining
qо‗zg‗aluvchanligi pasayadi, asab tizimida sodir boladigan jarayonlarning harakatchanligi va kuchi
kamayadi, shartli reflekslarning hosil bо‗lishi va mustahkamlanishi yomonlashadi.
60-70 yoshda yurakning hajmi kattalashadi. Qon tomiri devorlarining о‗zgarishi natijasida
qon oqish tezligi sekinlashadi, bu esa, о‗z navbatida, tо‗qimalaming oziqlanishini yomonlashtiradi
(E.M.Gelshteynning fikricha, 50-60 yoshdagi 70-80 foiz kishilarda va 80 yoshga borib esa,
hammada ateroskleroz paydo bо‗ladi). Shu bilan birga, doimiy jismoniy mashq va sport (yugurish)
bilan shug‗ulianuvchi katta yoshdagi kishilarda esa, ateroskleroz jarayonlari sekinlashadi.
9
Yosh ulg‗ayishi bilan mushaklarning egiluvchanligi susayadi, hajmi kamayadi, 60-70 yoshda
mushaklarning og‗irligi tana og‗irligining 20-25 foizini tashkil qiladi. Mushak tо‗qimasining
tarkibi о‗zgarishi sababli uning qisqarish qobiliyati yomonlashadi, kuch, tezlik, chidamlilik,
chaqqonlik va egiluvchanlik jismoniy sifatlarining kо‗rsatkichlari pasayadi.
Distrofiya xarakteridagi hodisalar sababli tayanch-harakat apparatining mobilligi о‗zgaradi,
mushaklarning egiluvchanligi, bо‗g‗inlarning harakatchanligi kamayadi, suyaklarning mо‗rtligi
oshadi. Bu qomatning bukchayishiga olib keladi, bu esa, о‗z navbatida, nafas olish, qon ayianish
organlarining faoliyatiga salbiy ta‘sir qiladi. Nafas olish mushaklarining kichrayishi va zaiflanishi
sababli о‗pkaning tiriklik sig‗imi kamayadi. Natijada katta yoshdagi kishilarda nafas olish ancha
tezlashadi, chuqur bо‗lmaydi, aritmik bо‗ladi. Gimnastika mashg‗ulotlarini tashkil qilishda va
о‗tishda ushbu о‗zgarishlarni hisobga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: