27
harakatlar orqali etkazishga qobiliyatli odam gavdasi harakatlarining erkin va hissiy ifodaliligi ustida
ishlashning yangi usullarini ishlab chiqqan. U, artistlarni oddiygina boshni ko‗tarishga, egilishga,
burilishga, yurish va yugurishga emas, balki har bir harakatga ma‗lum bir mazmun va mohiyatni kiritishga
o‗rgatgan. Uning gapiga ko‗ra, his qilish kam va o‗zidan sinovdan o‗tkazish etarli emas, balki hissiyotni
harakatga aylantirish va boshidan o‗tgan kechinmani ifodalash zarur. Delsart harakatlarning har xil
tezkorligiga va kuchiga katta e‗tibor qaratgan, bu, harakatlarning sun‗iyligini oldini olishga yordam
beradi, deb o‗ylagan.
Delsart harakatning asosini, uning kelib chiqishini tabiiyligida ko‗ra bilgan, gimnastik mashqlarni
musiqa bilan uyg‗unlashtirishga intilgan. U, quyidagi tamoyillarga rioya qilgan holda mashqlarni
yaratgan:
-
ko‗pchilik bo‗g‗imlarni harakatlarga bir butun sifatida
kirishishini; - odamning hissiy holati bilan gavda harakatlari o‗rtasidagi
aloqadorlikni;
-
harakatlanishlar paytida qo‗llar va oyoqlarning qarama-qarshi
harakatlarini (yurish va yugurishning turli xarakterlarini).
F.Delsart tomonidan ishlab chiqilgan ushbu barcha g‗oyalar va tamoyillar badiiy gimnastika uchun
juda qimmatli hisoblanadi va uning bazaviy harakatlari asosiga kiritilgan. Masalan, badiiy gimnastikaning
to‗lqinsimon va prujinasimon harakatlari ko‗pchilik bo‗g‗imlarni bir butun sifatida harakatlarga
qo‗shilishi asosida, sekin-asta gavdaning bir zvenosidan boshqasiga o‗tish orqali bajariladi. Badiiy
gimnastikada yurish, yugurish va sakrashlarning har xil bazaviy turlari, ularni bajarilishi paytida qo‗llar
va oyoqlarning qarama-qarshi harakatlanishini talab qiladi.
Shveysariyalik bastakor va pedagog Emil Jak-Dalkroz (1865 yil 6 iyul, Vena, 1950 yil 1 iyul,
Jeneva) ritmik gimnastika deb ataladigan mualliflik tizimini yaratgan bo‗lib, unda u, musiqiy ritmni
odam gavdasining harakatlariga olib o‗tishga uringan. Emil Jak-Dalkroz, o‗zining tizimi asosiga
musiqa ritmi va musiqani jozibali amalga oshirish tushunchasini qo‗ygan. Musiqa va joziba ritmdan
boshlanadi. Tanani, qalbni, ruhni va umuman odamni tarbiyalash va shakllantirish uchun eng ifodali
ritm zarur. Emil Jak-Dalkroz dunyoning yaratilishi sirlaridan voqif bo‗lish va misli ko‗rilmagan
qudratga, o‗z tanasi va o‗z hayotida ritmni his qilishga qobiliyat faqatgina insonga xos, deb
hisoblagan. Raqqosa musiqa va harakatlardagi ichki aloqani har doim anglashi kerak. Musiqa bilan
shug‗ullanishdan oldin, ritm va tovushlarni yaratadigan hissiyotlar ichiga kirish, uni o‗zining tani-
joni bilan his qilish va idrok qilishni o‗rganishi kerak. Emil Jak-Dalkroz bolalar uchun maktab
ta‗limi tizimiga ritmikaning kiritilishini ahamiyatini alohida aytgan, chunki harakat – ularning
zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. U, ritmni har qanday san‗atni, jumladan she‗riyatni, haykaltaroshlikni,
me‗morchilik va musiqani bilish uchun baza sifatida belgilagan. Musiqa odamning xulq-atvorini
sokinlashtirishi va qo‗zg‗aluvchanligini tinchlantirishi orqali umumiy tarbiyaviy ahamiyatga ega,
deb hisoblagan. Emil Jak-Dalkroz barkamol rivojlangan shaxs – odamning antik idealiga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: