5-Mavzu: Mustaqil O’zbekistonda arxiv ishi
Reja:
1. Hujjatlarning davlat hisobi. Jamoat va ekspertiza.
2. Idora arxivlari faoliyatining nazorat qilish.
3.Hujjatlardan turli maqsadlarda foydalanish.
Tayanch so’z va iboralar
O’zbekiston arxivlari va ularning faoliyatini takomillashtirish masalalari. O’zbekiston mustakillikning dastlabki yillarida arxiv tizimining qayta ko’rib chiqilishi va rivojlanishi.
Hujjatlarning davlat hisobi bu ularning yagona davlat hisobidagison va sifat jihatidan aks ettirishidir. Davlat ximobi hujjatlarni saqlanish va nazorat qilishini ta’minlaydi. SHu bilan birga bu hujjatlarning klassifikatsion jamlamasi aniqlanishi qaysi muassasaga tegishli ekanligi, uning manzili belgilanishi ilmiy izlanishlar olib borishda kul keladi.
Hujjatlar hisobi arxivda markazlashgan holda maxsus belgilangan arxiv xodimi tomonidan olib boirladi. Hisobga olish tartibi, qo`shimcha tartiblar kiritish arxif direktori buyrugi bilan amalga oshiriladi.
Arxivda hisobga olishni to’g’ri tashkil qilish maqsadida hisob sxemasi ishlab chiqildi. Bunda hujjatlarni hisobga olish buyicha qilinadigan ishlar to’la uz ifodasini topdi.
Filialda bu sohada amalga oshirilgan ishlar, xodimlarning shaxsiy rejalari, ularga berilgan topshiriqlar hamda bu ishlarning bajarilishi filial xodimlari bu talablarga to’la amal qilayotganliklaridan guvohlik beradi.
Arxiv xodimlari fondlarni ularni kartochkalarini qayd qilishda davlat arxivi qoida va talablari asosida ish yuritiladilar. Bu esa arxivdan o`rin olgan har bir hujjatning saqlanish holatining talab darajasida bo’lishini ta’minlaydi.
1996 yilda 70 ta hujjatlar 308 fond bo`yicha kartochkalashtirildi. SHu kabi arxiv fondi hajmi soni buyicha ma’lumotlar tayyorlandi, yangi qabul qilingan hujjatlarga fond kartochkalari tuzildi – ma’lumki hujjatli axborotlarni izlashda ma’lumot usuli qo`l kelishi tajribadan ma’lum. CHunki ma’lumotdan yig’majild yozuvi, ma’muriy hududiy bo’linishi buyicha uzgarishlar, yodgorlik va unitilmas tarixiy sanalar takvimi, ruznomalarda chop etilgan makolalar urin olgan. Filial xodimlari bundan 10 yil muqaddam bu erda saqlanayotgan hujjatlar va ularning qisqacha mazmuni haqida xikoya qiluvchi ma’lumotnoma tayyorlashdi. Unda filial hududidagi tumanlar, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, davlat va jamoa xujaliklaridan topshirilgan hujjatlarning yillar buyicha soxalarga ajratilan yozuv tarkibi, soni va yunalishi uz ifodasini topdi. Hujjatlarni jamlash va qiymatini ekspertiza qilish arxiv faoliyatining asosiy ko’rsatkichlaridan biri. SHu bois filialda bu sohaga doimo jiddiy e’tibor bilan qaraladi.
CHust davlat arxivi 4 ta tuman, 2 ta SHaxar, 233 ta tashkilot, korxona muassasalarga xizmat ko’rsatadi. SHaxar va tuman hokimliklari filial ishiga yqkindan amaliy yordam beradilar va uni qo`llab quvvatlaydilar. Hokimlar tomonidan filial hududidagi muassasa, korxona, tashkilot, jamoat va fermer xujaliklari, qo`shma va kichik korxonalarga hujjatlarni arxivga topshirish tartibiga saqlanish haqida shartnomalar tuzish bo`yicha xat chiqariladi, qarorlar qabul qilinadi. Topshirilgan hujjatlarning saqlanishi yuzasidan ko’riklar o’tkazish muassasalar arxivini tartibga keltirish, hujjatlani davlat arxiviga topSHirish tartibi bo`yicha chiqarilgan qarorlar ana shular jumlasidandir.
CHust shaxar hokimi arxiviga katta amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda. Bevosita hokimlik tomonidan ko’rilib foydalanishga topshirilgan yangi bino metodik xonaga aylantirildi. Yaqinda shahar hokimligi qarori bilan ajratilgan qo`shimcha xona ham to’la ta’mirdan chiqarilib, jihozlandi. Binoga hujjatlarni saqlash uchun zarur vositalar urnatildi.
Filialda xodimlarni ishlashi uchun sharoit yaratilishi, muassasa arxivi bilan shugullanuvchi mas’ul kishilar bilan yaqindan hamkorlik qilinishi, ularga arxivdagi hujjatlarni saqlash holatiga doir maslaxatlar berib borilishi yaxshi samara beryapdi. Filial xodimlari hujjatlarni jamlashda ularning asosiy manbasiga e’tiborni qaratadilar. O’tgan yili davlat hisobiga olingan fondlar tarmoqlar bo`yicha qo`yidagicha bo’ladi:
Pullik xizmat hisobida qabul qilingan papkalar – 1028 ta.
Filial hujjatlari – 19 ta
Ijara pudrati brigadasi tomonidan qabul qilinib tayyorlangan papkalar – 1348 ta; jami: 2393 ta
Bundan tashqari 83 ta fotohujjatlar qabul qilindi va topshirildi. Tashkilotda saqlash muddati o’tib ketgan papkalardan 1556 ta qabul qilinib, doimiy saqlashga qoldirilgan25.
Filialda keyingi yillarda hujjatlarni davlat hisobiga olish, doimiy saqlashga qoldirish, qiymatiga qarab ekspertiza qilish, jamlashda olib borilayotgan ishlarning sifati yaxshilanayotgani, bu erda mehnat qilayotgan ahil jamoaning mehnatsevariligi, o`z kasblarini sevishlaridan dalolat beradi. Viloyat davlat arxivining CHust filialida 444 ta muassasa, korxona, tashkilot, xujalik, qo`shma va kichiq korxonalarning hujjatlari saqlanadi. Bu hujjatlar tumanlar va shaxarlar hokimliklari, ularning bo’lim va boshqarmalari, yirik korxona va birlashmalar. CHust, Gulbog’, Pop paxta tozalash zavodlari, xissadorlik jamiyatlari, suv xujaligiga karashli hamda 1 – va 2 – qishloq qo’rilish Vazirligiga qarashli xujalik hisobidagi quchma jamlamalar, CHust «Pichoq» zavodi va boshqalarga tegishli hujjatlar26. Filial ma’muriyati, uning xodimlari bu tashkilot korxona va xujaliklar boshliklari bilan doimo yakindan munosabatda bo’lishlari ishning muvaffakiyatining ta’minlab keladi. Ayniksa rahbar xodimlar. Kadrlar bo’limi muhandislari bilan o’tkazib turiladigan seminarlar. Yakka tartibda bevosita joylarda o’tkaziladigan suhbatlar hujjatlarni qabul qilishi, jamlash, ularni davlat saqloviga olishdagi ishlarini namunali tashkil etilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan sung qisqa davrda filial xodimlari katta hajmdagi ishlarni bajardilar.
Muassasalar arxivi ishi haqidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh arxivining bo`yrugi asosida qo`yidagilar amalga oshirildi:
barcha tuman, shaharlar hokimliklar xodimlari bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Ish yuritish bo`yicha yuriqnomasini tadbiq etish to’g’risida» mavzusida seminar yigilishlar o’tkazildi27.
Tuman va shahar hokimliklari imzosi bilan CHust arxivi nazoratidagi barcha muassasa, korxona tashkilot va xujaliklarga qo`yidagi ishlarni bajarish topshirildi.
Arxiv hujjatlari uchun maxsus bino ajratish va ularni jixozlash;
Arxiv hujjatlarini saqlashni mas’ul shaxsga topshirish;
Arxia xujatlarini ekspertiza qilish uchun guruh tuzish;
1991 yilgi hujjatlarni CHust arxiviga topshirilish;
Yil rejasiga asosan hisoblash davrida, ya’ni 1996 yilda muassasalardagi arxivlar holati bo`yicha 41 ta tematik va 6 ta majmuali tekshirishlar o’tkazildi. Muassasa arxivlari ishidagi kamchiliklarni yukolishda amaliy yordam ko’rsatildi.
Mehnatkashlarni vatanparvarlik, xalqlar dustligi, mustaqil O’zbekistonning kelajagiga ishonch xis – tuygulari ruxida tarbiyalashda filialda saqlanayotgan xalq xujaligi va ijtimoiy madaniy hayotga doir hujjatlardan keng foydalanish doimo jamoaning dikkat markazida tkradi.
Oldinlari muassasa, korxona, tashkilot, xujalik korxonalarning tashkil topgan sanalari haqida qisqacha xronologik tarzda axborot tayyorlanardi. Keyingi paytlarda arxivchilar tarixiy sanalarga bagishlangan axborotlarda hujjatlardan kengrok foydalanish maqsadida qo`shimcha ma’lumotlar, fotosuratlar, hujjatlardan nusxa kuchirish bilan axborotni to’ldirishni yo’lga kuyildi.
Hujjatlarni va arxiv ishini ommalashtirishda jamoatchilik bilan o’tkazilayotgan uchrashuvlarning ahamiyati katta bo’lyapti. Urush va mexnat faxriylari, madaniyat xodimlari, ulkashunoslar, jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvlar ayniqsa maroqli bo’layotgani xarakterlidir. Bu uchrashuvlarda xokimliklar vaqillari katnashadilar va ular tomonidan tarixiy hujjatlar sharxlanadi. O’zbekistonning buguni va kelajagi haqida bu borada tuman. SHaxarda olib borilayotgan ishlar, yurtboshimizning aholini ijtimoiy himoyalash va O’zbekistonning ravnaki yo’lida sa’yi xarakatlari haqida fikrlashiladi. Bunday ishlarni o’tkazilishi samarali bo’lmoqda. Buni arxiv ishining tobora ommalashib borilayotganligidan uning o’quv zallari gavjum bo’layotganligidan bilsa bo’ladi. Filialning tumanlar va viloyat ro`znomalari bilan hamkorlikdagi faoliyati ham diqqatga sazovordir. Ro`znomalarda shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, ko’rilish tashkilotlari, xujaliklar mashxur kishilar, urush va mexnat faxriylari haqidagi xabar va maqolalar tez – tez kuzga tashlanib turadi. Filial tomonidan unitilmas sanalar buyicha tayyorlangan tematik reja asosida bevosita arxiv xodimlari ro`znomalar, radio va teleko’rsatuvlarda ishtirok etailar. Jamoatchilik asosida arxiv xodimlari tashabbusi bilan CHustda 1964 yilda tarix va o`lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi. CHust tarixiga doir yozilmalar, xotiralar va boshqa manbaalardan olingan materiallar davrlar, yillar bo`yicha sohalarga ajratildi. Birinchi bo’limga O’zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 10 yil davomida olib borilagn arxeologik qazilma ishlari paytida topilgan eksponatlar «CHust bronza davrida» degan bo’limga kuyildi28. Keyinig bo’limdan CHustning shurolar davrigacha bo’lgan davri haqidagi eksponatlar urin oldi. Sungra Vatan urushi yillari haqidagi eksponatlar joylashtirildi. «CHust ellik yilda» bo’limidagi eksponatlarda tuman va shaxarda xalq xujaligini rivojlantirish, maorif, madaniyat sohalari. Birinchi O’zbekiston xalq shoiri Sufizoda haqida hikoya qilinadi.
Filial ahlining hujjatlarini jamlash, saqlash va ularnishishlari ibratlidir.
Buni ularning mustaqillik yillaridagi faoliyatidan ham yakol ko’rsa bo’ladi:
muhim tarixiy kunlar takvimi tayyorlanib tashkillash va muassasalarga yuborildi.
«CHust haqiqati» ro`znomasi va radio eshittirishi tahririyati bilan kelishilgan holda Buyuk galabaning 50 yilligiga tayyorgarlik yuzasidan tadbir reja tayyorlandi;
Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda yubileyni o’tkazilish komissisiyasi tuzildi;
Vatan urushi katnashchilari haqida hikoya qiluvchi uchta plaat tuzildi;
Izlanish samarasi – aniqlangan fakt, Hujjatlar asosida CHust bog’ida ko’rgazma tayyorlandi.
Arxiv hujjatlari asosida «CHust tarixi» kitobi tayyorlanib 5 ming nusxada chop etildi.
1995 yil 5 avgustda CHust shaxar hokimligi tashabbusi bilan mamlakatimiz va uning tashqarisida yashab mehnat qilayotgan CHustning mashxur kishilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. SHu munosabat bilan arxiv xodimlari «CHust faxri» va «Hech narsa hech qachon unitilmaydi» degan ko’rgazma tashkil etdilar. CHust bog’ida namoyish etilgan ushbu ko’rgazma ko’pchilikka manzur bo’ldi.
Bundan shu davrda 10ta har xil mavzuli surovlar bajarildi. 145 ta ijtimoiy va huquqiy toifadagi, 6 ta tashabbuslar axborotlar bajarildi. Hujjatlar asosida radio eshittirishlar tashkil etildi. Arxiv zallari bo`ylab uchta eksko’rsiya uyushtirildi.
Filial xodimlarining uzoq izlanishlari, Vatan urushi haqidagi hujjatlar saqlanayotgan arxivlar bilan yozishmalari asosida shu kungacha «Bedarak yuqolganlar» ro’yxatida Nurpolvonov Maxmudjoning qabri aniqlandi. Ayniqsa «Onalar jasorati avlodlarga meros» ko’rgazmasi ko’pchilikda katta taasurot qoldirdi. Arxiv xodimlarining CHust tarix va ulkani o’rganish muzeyi xodimlari bilan hamkorlikda tayyorlanib CHust bog’ida namoyish etilgan bu ko’rgazmada CHustlik jangchilarning uruSH frontlarida ko’rsatgan jasoratlari, CHust xalqining qariyalar, xotin – qizlar, bolalarning front ortidagi mehnat jasoratlariga ham katta o`rin berilgan.
Buyuk galabaning yarim asrlik bayrami arafasida arxiv ma’muriyatiga Vatan urushi va frontga yordam bilan bog’lik narsalar bo`yicha ko’plab surovlar tushdi. 1994 – 1995 yillar davomida arxiv xodimlari 500 ga yaqin ana shunday surovlarga javob berdilar.
Bundan tashqari «1941 – 1945 Ulug Vatan urushi yillaridagi shavkatli mehnatkashlari uchun» medali bilan taqdirlanishi munosabati bilan murojaat qilgan 357 kishi surovlariga qoniqarli javob oldilar29. Albatta, o`z – o’zidan ma’lumki bunday katta hajmdagi ishlarni bajarish filial ahlidan katta matonat bilan ishlashni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |