Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi sektorlarda olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi sektorlarga o`tkazilish jarayonini ko`rsatishdan iborat. Uning o`ng tomonida olingan birlamchi daromadlar chap tomonida esa – mulkdan olingan daromadlarning to`lanishi va balanslashtiruvchi modda – birlamchi daromadlar qoldig’i keltiriladi.