3. Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirish Har bir korxona taraqqiyotga intiladi. Ular oldida yangi mahsulot ishlab chiqish yoki ishlab chiqarilayotganini takomillashtirish, yoxud har ikkala yunalishni birlashtirib olib borish vazifasi turadi. Taraqqiyot esa, o‘z navbatida, yangi buyumlar ishlab chiqishga mablag‘ qo‘yishni, sotuv bozorini shakllantirishni, tegishli texnik qudratini yaratishni moddiy boyliklar etkazib beruvchini qidirib topishni talab etadi. Har bir ko‘rib chiqiladigan variant darajasiga reallashtirish bosqichidayok hisob-kitob qilish zarur bo‘lgan muayyan xarajatlar to‘g‘ri keladi. Xarajatlarni rejalashtirish xarajatlar tarkibi va ularning sifat bahosini aniqdashdan iborat. U ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan zaxiralarning (moddiy, mehnat, pul) umumiy qiymatini va intilayotgan
foyda hisob-kitobini aniqlik uchun amalga oshiradi.
Rejalashtirish chog‘ida quyidagi vaziflar hal qilinadi:
ishlab chiqdrishga ketgan xarajatlarning umumiy hajmini aniqlash;
mahsulot xar bir turini ishlab chiqarish tannarxini hisoblash;
Xarajatlarning rejali hajmini mahsulotning ko‘zda tutilgan tuzilmasi (nomenklatura va assortmenti) va uni ishlab chiqarish hajmidan kelib chiqdan holda hisoblab chiqadilar. Yuqorida tilga olingan vazifalar texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar yo‘li bilan hal etiladi, mehnat normativlari va ishlab chiqarish jarayonining texnik xujjatlar bilan kayd etilgan boshqa parametrlari (o‘lchovlari) dan foydalaniladilar. Bundan tashqari, ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlari: mehnatga haq to‘lash tizimlari, zaxiralar narxlari, to‘lovlarning normativlari va hq e’tiborga olinadi.
Xujjatlar tarkibi va hajmini aniqlash iqtisodiydan ko‘ra ko‘prok texnik-iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Korxonadagi chiqimlar darajasi ishlab chiqarish muxandislik kadrlari va tashkilotchilarining mahorati va ijodiy kudratiga, xarajatlarni korxona faoliyat turlariga mahsulot birliklariga, ishlab chiqarish bo‘linmalari va boshqa ob’ektlarga to‘g‘rilash esa iqtisodchilarning malakasiga bog‘liq bo‘ladi.
Chiqimlarning dastlabki baholash zararli mahsulot ishlab chiqarishning oldini olishi mumkin. Bu baholashni quyidagilar asosida amalga oshirish mumkin:
ishlab chiqarish xajmlarining aniq belgilanishi (tegishli xarajatlarning ko‘p
variantli vazifa va hisob-kitoblarini ko‘zda tutgan ma’qul);
buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi;
materiallarni almashtirish variantlari;
materiallar narxi va boshqa korxonalar xizmatlarining tarifi;
-xarajatlar va sifat ko‘rsatkichlarini rakobatlashuvchi korxonalar erishgam
xarajatlar va ko‘rsatkichlar bilan takkoslash uchun ularni tashkil etuvchi chiqimlar va sifat
ko‘rsatkichlariga bulib tashlash.
Dastlabki baholash buyumni bugndan keyin zamonaviylashtirish zaruriyatini kursatib beradi. Ueoq shiddatli (istiqboldagi) rejalarni ishlab chiqish chog‘ida ko‘zda tutiladigan baholash yangi asbob-uskunalarga ketgan xarajatlarni va asosiy kapitallarni boshqa unsurlarini hisobga olish kerak Dastlabki xarajatlar hisob-kitobiga buyum va marketing tadkikotlarini ishlab chiqish bosqichida kirishmok lozim, chunki aynan konstruktsiyalash, texnologiyani ishlab chiqish, bozor sig‘imini aniqlash davomida xarajatlar darajasiga asos qo‘yiladi, daromadlarni rejalashtirish va ishlab chiqarish chiqimlari ustidan nazorat boshlanadi. Normativ va haqiqiy xarajatlar hisoblab chiqilgandan keyin ular o‘rtasidagi tafovutni baholash va uning nimadan kelib chiqkanini aniqlash mumkin: bevosita xarajatlar, qo‘shimcha sarflarni turli xajmlari bilan; ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar sotib olish o‘rtasidagi tanlov bilan; Sifatini ta’minlashga ketgan xarajatlar bilan; andozali me’yorlar o‘zgarishlari bilanmi; ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori bilanmi; talab, narx ta’siri yoki boshqa omillar bilanmi.
Malakali dastlabki baholash qimmat turuvchi, norentabel unsurlarni ishlab chiqarish jarayonidan chiqarib tashlashga imkon beradi. Oxirgi xarajatlarni baholash chog‘ida andozali buyum tayyorlashga kerak barcha ehtimol tutilgan sarflarni hisobga olish zarur. Chunki yangi buyum buyum chiqarish qo‘shimcha katta moddiy, mehnat va qo‘shimcha sarflarni talab etadi, xarajatlardan allaqachon o‘zlashtirilgan mahsulotning ana shunday turlariga ogishni aniqlash kerak bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida buyumga yul kuyiladigan xarajatlar hajmini bozor narxi aytib beradi, uning asosini ana shunday mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona raqobatchilarining xarajatlari tashkil etadi. Buyum ishlab chiqarish va sotishga korxonaning yul quyiladigan xarajatlarini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mukin:
Zo= bunda: Zo - mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ketgan yul kuyiladigan umumiy xarajatlar;
Ts - buyumning bozor narxi;
Kr - buyum rentabelliligin'i foydaning tannarxga nisbatan hisob-kitob qilish koeffitsienti.
Korxona sotishdan foyda olmasdan mahsulot ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilganda hamda rentabellilik koeffitsienti birga (Kr=1) bo‘lishi kerak Ishlab chiqaruvchi korxona uchun yul kuyiladigan xarajatlar umumiy hajmining yuqori chegarasi bu holda buyumning bozor narxi hisoblanadi. Buyum bo‘yicha taxminiy moddiy xarajatlarni buyumlar va sotib olingan yarim tayyor mahsulotlarni tashkil etuvchi materiallarning sarflari va bozor narxlari me’yoridan kelib chiqkan holda konstruktorlik-texnologik xarajatlar bo‘yicha mana bunday formula yordamida hisoblashish chiqish mumkin:
Zm=Ts x Km
bunda: Zm - taxminiy moddiy xarajat;
Ts- moddiy zaxiralarning bozor narxi;
Km - moddiy xarajatlarning sarf me’yori.
Ishchilarning asosiy ish haqiga ketadigan taxminiy xarajatlarni ishchilarning asosiy ish haqiga tijorat sarflari, qo‘shimcha bilvosita sarflar va ustama ish haqining joriy reja bilan belgilangan ulushini kushib turib belgilash mumkin (qo‘shimcha sarflarni hisobdan chiqarishning sistemali stavkasi).
Agar buyum bo‘yicha taxminiy xarajatlar hajmi ular bo‘yicha kutilgan daromad (kirim)dan oshib ketsa, bu buyum iqtisodiy jihatdan raqobatbardosh emasligi haqida xabar beruvchi signal hisoblanadi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun shoshilinch choralar ko‘rish kerak Xarajatlarning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq darajasini oshirish sabablarini buyum konstruktsiyasining nomukamalligida, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob uslublari va xarajatlar ustidan nazoratni eskirganligidan qidirmok joiz, ular zaxiralar alohida turlariga ketgan katta sarflarni qoplashga qodir emas.
Mahsulot alohida turlari tannarxini rejalashtirish xomashyo va materiallar, texnologik maksadlarda ishlatiladigan yonilg‘i va energiya, mehnat xarajatlari va tarif stavkalari kabi ishlab chiqarish zahiralari sarflarini ilgor normativlaridan foyda olganligini ko‘zda tutadi. Jumladan, bilvosita umumishlab chiqarish, umumxo‘jalik va tijorat sarflari normativlari ham zarur.
Mahsulot birlikning rejasi to‘liq tannarxi bevosita va bilvosita xarajatlarini quyidagi formula bo‘yicha umumlashtiradi.
Sp - buyumning terlik rejali tannarxi M - materiallar va tashkil
etuvchilarga ketgan bevosita xarajatlar, sum.
Zo - asosiy ish haqi, sum. Zd - qo‘shimcha ish haqi, summ K1 - umumishlab chiqarish sarflari, %;
K2 - umumtexnologik sarflari, %; Kz - tijorat sarflari %; d - ishchilarga qo‘shimcha ish haqi va mukofotlar foizi; V - ijtimoiy extiyojlarga chegirmalar foizi.
Mahsulot tannarxi rejasini ishlab chiqishda texnik tashkiliy va boshqa omillar hisobiga ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish zahiralarining aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mahsulot tannarxini kamaytirishni rejalashtirish hisob-kitobning aniqlash va yiriklashtirilgan uslublari yordamida amalga oshirishi mumkin. Aniqlangan hisob-kitoblar mahsulot birligini rejasi tannarxi ko‘rsatkichlarini taqqoslashga asoslanadi. bunda S1 - mahsulot birligining bazasi tannarxi;
Sg - mahsulot birligining rejalashtiriladigan tannarxi;
P - mahsulot ishlab chiqishning yillik hajmi.
Chet el amaliyotida mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan turli chshchimdan aniqlanish asosiy usuli normativ usulidir. Ilgor oidlikka nominatsiyalarida normativ xarajatlar iqtisodiy zaxiralarning haqikiy xarajatlari takkoslanadigan materiallar hisoblanadi. Shu bois barcha normativ sarflar u erda ish bajarishning samarali uslub va shartlarini aks ettiradi va mahsulot bo‘lishiga ishlab chiqarish chiqimlarini rejalashtirishning asosi bulib xizmat qiladi. Umumiy kurinishda ishlab chiqarish chiqimlari materiallari, mehnat va ustini sarflar normativ xarajatlarni summasini namoyon etadi.
Normativ ustama sarflar normativ bevosita mehnat xarajatlardan foizlarda ifoda etiladi. Normativ mehnat xarajatlaridan ishchi kuchi xarajatlari rejalashtirish uchun foydalaniladi, ularning kattaligi quyidagi formula bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
ZRS=TZxChs;
bunda ZRS - ishchi kuchining rejalashtiriladigan xarajatlari;
Chs - mehnatga haq to‘lash soatbay stavkalari (mukofotlarsiz).