Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish



Download 13,39 Mb.
bet160/296
Sana30.01.2022
Hajmi13,39 Mb.
#419232
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296
Bog'liq
2 5208518350371555533

2. Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish
Hozirgi zamon sharoitida korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish ichki xo‘jalik rejalashtirishining eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish dasturi ishlab chiqarish va mahsulot sotishning yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talab kilgan sifat va muddatni tavfsiflovchi kengrejani o‘zida namoyon etadi. Iqtisodchilar bilan tuzilgan shartnomalari buyurtmalarning mavjud portfeli va tovarlarga bo‘lgan mavjud extiyoj, shuningdek talabning joriy qonunlari va mahsulotga, ishlarga va xizmatlarga bo‘lgan takliflar korxona ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqishda turli uslublar: darajali taxminlash, rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulotlar va boshqalarni diversifikatsiyalash (ko‘p tarmoqlarga aylantirish) qo‘llanilishi mumkin
Darajali taxminlash sotishlar va foydaning kutilgan hajmini uch nuqta: maksimal, ehtimol, minimal nuktalari bo‘yicha oldindan to‘liq jarayonini namoyon etadi.
1) rejali muqobillar miqdori oshishiga va ehtimol tutilgan salbiy oqibatlarga
tayyorlanishga yordam beradi;
2) ko‘rsatmalar real ahamiyatini namoyon etadi, bu chala asoslangan loyihalar
tuzishdan chetlab utishga imkon tugdiradi;
3) erta ogoxlantirish yoki vaziyatli rejalar tizimini ishlab chiqishga imkon beradi,
bu korxona faoliyatining rejaviy va haqikiy ko‘rsatkichlari pasayishini oldini oladi.
Vaziyatli rejalashtirish rejalashtirishning ancha samarali uslubi hisoblanib, quyidagi tartibda bajariladi:
1) muhitning korxona faoliyatining rejalanadigan natijalariga ta’sir kiluvchi
asosiy omillarni belgilaydi. Ko‘rsatkichlarni tanlash uchun mezonlar sifatida ishlab
chiqarishga extimolli ta’sirot mikyoslari bilan birga jarayonining yuzaga kelishi
extimolligidan foydalaniladi;
2) rejalanadigan natijaga ishlab chiqarish omillari yalpi ta’siroti tizimining eng
ehtimol tutilgan taxminidan kelib chiquvchi me’yoriy rejasi tuziladi. U butun tashkilot
ishlab chiqarish faoliyatining majmui keng qamrovli rejasining bosh tarkibiy qismiga
aylanadi;

  1. har bir mahsulot uchun enu extimolli vaziyatdan farq kiluvchi bir qancha
    belgilovchi yoki asosiy taxminlar tanlab olinadi va mustakdl reja tuziladi.. Taxmin sifatida nafaqat eng yomon variantlar qabul qilinishi mumkin,
    balki turli tasodiflar ko‘zda tutilgan bo‘lishi shart. Vaziyatli reja miridan-sirigacha
    ishlab chiqilmaydi. U xar bir ijrochi u yoki bu vaziyatda nima qilishi kerak va ular
    boshlanganda kanday okibatlarni kutish mumkinligini oldindan yozib kuyadi;

  1. joriy ishlab chiqarish faoliyati jarayonida mavjud rejaga utish vaziyati
    belgilanadi, harakatlarning maromidagi rejasidan kutilmagan xrlatlar kelib chiqkanda
    ko‘zda tutilgan vaziyatli rejaga utish nuktasi yoki vaqti aniqlanadi.

Vaziyatli rejalashtirish korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishdagi xususiyatida ham bir kancha qulayliklar tug‘diradi. Rejalarning ishtirokchilari va rahbarlari. oldindan rejalashtirib kuyilgan noqulay vaziyatda tez harakat qilish ehtimoliga ega bo‘ladilar, masalan, tovarga talab o‘zgarganda uni ishlab chiqarishni qisqartirishning vaziyatli rejasi amal qila boshlaydi.
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, odatda, uch bosqichda amalga oshiriladi:
1) butun korxoona uchun yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish;
2) reja davriga ustuvor maksadlarni belgilash yoki aniqlash;
3) ishlab chiqarish yillik rejani korxonaning alohida tuzilmasi bo‘linmalari yoki
ishtirokchilar bo‘yicha taqsimlash.
Quyidan yuqoriga rejalashtirish shuni anglatadiki, ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida korxona tuzilmaviy bo‘linmalari da va funktsional xizmatlarda tuziladi.
Yukoridan kuyiga rejalashtirilganda rejalar umuman korxona darajasida ishlab chiqiladi va tuzilmaviy bo‘linmalar uchun tezkor rejalashtirish asosi bulib xizmat qiladi. Takrorli rejalashtrish korxona oliy rahbariyati bilan barcha tezkor bo‘linmalar va funktsional xizmatlar o‘rtasidagi o‘zviy o‘zaro hamkorlikni ko‘zda tutadi. Yillik ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqarishda eng ko‘p miqdordagi mushtarak daromadni, yuksak moliyaviy barqarorlikni va korxona to‘lov kobiliyatini ta’minlaydi. Bu rejaga eng raqobatbardosh va yuksak darajadagi tovarlarni tanlab olish va kiritishni ko‘zda tutadi. amerika korporatsiyalarida buning uchun turt asosiy tovar tanlab olinadi.
Yulduz bozorda rahnamolik holatini egallaydi (yuksak ulush va tez o‘sish). U anchagina foyda keltiradi. Biroq davom etayotgan o‘sishni moliya bilan ta’minlash uchun turli zahiralarning katta xajmini talab etadi.Shuni ta’kidlash joizki, mazkur matritsa xar taraflama emas, shu munosabat bilan amaliy faoliyatda korxonalar BKT modelining andozali strategiyasidan fark kiluvchi turli-tuman variantlardan tanlab-tanlab foydalanishlari mumkin. Masalan, yapon firmalarida mahsulotlarning uncha katta bo‘lmagan assortimenti ishlab chiqarilgan holda tovarlar o‘rtasidagi tafovut uncha katta emas, so‘nngi ikkalasining samaradorligi esa xar doim ham past emasIkkinchidan, korxonada boshqa mahsulotlar chiqarishni qo‘llab-quvvatlovchi o‘z ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining markaziy tayanchi sifatida «yulduz» guruhi tovarlari bo‘lishi kerak
Ko‘p mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarida korxonalar to‘liq sektorli va yana ham kengrok matritsalardan foydalana oladilar, bo‘lar «samara - ishlab chiqarish» xilidagi buyurtmalar portfeli shakllanishidan hosil bo‘lgan matritsalardir.
Ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayonida samarali rejaviy echimlar qabul
qilish zaruriyati tug‘iladi. Samarali echim deganda ma’lum sharoitlarda ishlab
chiqarishning eng kichik chiqimlari bilan eng katta natijalarga erishish tushuniladi.
Bunday holda mutaxassislarning iqtisodiy vazifalar bilan ish olib borishlariga to‘g‘ri keladi, matematiklar buni ekstremal vazifalar deb atashadi. Har qanday foydali qaror (echim) ni topish uchun, birinchidan, foydalilik mezonini tanlash va, ikkinchidan, zaxiralarning mavjud cheklovchilarini belgilash zaruriy qulaylik hisoblanadi. Ishlab chiqilgan ishlab chiqarish dasturi eng yukori daromadi mavjud ishlab chiqarish kuvvatlariga mos kelganda va korxona barcha ishchi o‘rinlari va xodimlar to‘liqligini ta’minlagandagina eng ko‘p samara beradi. Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish mahsulot sotish rejasini tuzishdan boshlanadi. Unda, odatda, xar bir tur mahsulot, shuningdek tashkilot xo‘jalik faoliyatining bo‘lajak davrida amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlar sifati ko‘rsatiladi. Bir maromda mahsulot etkazib berilgan chog‘da rejali muddatga sotishlar xajmni vaqt davriga mahsulotning o‘rtacha bir kunlik chiqishini amalga oshirishni sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlash mumkin.
Pp = Vs x Tp;
Bunda Pp - mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi;
Vs - tovarlarni o‘rtacha bir kunda chiqarish (sotish);
Tp - sotishning rejalashtiriladigan davri (kun, oy, kvartal, yil).
Mavsumiy tebranishlarga maxkum etilgan notekis va beqaror ishlab chiqarishda sotishlar rejasi o dat da xar oyga tuziladi. Korxona mahsulot sotishning yillik rejasiga tovarlar va ishlarning quyidagi turlari kiritiladi: ichki bozorda mahsulot sotish hajmi, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mollar hajmi, tovarlarning eksportga junatish kattaligi, tayyor mahsulot zahiralari nomativlari, ishlab chiqarishga muljallangan ishlar va xiz­matlar miqdori Sotishlar hajmi ham mahsulot ko‘rinishida, ham qiymat ifodasida rejalashtiriladi. Sotishlar yyllik hajmini rejalashtirish chog‘ida ishlab chiqaruvchilar xo‘jalik shartnomalari tuzish paytida tovarlar va xizmatlarga haq to‘lashning o‘zlari uchun qulay shartlarini ko‘zda tutmoklari kerak: Yuklab junatish vaqti bo‘yicha (etkazib berish sanashga); kreditga (belgilangan muddatga); avans bilan (dastlabki ish haqi). Bunda sotish narxlarini tushirish, inflyatsiya darajasi, mahsulot muomalasi boskichidagi zararlar, mijozlarning tulolmaydigan qarzlari Sotishlar (savdo) rejasi asosiy strategik va tezkor xujjat hisoblanadi. Uning yordamida ishlab chiqarish korxonasi umumiy rejalashtirishdan joriy (reja) yilida mahsulot ishlab chiqarish va etkazib berishni ko‘zda tutuvchi adresli bitim-rejalar tuzishni bajaradi. Sotishlar rejasi va mahsulot ishlab chiqarish o‘zaro o‘zviy bog‘liqdir. Bozor sharoitlarida sotishlarning iste’molchilar buyurtmalari portfeli asosida tuzilgan reja tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish xajmlari rejalashtirishga ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi marketingi tadkiqotlari natijalarini korxona ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan taqqoslash asosida ishlab chiqiladi. Sotishlar hajmi kabi ishlab chiqarish hajmi ham nomenklatura nuktai nazaridan davrlar bo‘yicha taxmin qilinadi: birinchi yili - kvartallar bo‘yicha (zarurat tugilganda - oylar bo‘yicha); ; ikkinchi yili - yarim yilliklar bo‘yicha; keyingi yillarda - umuman bir yilga.
Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish davomida ishlab chiqarish reja ko‘rsatkichlari asosida zahiralardan extiyot xajmlari, shuningdek ularning asosiy etkazib beruvchilar belgilanadi. Nakd va talab etiladigan zahiralar kiyosi iqtisodchi va menejerlar ishlab chiqarish zahiralari xarakati kerakli xajmlarda kurib chiqiladigan davr mobaynida haqikatan ham ta’minlanishi mumkinligiga ishonch xosil qilishlari uchun shkon beradi. Ishlab chiqarish zaxiralalarida iste’molchilar hisob-kitoblarini quyidagi ko‘rinishlarda rasmiylashtirishni taklif etamiz. Mehnat, umumishlab chiqarish, boshqaruv va tijorat sarflaridagi talab ham xuddi shu tarzda aniqlanadi. Keyin o‘tkazilgan hisob-kitoblar asosida investitsiyalar - asosiy vositalarni sotib olish va aylanma kapital usishiga bo‘lgan umumiy talab aniqlanadi. Alohida rejalar ishlab chiqishning o‘zaro damkorlik va izchillikni quyidagi shakl yordamida ko‘rsatish mumkin. Korxona ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, odatdagidek ishlab chiqarish chiqimlari va ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi hisob kitoblari bilan nihoyasiga etadi.

Download 13,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish