Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot fakulteti Mustaqil ish Mavzu: Ko`xna Bobil iqtisodiy qarashlari. Xammurapi qonunlari Fan nomi: Iqtisodiy ta`limotlar tarixi Bajardi: Sattorov Farrux Ko`hna Bobil iqtisodiy qarashlari



Download 145,77 Kb.
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi145,77 Kb.
#455365
  1   2
Bog'liq
Sattorov Farrux



Termiz Davlat Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti



Mustaqil ish


Mavzu: Ko`xna Bobil iqtisodiy qarashlari .
Xammurapi qonunlari

Fan nomi: Iqtisodiy ta`limotlar tarixi


Bajardi: Sattorov Farrux
Ko`hna Bobil iqtisodiy qarashlari

Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo`lgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari koproq tovar ayirboshlashga jalb qilingan. Ularning ba‘zilari sudxo`rlar to`riga ilinib, xonavayron bo`ldi va qullarga aylandi. To`la huquqli bo`lmagan (qaram) kishilar qatlami ancha ko`payib bordi. Harbiylar va soliq to`lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo`rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarning davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo`li bilan hal qilishga uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtayi nazaridan Eshnun Podshohi qonunlari (m.av. 20 XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.av. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor. Eshnun qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat‘iy baho o`rnatishdan boshlanadi: ―1 gur (o`lchov birligi, ba‘zi ma‘lumotlarda 300, ba‘zilarda esa – 252,6 l. ga teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) kumushga …, 3 ka (1 ka 0,84 l. ga teng) birinchi sortli yog` (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba‘zi ma‘lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut yog`i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga …‖ va boshqalar ko`rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog`, teri, tuz, mis va boshqalarning kumushdagi o`rnatilgan narxi (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo`lsin); ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog`ning arpadagi narxi ko`rsatilgan. Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo`lgan. Buning ustiga ushbu ekvivalentlar o`rtasida qat‘iy muvofiqlik o`rnatilgan. Birinchi navbatda, arpaning kumushda ifodalangan narxining ko`rsatilishi tasodifiy emas. Qat‘iy narxning o`rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdori, foiz me‘yorini, tarbiya uchun to`lov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz Me‘yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o`tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X– VIII asr m.av.) sudxo`rlik foiz me‘yori tez-tez 100 % gacha ko`tarilib turgan. Eski Bobildagi uncha ko`p bo`lmagan foiz me‘yori davlatning nafaqat mamlakat xo`jaligi hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo`lgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o`ynagan. Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo`yicha 282 moddani o`z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xo`jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxo`rlik va ishga yollash masalalari ko`rib chiqilgan. Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda “kuchlilar kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”. Bunda asosiy e‘tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan.


Xammurapi


Download 145,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish