Termiz davlat universiteti fuqarolik jamiyati


mehnat qilishning ixtiyoriyligi



Download 1,34 Mb.
bet11/132
Sana19.05.2023
Hajmi1,34 Mb.
#941384
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132
Bog'liq
Мехнат ҳуқуқ мажмуа(3)

mehnat qilishning ixtiyoriyligi;

  • ish bilan ta’minlash sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash;

  • ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish beruvchilarni rag‘batlantirish;

  • ish bilan ta’minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ij­timoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirish;

  • aholini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushmalari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish;

  • aholini ish bilan ta’minlash muammolarini hal qilishda dav-latlararo hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish (mazkur qonunning 5 - moddasi).

    Ana shu tamoyillarga muvofiq fuqarolarning mehnat qilish huquqi kafolatlari qonunchilikda o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra davlat:

    • ish bilan ta’minlash turini, shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini;

    • mos keladigan ishni tanlashda va ishga joylashishda bepul yordam berish;

    • har kimga kasb va ishga ega bo‘lishida, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish shart-sharoitlarida, mehnatga haq to‘lashda, xizmat pog‘onasidan yuqorilab borishda keng imkoniyatlar yaratish va boshqa qator huquqlar kafolatlanadi.

    Ta’kidlash joizki, mehnat qonunchiligida aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirish borasida qo‘shimcha kafolatlar ham belgilangan. Unga muvofiq davlat:

    • ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishga qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan 14 yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga;

    • ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga;

    • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, Ichki ishlar vazirligi, Milliy havfsizlik xizmati, davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita va Favqulodda holatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilganlarga;

    • nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;

    • jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo‘sinda majburlov choralariga tortilgan shaxslarga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.

    Mazkur qonunda ta’kidlanishicha, bunday kafolatlar qo‘shimcha ish joylari, ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o‘rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish, korxona, muassasa va tashkilotlarga mazkur toifadagi fuqarolarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa choralarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.
    Qonunda ko‘rsatilgan ana shu toifaga ta’lluqli fuqarolarni ish bilan ta’minlashga doir masalalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil I dekabrdagi 504-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishga qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘risida"gi nizom bi­lan tartibga solinadi.
    Mazkur nizomda ta’kidlanishicha, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun har bir korxonada ish joylarining eng kam miqdorining belgilanishi xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga nisbatan kor­xonada ishga joylashtirilishi lozim bo‘lgan ana shu toifa shaxslarning eng kam miqdorini aniqlashni anglatadi.
    Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarining eng kam miqdorini belgilash yoki ishlarning (kasblar) ayrim turlarini band qilib qo‘yish joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. "Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish joylarini yaratish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari chiqargan qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilardan har bir yaratilmagan ish joyi uchun xodimning yillik o‘rtacha ish haqi miqdorida jarima undiriladi. Ilgari talabnoma berilgan o‘rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta’lim olgan, shuningdek kasb tayyorgarligini olishga va qayta tayyorgarlik qo‘rishga, malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishdan bosh tortganlik uchun ham xuddi shu miqdorda jarima undiriladi. Undirib olingan mablag‘lar ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasini to‘ldirish uchun o‘tkaziladi.
    Ish beruvchilarning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun belgilangan eng kam miqdoridan ortiq qo‘shimcha ish joylarini yaratish, shuningdek bunday shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ma­lakasini oshirish maqsadida qilgan sarf-harajatlari mahalliy byud­jet mablag‘lari, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
    Ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning ish joylarini qisqartirish yoki tugatish mahalliy mehnat organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda amal­ga oshiriladi.
    Qonunning 8-moddasiga muvofiq Qurolli Kuchlardan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy havfsizlik xizmati va Favqulodda holatlar vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan shaxslar ham ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar toifasiga kiritilgani sababli ishga joylashtirishga oid kafolatlar ularga ham ta’lluqlidir. Birinchidan, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim zahiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqanidan keyin uzog‘i bilan uch oy ichida ishga joylashish masalasida ish beruvchiga murojaat etgan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga joylashish huquqiga ega.
    Ikkinchidan, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zahiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqqan xodim harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kunidan boshlab uch oydan ortiq vaqt o‘tmagan bo‘lsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytib kelish huquqiga ega. Bunday kafolatlar muqobil xizmatga chaqirilgan xodimlarga ham ta’luqli. Bu toifa shaxslarni ishga joylashtirish masalasi korxona tomonidan amalga oshiriladi.
    Korxona tugatilgan bo‘lsa, bu shaxslarni ishga joylashtirish uning huquqiy vorisi, bunday voris bo‘lmasa, mahalliy mehnat organi tomonidan amalga oshiriladi. Xodimlarga ushbu kafolatlarni berish imkoniyati bo‘lmasa, mahalliy mehnat organi orqali ishga joylashtirish, zarur hollarda esa kasb bo‘yicha ularni bepul o‘qitish ta’minlanadi.
    Ma’lumki, jamiyatimizda davlat va jamoat ishlarini boshqarishda fuqarolar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Mehnat qonunchiligida ularning mehnatga oid munosabatlarda tengligini ta’minlash maqsadida davlat va jamoat organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlar uchun alohida kafolatlar belgilangan. Bu kafolatlarning mazmuni shundan iboratki, davlat organlaridagi yoki xodimlarning vakillik organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlar ana shu lavozimdagi vakolatlari tugagani tufayli ishdan ozod qilinganda, avvalgi ishi (lavozimi) qaytib berilishi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lma­sa, avvalgisiga teng ish (lavozim) bilan ta’minlanishi lozim (qonunning 9-moddasi).

    Download 1,34 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   132




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish