Mehnat shartnomasining tushunchasi Hozirgi zamon xо‘jalikni yuritish sharoitida mehnat shartnomasining tushunchasi va axamiyati. Mehnat shartnomasining Fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi shartnomadan farqi. Mehnat shartnomasining mazmuni va tomonlari, qonunlarda kо‘zda tutilgan holatlar. Tuzuvchilar tomonidan aniqlanadigan mehnat shartnomasi sharoitlari. Mehnat shartnomasining shakli va muddati. Mehnat shartnomasini tuzish, ishga qabul qilishda yuridik kafolatlar, ishga qabul qilish uchun zaruriy hujjatlar, ishga qabul qilishda sinov. Yozma xoldagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli. Mehnat shartnomasini о‘zgartirish. Ishga qabul kiluvchi xodimning roziligisiz mehnat sharoitini о‘zgartirish huquqi. Xodimning mehnat sharoitini о‘zgartirish huquqi. Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi tо‘g‘risida yuriknoma. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari. Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini о‘zgartirish. Ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish. Mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi. Xodimning ishdan bо‘shatilishi tо‘g‘risida kasaba uyushmasi kо‘mitasi yoki boshqa vakillik organi bilan kelishuv. Xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini о‘zgartirish. Korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil etilgan, idoraviy bо‘ysinuvi о‘zgargan xollarda mehnat shartnomasi amal qilishining davom etishi. Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish. Mavsumiy va muvakkat xodimlarni ishdan bо‘shatishning aloxida xususiyatlari. Mehnat shartnomasini taraflar ixtiyori bilan boglik bо‘lmagan holatlar bо‘yicha bekor qilish. Ba’zi toifa xodimlarni ishdan bо‘shatishning aloxida xususiyatlari. Boshqa ishga о‘tkazish tushunchasi vaturlari, ish beruvchining yoki xodimning tashabbusi bilan boshqa ishga о‘tkazish. Doimiy ish, vaqtincha boshqa ishga о‘tish. Mehnat shartnomasini о‘zgartirish, rasmiylashtirish. Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish tartibi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli ish xakini ish beruvchi tomonidan tо‘lash shartlari. Ishdan bо‘shatishni rasmiylashtirish va xisob-kitob qilish tartibi. Ishdan bо‘shatishning huquqiy oqibatlari. Ishdan chetlashtirish. Ishdan bо‘shatishda xodimlar uchun belgilangan yuridik kafolatlar. Ishdan chetlashtirish. Mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingani yoki xodim g‘ayriqonuniy boshqa ishga о‘tkazganlik uchun ish beruvchining javobgarligi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining Qarori. 17.04.1998 y. 12-son. (Mazkur Qarorga quyidagilarga muvofik о‘zgartirishlar kiritilgan: О‘zR OS Plenumining 14.06.2002 y. 11-son, 25.10.2002 y. 28-son, 19.12.2003 y. 20-son, 24.09.2004 y. 15-son Qarori). Majburiy mehnat tо‘g‘risidagi Konvensiya 1930 yil., Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan Tavsiyalar (Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son Qaroriga 1,2 ilovalar).
Mehnat shartnomasi xodim bilan ish beruvchi о‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bо‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bо‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek mehnat tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bо‘lib hisoblanadilar.
Mehnat shartnomasini tuzish haqidagi kelishuvdan oldin qо‘shimcha holatlar (tanlovdan о‘tish, lavozimga saylanish va boshqalar) bо‘lishi mumkin.
Xodim о‘rindoshlik asosida ishlash tо‘g‘risida, basharti bu qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bо‘lsa, mehnat shartnomalari tuzishi mumkin.