8-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish
Reja
О‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish qonuniga kо‘ra mehnat muhofazasini tashkil etish
Mehnatni muhofaza qilishning maxsus normalari
О‘zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish qonuniga kо‘ra mehnat muhofazasini tashkil etish
О‘zRning «Mehnatni muhofaza qilish haqida»gi qonuni va uning amal qilish sohasi. Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi. Xodimning mehnatini muhofaza qilish huquqini amalga oshirish kafolatlari. Mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashning tashkiliy-huquqiy shakllari, muhofaza qilish normalari, qonunga va yо‘riknomalariga rioya qilish majburiyatlari. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi.
Mehnatni muhofaza qilishnima’naviy ta’minlash. Ishlab chiqarish bilan bog‘lik baxtsiz hodisalarni hisobga olish va tekshirish. Xodimning о‘z xayoti va sog‘ligiga taxdid solayotgan ishni bajarishni rad etish huquqi. Ayollar mehnatini muhofaza qilish meyorlari. Tungi ishlarda, ish vaqtidan tashqari vaktlarda ayollar mehnatini qо‘llashni cheklash. Ogir, zararli, yer osti ishlarida ayollar ishlashining ta’qiqlanishi. Homilador onalarning mehnatini muhofaza qilish bо‘yicha maxsus meyorlar. Yoshlar mehnatini muhofaza qilish. Yosh xodim uchun ish meyori. Mehnat qobiliyati past shaxslar yoki nafaqaxо‘rlar mehnatini muhofaza qilish. Mehnatni muhofaza qilish holati ustidan nazorat. Mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonunlarning va boshqa hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish talabini bajarmaganlik uchun ish beruvchining javobgarligi.
Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni chiqarganlik uchun korxonaning iqtisodiy javobgarligi.
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bо‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish talablari MK, mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi.
Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bо‘ladi.
Xodim mehnatni muhofaza qilish normalariga, qoida va yо‘riqnomalariga, shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayeti va sog‘lig‘iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish jarayenida yeki u bilan bog‘liq holda sodir bо‘lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida о‘zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, uchastka boshlig‘i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga о‘tkazishda xodimni mehnat sharoitlari tо‘g‘risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog‘liq holda unga beriladigan imtiyez va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari
haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yeki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart.
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishni tashkil qilishi shart:
о‘n sakkiz yoshga tо‘lmaganlar;
oltmish yeshga tо‘lgan erkaklar, ellik besh yeshga tо‘lgan ayollar;
nogironlar;
mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bо‘lganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bо‘lganlar;
umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yeki tarbiya berish bilan mashg‘ul bо‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.
Mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayetganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy kо‘rikdan о‘tilishi lozim bо‘lgan boshqa ishlarning rо‘yxati va ularni о‘tkazish tartibi О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida kо‘rsatilgan xodimlar tibbiy kо‘riklardan о‘tishdan bо‘yin tovlashga haqli emaslar. Tibbiy kо‘rikdan о‘tishdan yeki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bо‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qо‘ymaslikka haqlidir.
Xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga tо‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Agar xodim о‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yemonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishni talab qilishga haqlidir.
Tibbiy kо‘riklardan о‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bо‘lmaydilar.
Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yeng‘in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yо‘l-yо‘riqlar berish hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha о‘qishlarini ta’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
Mehnatni muhofaza qilish bо‘yicha о‘quvdan, yо‘l-yо‘riqdan о‘tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qо‘yish taqiqlanadi.
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini о‘tkazish uchun belgilangan tartibda mablag‘lar va zarur materiallar ajratiladi. Bu mablag‘ va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash man etiladi. Mazkur mablag‘ va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bо‘lsa, - ish beruvchi va kasaba uyushmasi qо‘mitasi yeki xodimlarning boshqa vakillik organi о‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnatni muhofaza qilishga mо‘ljallangan mablag‘lardan foydalanilishini tekshirib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |