ishsizlik nafaqasining to‘lanishi; mehnat organlarining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davr umumiy mehnat stajiga qo‘shilishi; ishsiz shaxslarga, qaramog‘idagilarni hisobga olgan xolda, moddiy yordam berilishi; xaq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatini yaratish; mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash uchun ixtiyoriy ravishda boshqa erga ko‘chish bilan bog‘liq harajatlarning qoplanishi. Qaramog‘ida uchtagacha kishi bo‘lgan 35 yoshga to‘lmagan ishsiz erkaklarga ishsizlik nafaqasi ular haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan taqdirdagina tayinlanadi. Jamoat ishlarida ishtirok etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Mehnat kodeksining 89, 98, 100-moddasining 1,2,6-bandlarida va 106-moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha mehnat shartnomasi bekor qilingan ishsiz shaxslarga uch oy mobaynida maqbul keladigan ish topib berilmagan bo‘lsa, kodeksning 67-moddasiga muvofiq ularga shu muddat tugagandan keyin birinchi kunidan boshlab ishsizlik nafaqasi to‘lanadi. Buning uchun ular mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyingi un kun muddat ichida mehnat organlarida ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart. Aksincha, ular o‘n kun ichida ro‘yxatdan o‘tmagan va ularga maqbul keladigan ish topib berilmagan bo‘lsa, ishsizlik nafaqasi mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan keyingi ikki oy muddatidan erta tayinlanmaydi. Ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organida belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslarga umumiy qoidaga ko‘ra, ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran yoziladi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi ko‘pi bilan ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan mahrum bo‘lgan) yoki uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga o‘n ikki oylik davr mobaynida 26 kalendar hafta; ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotgan shaxslarga o‘n ikki oylik davr mobaynida 13 kalendar hafta davomida to‘lanadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida ish qidirishi va har ikki haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organida yo‘qlamadan o‘tishi kerak. Ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxs mahalliy mehnat organining yo‘llanmasi bo‘yicha kasb tayyorgarligi, qayta tayyorgarlikdan o‘tish, malakasini oshirishga yuborilgan davrda nafaqa to‘lash to‘xtatiladi va o‘qish tugagandan keyin, agar u ishga joylashtirilmagan bo‘lsa, o‘qish tugagan kundan e’tiboran nafaqa yana to‘lana boshlaydi. Bu qoida ishsiz shaxs haq to‘lanadigan jamoat ishlarida ishtirok etayotgan yoki ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasida davolanishni o‘tayotgan hollarda ham tadbiq etiladi. Mehnat kodeksining 28-moddasida ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilash tartibi ko‘rsatilgan. qoidaga ko‘ra, ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi oldingi ish joydagi oxirgi bir yillik ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa xollarda ishsizlik nafaqasi qonun xujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga foiz nisbatida belgilanadi.