Termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 0,51 Mb.
bet26/41
Sana28.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#713561
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
osimliklar fiziologiyasi-конвертирован

Valeriana officinalis L. tajriba maydonida tuproq namligining o’zgarishlari

Yillar


Tuproq qatlamlari



Oylar

aprel

may

iyun

iyul

avgust

sentyabr

1

0-10

15,2

12,7

10,2

9,2

10,6

12,5

10-20

15,7

15,5

11,9

9,8

11,8

13,0

20-30

16,5

17,1

13,2

12,2

13,5

17,7

30-40

17,3

18,3

12,0

10,2

13,0

17,2

40-50

17,6

17,4

12,7

13,4

13,1

16,2

O‘rtacha

16,4

16,2

12,0

12,6

12,4

15,4

2

0-10

17,6

20,2

10,2

13,9

12,9

14,5

10-20

16,4

18,7

12,4

14,9

11,7

15,3

20-30

17,0

17,0

14,2

14,2

13,5

11,0

30-40

15,9

17,0

14,0

13,4

15,3

16,6

40-50

15,7

19,1

14,5

13,1

18,2

19,2

O‘rtacha

16,5

18,4

13,0

13,9

14,3

15,3

3

0-10

8,0

7,4

9,0

7,0

7,7

10,0

10-20

13,2

11,6

9,3

10,2

8,9

10,4

20-30

17,0

16,0

9,9

11,7

9,8

12,3

30-40

17,6

16,4

14,0

12,8

12,2

13,1

40-50

18,0

15,6

13,2

13,1

13,6

13,6

O‘rtacha

14,7

13,4

11,0

10,9

10,4

11,9

Vazifa:


    1. Har xil tuproqlardan namunalar olib kelish.

    2. Tuproq, byukslar, quritgich shkaf, eksikator, tarozilarni tayyorlash.

    3. Tajriba natijalarini yakunlash va xulosa.



FOTOSINTEZ.
Yashil o’simliklarning quyosh energiyasi ta’sirida anorganik moddalardan (suv va karbonat angidriddan) organik moddalar va molekulyar kislorod hosil qilish jarayoni fotosintez deyiladi. Fotosintez jarayoni quyidagi tenglama asosida bo’lib o’tadi:
hv
6CO2 + 6H2O C6 H12O6 + 6O2 ;
xlorofill
Bu tenglamani quyidagicha ham yozish mumkin:
yorug’lik
6CO2 + 12H2O C6 H12O6 + 6H2O + 6O2
xlorofill
Fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi asosiy pigmentlar: Xlorofillar: a – C55 H72O5N4Mg; b- C55H70O6N4Mg
Karotinoidlar: Karotin – C40H56; Lyuteyin - C40H56O2; Violaksantin- C40H56O4
Fikobilinlar: Fikoeritrin – C34H47N4O8; Fikosianin- C34H42N4O9
Yashil o’simliklarda sodir bo’ladigan fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi pigmentlarning xususiyatlari bilan quyidagi mashg’ulotlarda tanishib chiqiladi.


17 -laboratoriya ishi.Yashil barg pigmentlari va ularning xususiyatlarini o’rganish.Barg pigmentlarini qog’oz xromotografiya usulida aniqlash.


Mashg’ulotning maqsadi. Yashil o’simliklardagi fotosintez jarayonida qatnashuvchi pigmentlarning spirtdagi yoki benzoldagi eritmasini olish usullari va ularning ba’zi bir kimyoviy hamda optikaviy xususiyatlari bilan talabalarni tanishtirish.
Kerakli asbob va reaktivlar. Biror o’simlikning quruq yoki ho’l barglari, etil spirti, benzin, kristall holdagi ishqor, HCI kislotasi, CaCO3 , sirka kislotaning mis tuzi yoki sirka kislotaning rux tuzi kristallari, kvars qumi, chinni havoncha, filtr qog’ozi, voronka, shisha tayoqcha, qaychi, spirt lampa, vazelin, spektroskop, shativ va probirkalar, pipetka, rangli qalam.
Ishni bajarish tartibi. Eritmasini tayyorlash uchun o’simlikning quruq yoki ho’l bargi olinadi. Agar quruq barg bo’lsa, u ezilib kolbadagi spirtga solib qo’yiladi. Bu pigmentlar ajralib chiqishini tezlashtiradi. So’ngra pigmentlarning spirtdagi to’q yashil eritmasi filtrlab olinadi.
Ho’l o’simlik bargidan pigmentlarni ajratib olish uchun 4-5 g barg qaychida mayda qirqiladi (bunda yirik tomirlari va barg bandi olib tashlanadi). So’ngra chinni havonchaga solib, barg yaxshi ezilishi uchun kvars qumi va hujayra shirasining kislotasini neytrallash uchun ozgina CaCO3 qo’shib eziladi. Bargni ezish davomida oz-ozdan etil spirti qo’yib turiladi. So’ngra bu ezilgan massa probirkalarga (filtr qog’ozi orqali) filtrlab olinadi. Chinni havonchadan eritma oqib ketmasligi uchun havonchaning chetlariga vazelin surkab qo’yish kerak.Olingan yashil filtratda xlorofill «a», xlorofill «b», karotin, ksantofil pigmentlari bo’ladi. Filtrat to’rtta probirkaga bo’lib solinadi va quyidagi ishlar bajariladi:

Pigmentlarni ajratish


  1. Kraus usuli. Pigmentlarni ajratishda ularning spirt va benzinda turlicha erish xossasidan foydalaniladi. Buning uchun bitta probirkaga pigmentlarning spirtdagi eritmasidan 4 ml olib, uning ustiga (o’zidan ko’proq miqdorda) 6 ml benzin qu’yiladi. Probirkaning og’zi probka yoki bosh barmoq bilan berkitilib, yaxshilab chayqatiladi va tinish uchun bir necha daqiqa shtativga qo’yib kuzatiladi. Bir necha daqiqadan so’ng probirkaning yuqorigi benzin qavatida yashil rangli xlorofill «a» va «b» hamda pastki spirtli qavatida sarg’ish rangli ksantofil pigmenti ajralib chiqadi. Agar pigmentlarning ajralishi yaxshi bo’lmasa, u holda yana 3-4 tomchi suv tomizilib qaytadan aralashtiradi. Agar suv ko’proq qo’shilib ketsa, pastki qavat loyqalanib qoladi. Bu holni spirt qo’shish yo’li bilan yaxshilash mumkin.

  2. Filtr qog’ozi yordamida (xromatogramma usulida) pigmentlarni ajratish. Rus fitofiziologi M.S.Svet tomonidan ishlab chiqilgan bu usul pigmentlarni xromatogramma usulida ajratish, pigmentlar aralashmasini adsorbentga, ya’ni so’ruvchi- shimuvchi qog’ozga o’tkazishga asoslangandir. Har xil pigmentlarning bir xil erituvchida erish darajasi har xil bo’ladi va ularning bir xil adsorbentda shimilishi ham har xildir. Erituvchidagi pigmentlarning adsorbent yuzasida so’rilish darajasiga qarab, ular har xil joyda so’rilib qoladi. Erituvchida pigmentlarning erish xususiyati qancha yuqori bo’lsa, u shu adsorbent tomonidan shuncha sekin so’riladi. Bunda pigmentning harakati tez bo’lib, uning adsorbent yuzasida joylashishi yuqoriroq bo’ladi. Buning uchun uzunligi 20 sm, eni 1 sm li filtr qog’ozi qirqib olinib, uning bir uchi pigmentlarning spirtli eritmasiga botirilib

qo’yiladi. Suzma filtr qog’ozi bo’ylab yuqoriga qarab ko’tarila boshlaydi. Yashil pigmentlar kuchliroq so’riladi. Shuning uchun filtr qog’ozida dastlab yashil qatlam – xlorofill «a» va «b», ularning yuqorisida sariq pigmentlar – karotin va ksantofill dog’lari paydo bo’ladi. Eng yuqori qatlam esa rangsiz bo’ladi. Shu rangli qatlamlarning rasmi chizib olinadi (rangli qalam bilan).

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish