a- to’qimaning shimish kuchi eritmanikidan yuqori bo’lganda; b- to’qimaning shimish kuchi eritmanikidan past bo’lganda; v – eritma bilan to’qimaning shimish
kuchi teng bo’lganda.
Suyuqlik bilan to’qimaning shimish kuchi bir-biriga teng bo’lgan eritma aniqlangandan so’ng quyidagi
tenglamadan foydalanib hujayraning shimish kuchi topiladi:
S = RTCI
Bu yerda: S – to’qimaning shimish kuchi (atmosfera hisobida); R – gazlar konstantasi (0,0821);
T – absolyut harorat (2730 + xona harorati); C – izotonik eritma;
I – izotonik koeffisiyent (bu ko’rsatgich elektrolitik eritmalar uchun 1,5 ga teng).
Vazifa:
Turli kontsentratsiyali eritmalar tayyorlash.
Tekshiriladigan o’simlik bargidan kesmalar tayyorlash va ularni eritmalarga solish.
Izotonik kontsentratsiyali eritmani aniqlash.
O’simliklar to’qimasining shimish kuchini hisoblab chiqish va xulosa.
6-Laboratoriya ishi. O’simlik to’qimasida osmotik hodisasini kuzatish.
Kerakli reaktiv va asboblar: Kartoshka, sabzi, lavlagi, olcha yoki saxaroza qiyomi, diametri 1- 1,5 sm li parma ( sverlo), tiqinga o’rnatilgan shisha naycha, kimyoviy stakan, pichoq.
Osmotik jarayonlarni yarim o’tkazgich parda bilan ajratilgan sistemalarda kuzatish mumkin. Masalan, yarim o’tkazgich parda bilan ajratilgan idish olib, uning bir tomoniga sof toza suv, ikkinchi tomoniga esa saxaroza yoki birorta tuz eritmasini solsak, suv yarim o’tkazgich parda orqali eritma tomon tez va oson o’tadi. Idishning ikkinchi tomonidagi suvda erigan modda molekulalari juda sekin diffuziyalanadi. Bunga sabab, konsentratsiyasi har xil bo’lgan erituvchi va erituvchida erigan modda molekulalarining erkin energiyasi faolligining bir xilda bo’lmasligidadir. Toza suv molekulalarining kimyoviy potensial faolligi, erigan moddalar molekulalarining faolligidan ancha yuqori bo’ladi. Shu sababli ham modda molekulalarining harakati katta kimyoviy potensialdan kichik kimyoviy potensialga ega bo’lgan moddalar tomoniga boradi. Suvda erigan moddalar molekulasining eritma tarkibida ko’payishi suvning kimyoviy potensialini va uning faolligini keskin kamaytiradi. O’simlik hujayrasi ham osmotik sistemadan iboratdir. Yuqorida bayon qilingan fikrimizga tajriba orqali ishonch hosil qilish mumkin.
Ishning bajarilishi. Bu ishni bajarish uchun sabzi, kartoshka yoki lavlagi ildiz mevalari olinadi. Agar tajriba uchun sabzi olinadigan bo’lsa, avvalo uning tepa va past qismlari tekis qilib kesib tashlanadi. So’ngra esa diametri 1-1,5 sm bo’lgan parma bilan 4-5 sm chuqurcha qilib teshib olinadi. Eslatib o’tamiz, chuqurcha tayyorlash paytida ildiz mevaning yon tomonlari va uning past qismini teshib yuborishdan
ehtiyot bo’lish kerak. Aks holda, tajriba ijobiy natija bermasligi mumkin.
Chuqurchani teshib bo’lgach, to’qimalarni suvga to’yintirish maqsadida ildiz mevani stakanga solingan suvga 20-30 daqiqa tushiriladi. Shu davr ichida olcha yoki saxarozadan qiyom tayyorlanadi. Tayyorlangan qiyomning tajribada ishlatiladigan naychadagi harakatini aniq ko’rish uchun unga bo’yoq moddasi qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |