Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari.
Tadqiqot usullari muammoga oid falsafiy, sotsiologik, pedagogik va psixologik adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish va tahlil qilish; DTS, o‘quv rejalari va dasturlari, darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni o‘rganish; ijtimoiy-pedagogik (kuzatish, suhbat, anketa, so‘rov, test) va pedagogik tajriba-sinov; monitoring; natijalarni matematik-statistik qayta ishlash usulidan foydalanilgan.
Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchi vazifasini bajaradi.
Tadqiqot mavzui bo‘yicha qisqacha adabiyotlar sharhi: Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim-tarbiya tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimlarini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi. Shuning uchun ham MTMlarda ta’lim-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o‘qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni bilimli va ko‘nikma hosil qilishini ta’minlaydi. Respublikamizda bu vazifalarni hal qilish borasida bir qator ilmiy-tadqiqot o‘quv-pedagogik, uslubiy va dasturiy ishlar amalga oshirilgan, N.N.Azizxo‘jaeva, J.G‘.Yo‘ldoshev, M.M.Xayrullaev, M.G.Davletshin, A.Q.Munavvarov, M.O.Ochilov, U.Mahkamov, T.Qurbonov. M.X.Umarova maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda atrof-muxitga ma’suliyatli munosabatni shakllantirish metodikasi bo‘yicha dissertatsiya himoya qilgan. M.Ochilov, K.Hoshimov, R.H.Jo‘raev, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.M.Mahkamov, M.Inomova, M.Quronov, S.Ochilov, N.O.Ortiqov, Sh.T.Xalilova, N.M.Egamberdieva, Sh.S.Shodmonova, Q.Quronboev, Sh.Olimov, G.Maxmutova, N.N.Djamilova kabi olimlar ta’limning turli bosqichlarida tarbiyalashning pedagogik asoslarini, P.Yusupova, R.M.Qodirova, D.Abdurahimova, X.B.Tulenova, D.R.Boboeva, V.I.Loginova, P.R.Samorukova, V.I.Yadeshko, F.A.Soxina, G.X.Jumaeva, X.I.Kasimova, M.Sh.Rasulova, M.A.Solihova, K.S.Shodieva, Sh.A.Sodiqova va boshqalar tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining mazmuni, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy va psixologik jihatdan tarbiyalash, ularda muomala madaniyati va nutq ko‘nikmalarini hosil qilish, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash muammolari tahlil etilgan.
Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, biz tadqiqot ishimiz mavzusini “Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish usullari” deb nomladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |