1-bunker tubi, 2-ta’minlagich tishining ko‘ndalang kesimi, 3-g‘altak
G‘altak tishi ajratish kamerasining S joyidan chiqib ketayotganida, uning uchiga joylashib qolgan chigit 2 tirqishida ham ezilib qolmasligi uchun uning miqdori Emax<2< 2 qmin qabul qilinadi. 3 – rasmdagi X1 o‘lchami, ya’ni g‘altak yuradigan darchaning eni X1= Bf = 2 1 bo‘lgani ma’qul (bf- g‘altak qalinligi; 1 - g‘altak yoni bilan darcha orasidagi tirqish eni). Miqdorlagichga yuklatilgan texnologik jarayon, ya’nibunkerdan belgilangan miqdordagi chigitni uzluksiz vaqt o‘tishi bilan birtekis ajratib olish uni urug‘ o‘tkazgichga tushirib berish jarayonini ta’minlash uchun g‘altak gardishidagi nov (uya) lar shaklini va o‘lcham (hajm) larine hamda chigitning nov ichidan chiqib ketadigan joyini to‘g‘ri aniqlash talab qilinadi. Tish ko‘ndalang kesimi chigit chiqib ketadigan joyini to‘gri aniqlash talab qilinadi, ya’ni tish ko‘ndalang kesimining maqbul shaklini tanlash kerak bo‘ladi. G‘altak gardishidagi tishlar orasidagi uya (nov) hajmi u yerga tushgan chigit to‘liq joylashib olishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Tish g‘altakning aylanish yo‘nalishi tomon bir muncha engashgan bo‘lsa, chigitning uya (nov) ga tushishini yengillashtiradi (5-rasm). Uyacha asosidan tishga o‘tkazilgan urunmalar orasidagi burchagi 90° dan kam bo‘lmasligi, ya’ni chigit bilan po‘lat orasidagi ishqalanish burchagi dan kamida ikki marotaba katta bo‘lishi kerak. Tishning shakli 5- rasmdagidek qo‘yilsa, chigit nov ichiga kirishi hamda u yerdan chiqib ketishi ham yengillashadi. 5- rasmdagi misolda tishning chuqurligi 14 mm, tishlar qadami 22°301 qabul qilingan. Kurs loyihasida topshiriqda berilgan chigit o‘lchamlari uchun tish o‘lchamlari aniqdanadi. G‘altakni bunker ichiga kiritib qo‘yish darajasini, ya’ni 66– rasmdagi h1 o‘lchamini tanlashda g‘altak novidan chigit sirpanib
Tashqariga chiqib ketayotgan S joyi urug‘ o‘tkazgichni o‘rnatish uchun qulay bo‘lishi kerak. Bujarayonni tushinish uchun 6-rasmga murojaat qilamiz. burchak tezligi bilan aylanayotgan R radiusli g‘altakning V noviga tushgan chigit t vaqtdan so‘ng S joyidan tashqariga chiqa boshlaydi. Nov ichidagi massasi m bo‘lgan chigitga quyidagi kuchlar ta’sir qiladi: og‘irlik kuchi G=mg, markazdan qochirma kuch Pm=mR 2 va ishqalanish kuchi F=Ntg ( bu yer lagir - ishqalanish burchagi, N - chigitni ng tish yoniga tushiradigan normal bosimi). Nov V holatiga kelganida kuchlar ta’sirida chigit u yerdan sirpanib chiqa boshlaydi. Nov A holatidan V ga kuchi bitganida g‘altak burchagiga burilib ulguradi. Olimlar burchagining miqdori = + - arcsin [sin ( + )] bo‘lishini aniqlashgan, bu yerdagi burchagi - V nuqtasidan o‘tkazilgan radius bilan tish yoniga tushadigan normal bosim N orasida hosil bo‘ladi; = 2 R/g – g‘altak ish rejimini kinematik ko‘rsatkichi; bu rejim ko‘rsatkich qanchalik katta bo‘lsa, markazdan qochirma kuch m 2 R og‘irlik kuchi mg dan ko‘proq miqdorga ega bo‘lib, chigit novdan yer taroq chiqib ketadi.
Agar ivitilgan chigitning ishqalanish burchagi φ=30°; tishning shakli =50°; g‘altakn f=120 ayl/min tezligi bilan aylanganida, = 50° - 60° bo‘lishi mumkin. miqdori kichik bo‘lsa, novdan otilib chiqayotgan chigitni urug‘ o‘tkazgichga yo‘naltirish qiyinlashadi. Bundan tashqari, β kichik bo‘lsa, g‘altak novining bunker ichidan yurib o‘tish vaqti ozbo‘lib, u yerga chigit tushib joylashib ulgurishi qiyinlashadi. 4-rasmdagi h1 o‘lchamini h1
Tahlilni yengillashtirish maqsadida O nuqtasida g‘altakdan ajralib chiqqan chigitning absolyut tezligini g‘altak aylanasiga urinma yo‘nalishda Va = R miqdorida bo‘ladi deb qabul qilish mumkin. Masalani yechish uchun, irg‘itilgan urug‘ning erkin uchishdagi trayektoriyasi quriladi. Buning uchun ma’lum tenglamadan foydalanish mumkin: 𝑦 = 𝑥𝑡𝑔𝛽 + 𝑔𝑥 2 2𝑣𝑎 2 𝑐𝑜𝑠2𝛽 (1) (1) tenglama yordamida ma’lum masshtabda traektoriya quriladi. Voronkani ED yonining gorizontga engashish burchagi ishqalanish burchagi dan kata bo‘lmasa, uning ustiga tushgan chigit pastga sirpanib keta olmaydi. Shu sababli, > burchagi ostida ED chizig‘i chiziladi. ED ning joyini tanlash muhimdir. S nuqta chigit uchayotgan trayektoriyaga urunma, ya’ni chigit absolyut tezligining yo‘nalishi deyarli tik holatga yaqinlashadigan joyda belgilanadi. ED chizig‘i S nuqtadan burchagi ostida chiziladi. D nuqtasi S ga yaqin joylashtirilsa, g‘altakdan ertaroq ajralgan ayrim chigitlar DF tik devorga urulib, orqasiga qaytganida, yana g‘altakga urinishi mumkin. S nuqtasiga,t burchagi ostida urulgan chigit (elastik bo‘lganligi sababli ), k burchagi ostida orqaga qaytadi (agar tiklanish koeffitsienti 1,0 ga teng deb qabul qilinsa ). Zarbadan so‘ng orqaga qaytgan chigit g‘altakni ham uchratmasligi kerak.
To‘dalagich parametrlarini aniqlash Urug‘ o‘tkazgichdan uzluksiz kelib tushayotgan chigitning kerakli sonini to‘plab, ularni ekkich ichiga tashlash uchun to‘dalagich xizmat qiladi. Ekish apparati korpusi 1 ning ichiga kurakchali aylanuvchan disk, ya’ni to’dalagich 12 joylashtirilgan. Diskni teleskopik val 11 aylantirib turadi (1-rasm). Urug‘o‘tkazgich 8 orqali kelib tushgan chigitlar aylanayotgan diskning navbatdagi kurakchasi kelib tekkunicha, to‘dalanib turadi. Kurakcha chigit to‘dasini sidirib, darcha 5 orqali tashqariga irg‘itib yuboradi. To‘dalangan chigitlar tuproqning deyarli bir joyiga 305 tushib, uya hosil qiladi. Diskdagi kurakchalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uyalar orasi yaqinroq, uyadagi chigitlar soni kamroq bo‘ladi. Uyaning uzunligi, ya’ni u yerdagi birinchi va oxirgi chigitlar oralig‘I 5...7 sm, uyalar oralig‘i (qadami) 10,15..45,55 hatto 60 sm bo‘lishi mumkin. Bunga diskning aylanish tezligini va kurakchalar soni har xil bo‘lgan disklarni almashtirib erishiladi. Agar agregat tezligi VM (m/s) agronom tavsiya qilgan uyalar oralig‘i qadami Su(m),diskning aylanish tezligi nd(ayl/min) ma’lum bo‘lsa, kurakchalar soni Z=60VM/SU nd deb qabul qilinadi. (2) Mavjud seyalkalarda ZK soni 2,3,4,6,8 bo‘lishi mumkin. Kurakchalarning urinma tezligi, ya’ni chigitni irg‘itish tezligi: VK = 𝜋dKVM / SUZK m/s ga teng bo‘ladi. To‘dalovchi apparatning parametrlari, ya’ni diskning aylanish tezligi nd, kurakcha o‘lchami, soni va chigitni irg‘itish tezligi VK asosida aniqlanadi. To‘dalovchi disk ishining kinematik rejimi == VK / VM ga teng bo‘ladi. Disk kurakchasi irg‘itgan chigitlar yerga bir biriga o‘ta yaqin tushsa, uyaning uzunligi minimal bo‘ladi. Uya uzunligi minimal bo‘lgani ma’qul hisoblanib, amalda = 0,70...0,90, VK< VM bo‘lishi kerak. Irg‘itilgan chigitning yerga tushgunicha bosib o‘tadigan yo‘li L ning miqdori , ya’ni VK ning kata - kichikligiga bog‘liq (8- rasm) bo‘ladi: L = Vk√2𝐻/𝑔, 𝑚 bu yerdagi H - to‘dalagich balandligi, m. Chigitni seyalka tezligi VM ga teskari tomonga irg‘itish ma’qul deb topilgan, aks holda, VM bilan VK ning yig‘indisi (absolyut tezligi) katta bo‘lib, chigitning erkin uchishdagi trayektoriyasi uzun bo‘ladi, ekkichni uzunroq qilishga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, irg‘itilgan chigitning absolyut harakatdagi bosib o‘tadigan yo‘li L = Vk√2𝐻/𝑔, m bo‘ladi. To‘dalovchi diskning kerakli aylanish tezligini (2) formuladan (agregat tezligi VM, uyalar oralig‘i SU, diskdagi kurakchalar soni ZK berilgan bo‘lsa) topish mumkin bo‘ladi. 𝑛𝑑 = 60𝑉𝑀 𝑆𝑢𝑍𝑘 , 𝑎𝑦𝑙/𝑚𝑖𝑛 bo‘lishi kerak.
Lekin, Su kattaroq yoki ZK ko‘proq qabul qilinsa, 𝑛𝑑 joiz bo‘lgan minimal miqdordan kamroq bo‘lib qolishini e’tiborga olish kerak. Agar disk me’yoridan sekinroq aylantirilsa, uning ustidagi chigitga ta’sir qiladigan markazdan qochirma kuch chigitning kurakcha bilan ishqalanish kuchidan kichikroq bo‘lib qolishi natijasida, chigit irg‘itilmasdan qolishi mumkin. Diskning minimal burchak tezligini soddalashtirilgan𝜔𝑑 > √ 𝑔𝑓 𝑟 , 1/𝑠formulasi yordamida topish mumkin; bu yerda f- chigitning to‘dalagich tubi va kurakcha bilan ishqalanish koeffitsienti; -diskning kurakcha asosi bo‘ylab radiusi. Ko‘pincha, Su = 20 sm bo‘lsa, ZK = 4; rk= 8,4 sm; H=10,5 sm qabul qilinadi (hisobshda sm emas m qo‘yilishini unutmang).
Do'stlaringiz bilan baham: |