Diskli miqdorlash apparatini loyihalash
Har bir uyaga belgilangan sondagi chigit ekish uchun disksimon ajratkich bilan jihozlangan apparatdan foydalaniladi. Uning tuzilishi 9-rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan. U ekkich 1, to‘dalash apparati 2 bilan birgalikda yaxlit tuzilma sifatida ishlab chiqariladi. Miqdorlash jarayonini uyachali ajratuvchi disk 4 bajaradi. Texnologik jarayon quyidagi tartibda o‘tkaziladi. Ajratuvchi diskning ust tomonida val 7 bo‘ylab erkin ko‘tarilib tushish imkoniyatiga ega bo‘lgan tusiq 5 o‘rnatilgan.
To‘siqda bir necha teshik 8 lar yasalgan. Tuksizlantirilib yoki drajelanib to‘kiluvchan qilingan chigit bunker 6 ning ichiga, to‘siq 5 ning ustiga solinadi. To‘siq ustidagi chigitning hammasi birdaniga ajratuvchi disk ustiga tushib, uning ishini qiyinlashtirmasligi uchun, to‘siq teshiklaridan ajratuvchi disk ustiga faqat cheklangan miqdordagi chigit tushib turadi. Val 7 bilan birgalikda aylanadigan disk 4 ning chetida ya’ni gardishida uyacha 11 lar yasalgan (9-10-rasmlar). Aylanayotgan ajratuvchi disk ustiga tushgan chigitning ayrimlari uyachalarga kirib oladi. Bu chigit uyacha bilan birgalikda surilib, darcha 3 ning ustiga keltiriladi. Darcha ro‘parasiga o‘rnatilgan sidirgich 10 uyachalarga tushib ulgurmagan chigitni sidirib, chetga suradi. Bevosita sidirgich yoniga o‘rnatilgan aylanuvchan yulduzcha shaklidagi turtkich 8 o‘zining tishi bilan turtib, chigitni uyachadan pastga, darcha 3 tomonga tushirib yuboradi. Ayrim seyalkalarda yulduzcha shaklidagi turtkich o‘rniga ajratuvchi disk gardishida tilingan yo‘lakchaga kirib turadigan prujinasimon turtkich o‘rnatilganbo‘ladi. Urug‘ darcha orqali to‘dalagich qutisi (korpusi) 12 ga tushib, u yerda bir nechta chigit to‘planganidan so‘ng, aylanayotgan diskning kurakchasi ularni tashqariga 308 irg‘itib yuboradi. Irg‘itilgan urug‘ ekkich jag‘lari tayyorlagan ariqcha tubiga tushganidan so‘ng, tuproq bilan ko‘miladi. Disksimon miqdorlash apparati bo’yicha kurs loyihasini bajarishda to‘dalagich va ekkichning o‘lchamlari chigit o’lchamlariga mos etib qabul qilinadi. 10-rasmda ajratuvchi diskning namuna sxemasi keltirilgan. Ekilayotgan chigit o‘lchamlariga qarab, disk chetidagi uyachalar bir dona yoki bir necha chigit sig‘adigan qilinadi. Tezkor seyalkalarga kattaroq o‘lchamli uyachalari bo‘lgan ajratuvchi disklar o‘rnatilgani ma’qul bo‘ladi, chunki o‘ta qisqa vaqt ichida ham chigitlarni bexato ajratib berish imkoni tug‘iladi.
Kurs loyihasini bajarishda ajratuvchi disk diametric da tanlanadi. Amalda da = 150...450 mm qabul qilinishi mumkin. Disk diametri kichik bo‘lsa, turtkich yordamida chigitdan ozod bo‘lgan uyacha navbatdagi chigitni o‘ta qisqa vaqtda ajratib olib ulgurishi kerak bo‘ladi, chunkiuyachatezdasidirgichtagigaetibkelganida, uyachaga to‘liq joylashmagan chigitni u yerdan sidirib chiqarib tashlashi mumkin. Natijada, uyacha bo‘sh qolib, chigit ajratish jarayoni to‘liq bajarilmasdan qoladi. Shu sababli, katta diametrga ega bo‘lgan disk uyachalarini chigitlarga tegib to‘liq joylashib olishini ehtimolligi ortadi. Albatta, katta diametrli ajratuvchi disk ustidagi bunkerni hamda tagidagi to‘dalovchi diskni katta o‘lchamli qilish kerak bo‘ladi. Shu sababli, da ni tanlashda ko‘p ko‘rsatkichlarni tahlil qilish lozim bo‘ladi. 309 Ajratuvchi disk diametriga qarab, uni aylantirish tezligi, ya’ni harakat uzatish moslamasining parametrlari belgilanadi. Disk uyachasining chiziqli tezligi katta ahamiyatga ega. Buni tushunish uchun chigitning ajratuvchi disk chetidagi uyachaga tushish jarayoninitahlil qilamiz (11-rasm). Uyachaga tushib olishi uchun aylanayotgan disk sirti bo‘ylab chigit nisbiy harakatda bo‘lishi talab qilinadi. Aks holda, chigit 2 disk 1 dagi uyachani uchratib unga joylashib ulgurolmaydi. Buning uchun markazdan qochirma inersiya kuchi Ri disk bilan chigit orasidagi ishqalanish kuchi F dan katta bo‘lishi kerak: 𝑚𝑔𝑓 < 𝑚𝑟𝑑𝜔 2 ; bundan 𝜔 ≥ √𝑔𝑓/𝑟𝑑 miqdori aniqlanadi; nisbiy tezlik esa 𝑉𝑟 = 𝜔𝑟𝑑 Demak, disk radiusi qanchalik katta bo‘lsa, uni kichikroq burchak tezligi 𝜔 bilan aylantirish joiz bo‘ladi. Seyalka g‘ildiragidan diskka harakat uzatadigan yuritmani loyihalashda yuqoridagilarni e’tiborga olish kerak.
11-rasmda chigitning shakli soddalashtirilib, shar ko‘rinishida qabul qilingan. Uyacha kengligi K shunday bo‘lishi kerakki, uning ichiga eng yirik chigit bemalol sig‘adigan, ammo ikkita mayda chigit sig‘maydigan bo‘lsin. Kursloyihasida topshiriqda ko‘rsatilgan chigit o‘lchamlariga moslab uyacha o‘lchamlari tanlanadi. Uyachaga tushgan chugit u yerdan yuqoriga chiqib ketmasligi uchun, ya’ni chigit A holatidan V ga (11-rasm) tushganida uning og’irlik markazi kamida ℎ = 𝑞𝑔𝑡 2 2 𝑦𝑜𝑘𝑖 ℎ = 𝑞𝑔𝑡 2 2𝑉𝑟 2 (3) masofaga tushib ulgurishi kerak, bu yerdagi 𝑡 - chigitning x- yo‘lni bosishiga sarflaydigan vaqti, s; Vr – chigitning disk sirti bo’ylab siljish nisbiy tezligi. (3) formula yordamida quyidagi xulosani qabul qilish mumkin: agar chigitni disk bo‘ylab nisbiy harakatining tezligi Vr qanchalik katta bo‘lsa, uning uyacha ichida X yo‘lni bosib o‘tish vaqti hamda quyi tomonga tushish yuli h kamroq bo‘ladi. Vr tezligi qandaydir kritik miqdordan ko‘proq bo‘lsa, h balandligining kamayishi hisobiga, chigit uyachaga tushaolmasdan, undan «sakrab» o‘tib ketadi. Shu sababli, nisbiy tezlikning miqdori 𝑉𝑟 ≤ 𝜒√ 𝑔 2ℎ dan oshmasligi kerak; bu yerdagi ℎ ning miqdori katta ahamiyatga ega bo‘lishi yuqorida tushuntirildi. Nisbiy tezlik Vr qanchalik katta bo‘lsa shunchalik h kamroq bo‘ladi. Uyachaga uzunligi u bo‘yicha tik tushgan chigitning bosib o‘tgan yo‘li h>U/2,5 bo‘lmasa, chigit u yerdan chiqib ketadi. Bundan tashqari, chigitning uyachadan chiqib turgan qismi katta bo‘lsa, harakatlanayotgan boshqa chigitlar ta’sirida urilib uyachadan chiqib ketishi mumkin. Chigit nisbiy tezligining miqdori diskdagi uyachaning aylanama tezligi (𝑉𝑑 = 𝜔r) ga teng bo‘ladi deb qabul qilish joizdir. Tajribalar asosida chigitning nisbiy tezligi 0,22...0,28 m/s bo‘lishi ma’qul bo‘lishi aniqlangan. Chigitning uyachaga tushishini yyengillashtirish maqsadida, uning Cd devorining ustki qirrasini 30° ostida 1 mm balandlikda faska olinadi. Uyachaning EF devorini faskalash salbiy natija beradi. Kurs loyihasida diskning qalinligi 𝑇𝑑 ni chigit uzunligi U ga moslab, 𝑇𝑑 ≈ 0,8 𝑈 qabul qilish mumkin. 311 Diskning aylanishi tufayli, uyachaga joylashgan chigit qandaydir vaqtdan so‘ng sidirgich tagidan olib o‘tiladi (12- rasm). Sidirgich tishi prujina 2 ta’sirida chigitni past tomonga bosib, uni o‘rniqtiradi. Tishga chigitning reaksiya kuchi N va ishqalanish kuchi F ta’sir qiladi. N va F larning yig‘indisi N1 ni topib, uni chigitning tishga tekkan joyiga urunma bo‘ylab T hamda uyacha harakati yo‘nalishiga parallel bo‘lgan R kuchlariga taqsimlab, uchburchagini topamiz 𝛾𝑓 qanchalik kichik bo‘lsa, sidirgichni ko‘tarishga intiladiganT kuchi katta bo‘ladi, ya’ni chigitni ezmasdan o‘tkazib yuborish ehtimolligi ortadi. Ammo, 𝛾𝑓burchagining miqdori chigitning tish bilan ishqalanish burchagi 𝜑1 bilan disk sirti bo‘ylab ishqalanish burchagi𝜑2larning yig‘indisidan kamroq, ya’ni 𝜑(𝜑1 + 𝜑2)bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki, bu holda uyachaga to‘liq tusha olmagan chigit siqilib qolib, ezilishi mumkin.
Sirpang‘ichli ekkichni loyihalash Ekkich urug‘ni tuproqqa optimal chuqurlikda sifatli ko‘mishni ta’minlab, ekilgan hamma chigit birtekis unib chiqishiga zamin yaratishi talab qilinadi. Paxtachilikda bunday muhim ishni faqat sirpang‘ichli ekkich ta’minlay oladi. Uning umumiy ko‘rinishi -rasmda keltirilgan bo‘lib, uning asosiy qismlariga sirpang‘ich 1, surgich 2, tilgich 3, zichlagich 4, o‘ng va chap jag‘lar 5 kiradi. . 312 Sirpang‘ichli ekkich yer yuzasidagi yirik kesaklarni yon tomonga sidirib, surib qo‘yadi; tuproq va unga aralashgan o‘simlik qoldiqlarini kesib, ensiz ariqcha ochadi: ariqcha yondevorlarini va ayniqsa, tubini zichlaydi; ariqcha tubiga urug‘larni yotqizadi, ularni bosib tuproqqa botiradi; ariqcha yon devorlaridan to‘kilayotgan namroq tuproq bilan chigitni ko‘madi. Ekkich yer ustidagi kesaklarni yon tomonlarga surayotganida maydalangan tuproq joyida qolishi kerak.
Ekkichning tubiga o’rnatilgan zichlagich muhim texnologik jarayonni bajaradi. Tuproqda ariqcha ochib, uning tubidagi ensiz joyni zichlaydi pastdagi namlik u yerga ko‘tarilishini ta’minlash uchun, kapillyar naychalarni tiklaydi, ya’ni urug‘ yotqiziladigan joyni tayyorlaydi. Ariqcha tubiga urug‘dan oldin tuproq tushib ketmasligi uchun, ekkichning jag‘lari uzun yasaladi. Urug‘ yotqiziladigan joyning ko‘ndalang kesimi 14-rasmda keltirilgan. Zichlagich tayyorlagan joyiga tuproq urug‘dan oldin tushsa, chigit sayozroq ko‘milib qoladi.
Tenik qism
Texnologik qism
Konstruktiv qism
Atrof – muhit muhofazasi va texnika xavsiligi qoidalari
Iqtisodiy qism
Xulosa va takliflar
Do'stlaringiz bilan baham: |