TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA
INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI MEVA-SABZAVOTCHILIK VA TEXNOLOGIYA FAKULTETI
QISHLOQ XOʻJALIGINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH
TAʼLIM YOʻNALISHI
320-guruh talabasi Nazarov Azizbekning
Qishloq xo’jaligi mashinalari fanidan
fanidan
KURS LOYIHASI
Termiz tumani – 2023
Reja:
Kirish
Texnologik qism.
chigit ekadigan seyalka haqida ummiy ma’lumotlar
Miqdorlagich vazifasi va tasnifi.
Konstruktiv qism
Tukli chigit ekadigan seyalka tuzlishi va ishlashi.
Miqdorlagich tuzlishi va ishlashi
Mashinaga texnik xizmat korsatish
Atrof-muhit muhofazasi
Atrof-muhit muhofazasi
Texnika xavfsizligining asosiy qoidalari
Mehnat xavfsizligini ta’minlashning texnik vositalari
4.1.Iqtisodiy qism
4.2.Xulosa va takliflar
4.3.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Respublikamizning iftixori hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga uzluksiz e’tibor berilmoqda. Ilg‘or fan va amaliyot yutuqlari asosida mahalliy sharoitga moslab ishlab chiqarilgan texnologiyalarni qo‘llangan fermerlik xo‘jaliklaridagina mo‘l hosil yetishtirishga erishilmoqda. Paxta yetishtirish texnologiyasida chigit ekish jarayoni muhim o‘rin egallaydi, chunki faqat mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos holda tanlangan va sifatli ekilgan chigitgina bo‘lajak mo‘l hosil garovi bo‘la oladi. Chigit ekish sifati uni ekadigan seyalka turini to‘gri tanlash va sozlashga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bunday ishni bajarishda fan yutuqlari asosida qabul qilingan qoidalarni yaxshi bilishi talab qilinadi. Shu sababli, biz muayyan tuproqiqlim sharoitiga mos keladigan seyalkaning ishchi qismlari parametrlarini, o‘lchamlarini asoslab tanlash bo‘yicha kurs loyihasini bajaramiz.
UMUMIY MA’LUMOTLAR
Chigit ekiladigan tuproqni sifatli tayyorlash katta ahamiyatga ega. Tuproqqa tegishli ishlov berib, uni donador holatga keltirish, ya’ni kesakchalar diametrini 0,25...50 mm dan oshmasligiga erishish ma’qul bo‘ladi, chunki bunday holda tuproq tezroq qizib, yerdagi namlik uzoroq saqlanadi, ko‘milgan chigit atrofida g‘ovaklar paydo bo‘lmaydi, ekilgan urug‘ sirti tuproq bilan to‘liq qoplanib, tezroq unib chiqadi. 290 Tukli chigit ekishni tuproqning harorati 12°S ga yetganida, tuksizlantirilgan chigit ekishni 14°S ga yetganida boshlash mumkin. Yyengil tuproq tez qiziydi, u yerga chigitni 4...5 sm chuqurlikka, sust qiziydigan og‘ir tuproqqa esa 3...4 sm chuqurlikka ko‘mish lozim. Yetarli darajada qizib ulgurmagan tuproqqa ekilgan chigitning ayrim qismi chirib ketadi, g‘o‘za tuplari siyrakroq bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, g‘o‘za nimjon, kasallikka moyil bo‘lib o‘sadi. Optimal muddat o‘tgandan keyin tuproqning tabiiy namligi kamayib, ekilgan chigitlarning ayrimlari unib chiqa olmaydi. To‘gri ishlov berilgan tuproqning zichligi kamayib (r =1,06... 1,10 g/sm3 ), uning tarkibidagi havo miqdori ortadi. Bu esa o‘simlik ildizlarining tez rivojlanishiga imkon beradi. Ishlov berilgan tuproq qattiqligi (unga biron bir jismni botishiga qarshiligi ) kamayib, natijada mashina ishchi qismi harakatiga bo‘lgan qarshilik kuchi kamayadi. Chigit ekiladigan yerdagi tuproqning qattiqligi p=250...280 kPa, hajmiy siqilishga qarshiligi q=5...8 n/sm3bo‘lgan yerlarda, chigit ekishning optimal mavsumida kuzda haydalgan yerning 5 smgacha bo‘lgan chuqurlikdagi namligi 13... 14%, 5... 10 sm chuqurlikdagi namligi 17... 18%, 10...20 smdagi qatlamdagi namligi 18... 19 % ni tashkil qiladi. Tuproq namligi uning quyosh nuri ta’sirida qizish darajasiga ham bog‘liqdir. Har bir g‘o‘za tupi to‘liq oziqlanib serhosil bo‘lib o‘sishi uchun, unga yetarli maydon ajratilishi lozim. Shu sababli, mahalliy sharoitlarga qarab, bir gektar maydondagi tuplar soni belgilanadi. Sho‘rlanmagan yer osti suvlari yuza joylashgan yerlardagi har bir gektar maydonda 110... 120 ming tup g‘o‘za bo‘lishi, yer osti suvlari chuqur joylashgan yerlarda 140... 150 ming tup ko‘chat bo‘lishi kerak. Bir gektarga ekiladigan chigit sonini aniqlashda yuqoridagilar e’tiborga olinadi. Ammo, tajribalar shuni ko‘rsatadiki, paxta terimigacha bo‘lgan davr ichida noqulay ob-havo sharoiti, zararkunandalar, kasalliklar, kultivatsiya qilish, chopiq o‘tkazish, o‘qariqlar olish natijasida, g‘o‘za tuplarining soni 15...20 mingga kamayib qoladi. Chigitlarning unuvchanligini e’tiborga olib, seyalka bilan bir gektarga ekiladigan chigitlar soni belgilanadi. Bir qatorda hosil 291 qilinayotgan uyalar soni qator oralig‘i kengligini e’tiborga olgan holda, bir gektarga ekiladigan chigit soniga qarab belgilanadi. Sharoitga qarab, g‘o‘za qator oralig‘i 60 sm dan 102 sm (40 dyuym) gacha tayinlanishi mumkin. Qator oralig‘iqanchalik keng bo‘lsa, kultivatsiya davrida begona o‘tlarni yo‘qolish darajasi ko‘proq bo‘ladi, qo‘l mehnati kamroq sarflanadi. Chigit seyalkasini loyihalashda uning qismlari bilan tuproq orasidagi, ayrim vaqtda esa tuproqning tuproq bilan ishqalanish koeffitsienti (burchagi)ni e’tiborga olish kerak bo‘ladi (13-jadval). Ishqalanish koeffitsienti tuproqning tarkibiga, namligiga, tuproqqa ta’sir ko‘rsatayotgan jismning bosimiga bog‘liq bo‘ladi. Chigitning shakli tuxumsimon oval bo‘lib, o‘rtacha uzunligi U = 7...15 mm, o‘rtacha qalinligi Q = 3...6 mm va o‘rtacha eni E = 4...8 mm o‘lchamlarga egadir. Chigitning to‘qligiga qarab massasi m = 0,08...0,18 gramm bo‘lishi mumkin, uning kobig‘ida bir vaqtda kaltahamda uzun tolalar o‘sgan bo‘ladi. Chigitustidao‘sgantolaning 30...40% uzun qismi, 3...4% undankaltaroq bo‘lganmomiqlarajratibolinsa, uning qobig‘idauzunligi 5 gachabo‘lgantuk qoladi. Bundaychigittuklichigitdebataladi Tuklichigitbir – birigayopishib qolish qobilyatigaega bo‘lib, to‘kiluvchanligipastbo‘ladi. Seyalkaning ish jarayonida uni aniq sonini ajratib olish iloji bo‘lmaydi. Shu sababli, disksimon miqdorlagich yordamida har bir uyaga chigitni donalab ekish imkoniyatini tug‘dirish uchun, chigit qobig‘idagi tuk turli usul ( mexanik, kimyoviy)lar bilan olib tashlanadi va to‘kiluvchanligi yuqori bo‘lgan tuksizlantirilgan chigit tayyorlanadi. Urug‘lik chigitning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, uning unuvchanligidir. Unuvchanlik ekilgan chigitning necha foyizi unib chiqishini bildiradi. Bu ko‘rsatkich asosida belgilangano‘chat sonini olish uchun gektariga necha dona chigit ekish kerakligi aniqlanadi. Sun’iy ravishda o‘ta qulay sharoitlarda aniqlangan unuvchanlik, laboratoriya unuvchanligi deb ataladi. Tabiiy sharoitda, ya’ni dalada urug‘ ekilganidan so‘ng, 30 kun ichida ko‘karib chiqqan nihollar soni orqali daladagi unuvchanlik aniqlanadi. Daladagi unuvchanlik ( 57... 62% ) 292 laboratoriya unuvchanligidan ( 85...95% ) kamroq bo‘ladi, chunki chigit ekish va uning unib chiqishi, doimo optimal bo‘lgan tuproq-iqlim sharoitida bajarilavermaydi, hattoki, ayrim vaqtlarda ma’qul bo‘lmagan texnologiyadan chigit ekishda foydalanamiz. Solishtirma og‘irligi katta, yuqori unuvchanlik va o‘sish quvvatiga ega bo‘lgan chigit konditsion deb ataladi. Sifatiga qarab, chigit uchta klassga ajratiladi: 1-klass chigitining unuvchanligi 95% dan ko‘proq, 2- klass chigitniki 90...94% va 3- klass chigitning unuvchanligi 85...89% bo‘lishi kerak. Chigitning o‘sish quvvati (70...75%) ekilgan urug‘ning ma’lum vaqt ichida normal nihol berish darajasini bildiradi. Ekilayotgan bir xil navdagi urug‘larga iloji boricha boshqa navdagi chigit urug‘i aralashmagan bo‘lishi lozim. Keng tarqalgan g‘o‘za navlari.1000 dona chigitining massasi 105... 125 gramm (o‘rtacha kvadratik og‘ishi = + 12...14g ) bo‘ladi.
Chigit xossalari
Chigit seyalkasini loyihalashda uning ishchi qismlarining parametrlari chigit o‘lchamlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Chigit o‘lchamlari uning uzunligi U, qalinligi Q va eni E bilan tavsiflanadi. Chigitning yana bir muhim xossasi sifatida, uning ishqalanish koeffitsienti qabul qilingan. Jilvirlangan po‘lat sirt bo‘ylab quruq chigitning sirpanib ishqalanish koeffitsienti 0,6, namlangan chigitniki esa 0,9; bo‘yalgan po‘lat bo‘ylab quruq chigit sirpanishida 0,7, namlangan chigit 1,43; zanglagan po‘lat sirt bo‘ylab quruq chigit sirpanishida - 0,93, namlangan chigit 1,66; chigit bilan 293 chigit orasidagi ishqalanish koeffitsienti - 0,9 bo‘lishi aniqlangan. Tukli chigitni tezroq va bir tekis undirib olish va kasallikning oldini olish maqsadida, uni ekishdan oldin kimyoviy dori eritilgan suvda ma’lum vaqt davomida ivitilib qo‘yiladi. Seyalkani loyihalashda ivitilgan tukli chigitning bir-biriga yopishib qolish ehtimoli borligini, uning ishqalanish koeffitsienti kattaroq bo‘lishini e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
Namlangan chigit qobig‘i shikastlanmasligi uchun, seyalka qismlari unga 5,0 N dan ortiqroq kuch bilan ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |