Topshiriq va savollar:
Teri qoplamasi nima?
Teri qavatlari.terini chin qavatini tuzilishi.
Teri hosilalariga qaysi organlar kiradi ?
Junni tuzilishi, teri bezlari: ter va yog’ bezini tuzilish
4- Amaliy mashg`ulot. Siydik ayirish va ko’payish organlarining morfologik tuzilishi.
Darsning maqsadi: urug' xaltasi, yorg'oq, urug'don, urug'don ortig'i, tuzilishini o’rganish. Urug'don tizmachasi, urug' yo’li, urug' – siydik kanali, qo’shimcha jinsiy bezlar, jinsiy a'zo va preputsiyani tuzilishini o’rganish. Har xil hayvonlarni (sigir, qo’y, echki, cho’chqa, it va baytal) urg’ochilik jinsiy organlarini(tuxumdon, tuxum yo’lini) anatomik tuzilishini o’rganish. Har xil hayvonlarni (sigir, qo’y, echki, cho’chqa, it va baytal) urg’ochilik jinsiy organlarini(bachadon, qin, siydik jinsiy dahlizini ) anatomik tuzilishini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar: rasm, mulyaj, ho’l va quruq preparatlar.
Darsning mazmuni: erkaklik ko’payish organlarining asosiy vazifasi, erkaklik jinsiy hujayrasini (spermatazoid) etishtirish va urg’ochilik organlariga olib borib quyishdir.
Urug'don xaltasi – saccus testicularis - teri burmasidan iborat bo’lib, chovda ikkita yarim xaltacha shaklida joylashadi. Bu xaltachalarda urug'don, urug'don ortig'i va urug'donni tutib turadigan tizimchalar bo’ladi. urug'don xaltasiqishloq xo’jalik (bo’qa, cho’chqa, taka va ayg'irlarda) hayvonlarila ikkala sonning o’rtasida (chot oblastida) joylashadi. Cho’chqa, it, mushuk va tuyalarda orqa chiqaruv teshigining pastida bo’ladi. urug'don xaltasi quyidagiqismlardan iborat: yorg'oq – scrotum, teri va elastik muskul parda, yorg'oq terisi – cutis scroti - mayda (siyrak) jun bilan qoplangan bo’lib, yog’ va ter bezlari juda ko’p bo’ladi. Muskul – elastik parda - tunica dartos - teri ostiga yopishgan bo’lib, silliq muskul to’qimalaridan tuzilgan. Bu muskul qisqarganda urug'don xaltasining terisi burishadi va urug'donni tutib turish uchun xizmat qiladi.
Umumiy qin parda – tunica vaginalis communis - urug'don ustini xalta shaklida o’rab oladi.
Xususiy qin parda – tunica vaginalis proprio - qorin bo’shlig’ini vistseral varaђi hisobidan hosil bo’lib urug'donni parenximasiga yopishgan holda joylashadi.
Urug'don – testis, s. orchiq, s. didymis - asosiy organ bo’lib, urug' hujayrasi shu erda etiladi. urug'don yumaloqellipsoid shaklida bo’ladi. Uni ikki qismi - bosh va dum, ikki yuzasi - lateral va medial, ikki cheti - erkin va urug'don ortig'i bo’ladi. Urug'don ortig'i cheti - margo epididymus dorsal bo’sh cheti - margo liber ventral tomonida joylashgan.
Urug'don oq pardasi – tunica albuginea testis bilan qoplangan bo’lib, bu parda urug'donni tasmalar yordamida bir nechta kameralarga ajratib turadi. Kameralar ichida egri kanalchalar – canalis seminiferi conforti bo’lib, unda spermatogenez kechadi. Egri kanalni uzunligi 0,1 – 0,2 sm bo’ladi. Egri kanallar to’g’ri kanalga – canalis recti ga aylanadi, ular urug'don to’ri – rete testis ni hosil qiladi, unga gaymor tanasi - corpus highmori ham deyiladi.
Urug'don ortig'i – epididymis - tayyor urug'ni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiladi. U urug'don bo’ylab joylashadi, uni boshi – caput epididymis, tanasi– corpus epidymis va dum qismi - cauda epididymis bo’ladi. urug'don ortig'ining kanali bo’qalarda 40 – 50 m ga etadi.
Urug'don tizimchasi – funiculus spermaticus - chov kanalida joylashib, urug'donni tutib turadi. urug'don tizimchasi asosan, urug' yo’lidan, qon tomirlari, nervlar, urug'donni ko’taruvchi ichki muskul, seroz va fibroz pardalardan tuzilgan. urug'don tizimchasi qorin bo’shlig’idan ikkita burmaga bo’linadi. Qon tomirlar burmasi - plica vasculosa bel tomonga o’tib, ichki urug' arteriyasiga qo’shiladi.
Urug' yo’li – ductus deferens - uzun, ingichka naycha shaklida bo’lib, urug'donda tayyorlangan urug’ni chiqarish uchun asosiy yo’l hisoblanadi. Urug' yo’li urug'don ortig'ining dumqismidan boshlanadi va urug'don tizmachasi orqali chov kanalidan o’tib, qorin bo’shlig’iga tushadi, undan urug' yo’li burmasi – plica ductus deferens ga boradi, so’ngra siydik xaltachasining ustki qismidan o’tib, tos bo’shlig’i orqali siydik jinsiy kanaliga borib, pufakchasimon bez yo’li bilan ko’shilib, urug' chiqarish kanali – ductus eiaculatoris ga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |