Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti Agrologistika va biznes fakulteti



Download 444,97 Kb.
bet15/28
Sana21.04.2022
Hajmi444,97 Kb.
#569595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
Morfologiya amaliy

Nafas olish organlari
Nafas olish organlari organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida gazlar almashinuvchini ta’minlaydi. Quruqda yashovchi hayvonlar havo kislorodi, suvda yashovchi hayvonlar esa suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Tirik organizmning kislorodga bo‘lgan ehtiyoji juda katta. Masalan, itlar ovqatsiz uch hafta, suvsiz uch kungacha yashashi mumkin, ammo kislorodsiz uch minut yashay olmaydi.
Nafas olish organlari orqali gazlar almashinuvidan tashqari, ular yana bir qancha vazifalarni bajaradi: burun bo‘shlig‘i hid bilish, hiqildoq ovoz chiqarish, o‘pka esa suv bug‘latish uchun xizmat qiladi.
Nafas olish organlari ham boshqa organlar singari, qon aylanish, ovqat hazm qilish va nerv sistemasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, chunki o‘pkaga kirgan kislorod qon tarkibiga o‘tib, uning shaklli elementlari – eritrotsitlar orqali butun organizm to‘qimalariga tarqaladi va moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, paydo bo‘lgan karbonat angidrid tashqariga chiqib ketadi. Nafas olish sistemasining markazi uzunchoq miyada joylashgan.
Nafas olish tezligi va hajmi hayvonlarning katta – kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Hayvon qancha katta bo‘lsa, shuncha sekin va ko‘p havo oladi. Masalan, quyonlar bir minutda 50 – 60 marta nafas olsa, otlar 8 – 16 martagacha nafas oladi. CHunki mayda hayvonlarda moddalar almashinuvi juda tez boradi.
Nafas olish organlariga burun kataklari, burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak, bronxlar va havo almashtiruvchi asosiy organ – o‘pka kiradi.
Burun va burun bo‘shlig‘i
Burun – nasus nafas olish sistemasining boshlanish qismi bo‘lib, havo o‘tkazish, hid bilish, havoni isitish, u bilan aralashib kirayotgan har xil yot narsalarni ushlab qolish va ularni organizmdan tashqariga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. Burunda juft burun bo‘shlig‘i, uning old qismida burun kataklari bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘i kalla suyagi kovaklari bilan qo‘shiladi. Burun asosiy, uchki, yon va yuqori qismlarga bo‘linadi. Burunning yuqori qismi - dorsum nasi burun bo‘shlig‘ining qopqog‘i hisoblanadi. YOn qismlari burunning yon devorini hosil qiladi.
Burun bo‘shlig‘i - cavum nasi har xil hayvonlarda turli shaklda bo‘ladi. Uning boshlanish qismi tor, ichki teshigiga (xoanaga) yaqin qismi keng. Burun bo‘shlig‘i burun to‘sig‘i - septum nasi orqali o‘ng va chap bo‘shliqlarga bo‘linadi. Burun to‘sig‘i orqa tomondan panjarasimon suyakka birlashgan, oldingi tomoni esa tog‘ay plastinkadir. Tog‘ayning ustki qismi burun va peshana suyaklariga birlashgan, pastki tomoni esa dimog‘ suyagi ariqchasida joylashadi. Burun to‘sig‘ining oldingi qismi T shaklida ikkiga bo‘linib, burunning yon tog‘aylari - cartilago lateralis ni hosil qiladi. Burun katagining ustki yon tomonida qanotsimon tog‘ay - cartilago alares bo‘ladi. Burun katagi - nares hayvonlarda har xil shaklda bo‘ladi. Burun kataklari yon va o‘rta burun qanotlari - ala nasi lateralis dan iborat. Burun katagining yuzasi teri bilan qoplangan, u burilib ichkariga o‘tib, keyin shilimshiq parda hosil qiladi. Tashqi terisi sezuvchi junlar bilan qoplangan. Burun kataklarining ichki burun bo‘shlig‘iga qaragan qismida 5 – 7 sm keladigan soxta bo‘shliq - diverticulum nasi bo‘lib, uning keng orqa qismi burun bo‘shlig‘iga qo‘shiladi. Burun terisining shilimshiq pardaga aylanish joyida ko‘z yoshi kanalining teshigi ochiladi. Burun bo‘shlig‘ining shilimshiq pardasi jun va epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, ko‘p burma hosil qiladi. Ularning yon tomonida burunning yuqorigi va pastki chig‘anoqlari, orqa qismida esa panjarasimon suyakning labirintlari joylashadi.
Burun bo‘shlig‘i bosh suyagiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, ichi burun chig‘anoqlari bilan to‘lgan. Bo‘shliqning kaudal qismida burun to‘sig‘i oxirgacha bormaydi ya’ni yaxlit o‘rta kanal hosil bo‘ladi. Ikkala burun kanallari u orqali burun – halqum sohaga ochiladi.
Bosh suyagining qo‘shimcha bo‘shliqlari tizimi juda murakkab bo‘lib, buzoqlarda yaxshi rivojlanmagan. To‘liq o‘lchamlarga etish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi.
Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i yuqori jag‘da, tishlardan yuqorida joylashib, katta sohani egallaydi.
Peshana bo‘shlig‘i katta bo‘lib, bir nechta bo‘linmalardan tashkil topgan. Uning orqa bo‘limi asosan peshana suyagi ichida joylashib, bosh miyani yuqoridan o‘rab turadi va shox o‘simtasi ichiga kirib boradi. YOshi katta hayvonning shoxi singanda peshana sinusiga yo‘l ochiladi (Aspinall V., Cappello M. Introduction to veterinary anatomy and physiology textbook. Third edition, 2015)
Burunning yuqorigi chig‘anog‘i - concho dorsalis s. nasalis orqa qismi kengroq va panjarasimon suyakka qo‘shilgan, old tomoni esa ingichkaroq bo‘ladi. B chig‘anoqda ikkita to‘g‘ri burma bor, old qismida ular birlashib ketadi.
Pastki chig‘anoq - concho ventralis s. maxillaries da ham ikkita burma bor. Ularning yuqorigisi qanotsimon - plica alaris bo‘lib, S shakldagi tog‘ayga qo‘shiladi. Pastki burma burun katagi tomon o‘tib turadi. YUqorigi va pastki chig‘anoqlar har qaysi burun bo‘shlig‘ining yuqorigi, o‘rta va pstki yo‘llariga bo‘linadi. Ular qo‘shilib, burunning umumiy yo‘liga aylanadi.
Burunning yuqorigi yo‘li - meatus nasi dorsalis hid bilish organlari bilan bog‘liq bo‘lib, burun suyagi hamda yuqorigi chig‘anoq o‘rtasida joylashadi. Bu yo‘l torroq bo‘lib, panjarasimon suyakda tugaydi.
Burunning o‘rta yo‘li - meatus nasi medius yuqorigi va pastki yo‘llar o‘rtasida joylashgan bo‘lib, yuqorigi yo‘ldan bir oz keng u kalla suyagidagi kovaklar bilan qo‘shilgan bo‘ladi.
Burunning pastki yo‘li - meatus nasi ventralis pastki chig‘anoq ostida, tanglay suyagi ustida joylashib, anchagina keng bo‘ladi va to‘g‘ri ichki havo yo‘liga tomon o‘tadi.
Burunning umumiy yo‘li - meatus nasi communis burun to‘sig‘i va chig‘anoqlari to‘g‘risida joylashadi. Bu yo‘lga uchala yo‘l kelib ochiladi. U esa orqa tomondan burun – tomoq yo‘li - meatus nasi pharyngeus ga qo‘shilib ketadi. Burun yo‘llarining shilimshiq pardasi tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan. SHilimshiq pardaning hamma joyida qizg‘ish rangli bezlar bo‘ladi. Bu pardaning ostida zich joylashgan qon tomiri to‘rlari bo‘ladi. Burun – tanglay kanali dimog‘ – burun organi - organon vomera nosalis ga ochiladi. Bu organ shilimshiq parda kanalidan iborat bo‘lib. ichi suyuqlik bilan to‘lgan.
Burun kovaklari bu havo bilan to‘lgan suyak bo‘shliqlari bo‘lib, nafas olish tizimida ular burunning qo‘shimcha bo‘shliqlari deb ataladi va bosh suyagi yuz sohasida joylashadi. Ular tebranuvchi epiteliy bilan qoplangan va burun bo‘shlig‘i bilan tig‘iz teshiklar orqali birlashadi. Itlarda yuqori jag‘ kovagi xaqiqiy bo‘lmay, burun bo‘shlig‘ining kaudal uchida o‘yiq shaklda joylashadi. Peshana kovagi peshana suyakning ichida bo‘ladi.
Burun oldi bo‘shliklar (kovaklar) bosh suyakning vaznini engillashtirish va muskullar unga birikishini osonlashtirish uchun xizmat qiladi. Bu ayniqsa boshi katta hayvonlarga hosdir. Masalan, otning bosh suyakgidagi kovaklar ko‘p bo‘lib, yaxshi rivojlangan. Undan tashqari, bosh kovaklari harorat almashinuvi va shilliq ishlab chiqish uchun xizmat qiladi.
Yuqori jag‘ kovagining yallig‘lanishi (gaymorit) yuqori nafas olish yo‘llari yallig‘lanishida, masalan, mushuklar grippida paydo bo‘lishi mumkin. Bu infeksion kasallikni bir nechta viruslar chaqiradi (masalan, Calicivirus). Unda aksirish, til va kon’yunktivada yaralar paydo bo‘lishi, ishtaxa yo‘qolishi va gipertermiya kuzatiladi. Gaymorit qiyin davolanadi va uzoq vaqt davom etadi. Uni davolashda trepanatsiya qilinib, ekssudat chiqariladi va bo‘shliqqa antibiotiklar kiritiladi
O‘pkaga boradigan havo burun teshiklaridan kirib, burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Burun bo‘shlig‘i tog‘ay to‘siq orqali chap va o‘ng kameralarga bo‘linadi. Bo‘shliqqa kirish joyi junsiz ko‘p qavatli yassi epidermis bilan qoplangan. Epidermis kuchli pigmentlashgan bo‘lib, ter bezlari bilan yaxshi ta’minlangan. It burnining uchidagi epidermis unikal tuzilishiga ega bo‘lib, odamning barmoq iziga o‘xshaydi.
Burunning chap va o‘ng kameralari mayda spiral shaklida o‘ralgan suyak chig‘anoqlari bilan to‘lgan (ris. 8.2). burun kameralarining devorlari va chig‘anoqlar qon kapillyarlari bilan yaxshi ta’minlangan tebranuvchi shilliq epiteliy bilan qoplangan bo‘ladi.
Burundan qon ketishi bir va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. U shikast, infeksiya, yot narsalar (masalan, o‘t urug‘i) kirib borganda yoki o‘sma rivojlanganda hosil bo‘lishi mumkin.
Burun bo‘shlig‘ining to‘ridagi epiteliyda ko‘p miqdorda sezuvchan nerv uchlari mavjud (hid bilish soha). Ular hidni bilish uchun xizmat qiladi.
Burun shilliq pardasining yallig‘lanishi rinit deb ataladi. Jarayonga burun qo‘shimcha kovaklari ham qo‘shilishi mumkin. Kasallikni ko‘pincha Aspergillus zamburug‘i chaqirishi mumkin. Bu zamburug‘ chang, somon, pichan va o‘tda bo‘ladi. Rinitda aksirish, burun teshiklaridan ekssudat ajralishi, ayrim hollarda esa qon oqishi kabi klinik belgilar kuzatiladi
Qoramollarning burnida burun – lab ko‘zgusi (yaltirog‘i) -planum nasi labiale bo‘lib, u burun, yuqorigi lab – burun atrofi va teshigini o‘rab oladi. Burunning pastki qanotsimon tog‘ayining asosiy qismi langarsimon tog‘ay hosil qiladi. YUqorigi yo‘l uzun va tor, pastkisi keng bo‘lib, ularning har ikkalasi ham burunning o‘rta yo‘liga qo‘shiladi. Kavsh qaytaruvchi mayda hayvonlarning burun – lab ko‘zgusi uchburchak, burun teshigi S shaklda bo‘ladi. Cho‘chqalarning burnida serharakat xartumcha - rostrum bor, uning usti teri bilan qoplangan, terida ta’sir sezuvchi junlar, bezlar va retseptorlar bo‘ladi. Ularning burun bo‘shlig‘i anchagina tor va uzun, yuqorigi chig‘anog‘iga qaraganda keng bo‘ladi. Burun – ko‘z yoshi kanali ikkita teshik orqali pastki chig‘anoqning quyi qismiga ochiladi. Bir tuyoqlilarda burun – lab ko‘zgusi bo‘lmaydi. Burun bo‘shlig‘i keng yarim oy shaklida, burunning yon qanoti terisi ichki tomonga burilib, divertikula hosil qiladi. Burun qanotining asosini qanotsimon tog‘ay - cartilago alares tashkil etadi, uning yon plastinkasi va shoxchasi bo‘ladi. Burun bo‘shlig‘ining shilimshiq osti qon tomirlari. Ayniqsa, vena tomirlari yaxshi rivojlangan.

Download 444,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish