II-BOB.TAJRIBA O’TKAZISH SHAROITLARI, OB’EKTI VA USLUBLARI
2.1 Surxon sherabot vohasining tuproq iqlim sharoitlarida tajriba olib borish tartibi va uslubi
|
|
Surxondaryo viloyati O‘zbekistonning eng janubiy qismida joylashgan bo‘lib, 3 tomondan tog‘ bilan o‘ralgan. Shimoldan Zarafshon tog‘ tizmalari g‘arbdan Ko‘xitang, Sharkdan esa Bobotog‘ bilan chegaralangan. Viloyat janubidan Amudaryo oqib o‘tadi. Bu daryo Surxondaryo viloyatining asosiy suv manbayi bo‘lib, u shimoliy sharqdan janubiy g‘arbga tomon oqib o‘tadi. Bu geografik o‘ziga xoslik tuproq-iqlim sharoiti ma’lum darajada ta’sir etib turadi.
Iqlimi. Iqlimi kontinental. Surxondaryo viloyati sug‘oriladigan yerlarining o‘ziga xos tuproq iqlim sharoitiga ko‘ra 2 tabiiy qishloq xo‘jalik zonasiga bo‘linadi:
bu subtropik sahro zonasining tog‘ oldi pasttekisliklari va subtropik tog‘ oldi yarim sahro zonasi tekisliklaridir.
Pasttekislik sahro zonasi Sherobod, Muzrabod, Qiziriq, Angor, Jarqo‘rg‘on va Termiz tumanlarini o‘z ichiga oladi. Bu zona o‘lkamizdagi eng jazirama issiq zonalaridan biriga kiradi. Qishdan bahorga o‘tish haroratining keskin o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi. Bu tumanlarda fevralning o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorati 5 °S, mart oyniki 11°S, aprelniki 18,4 – 18,5°S ni tashkil etadi va bu harorat vegetatsiya davrining oxiriga qadar saqlanadi (2.1 -jadval).
Yillik foydali harorat yig‘indisi 4000°S va undan ko‘proq darajani tashkil etadi.
Yozi jazirama issiq, qishda esa deyarli sovuq bo‘lmaydi. Yil davomida quyoshli kunlar 260-280 kunga yetadi, 128-154 mm miqdordagi yillik yog‘in asosan kuz, qish va erta bahorda tushadi. Havo nihoyatda quruq, nisbiy namlik 43-45 foizga teng (2.2-jadval).
Zonaning tabiiy-iqlim sharoiti issiqsevar subtropik va boshqa ekinlar yetishtirishga qulaydir.Avgust oyining birinchi o‘n kunligidan boshlab viloyat hududida garmsel shamoli esadi.
Surxon-Sherobod vohasi iqlimining salbiy tomoni sifatida janubiy-g‘arbiy tarafdan esadigan «AFG‘ON» shamolini misol tariqasida keltirish mumkin. U ochiq maydonlarda juda katta kuch bilan esadi va surinkali 2-3 kungacha davom etadi. Bunday shamolning bazi yillarda davomida 30- 35 martagacha esishi kuzatilgan.
Bu shamol ko‘klamdagi ekish ishlari boshlanmasdan oldin janubiy-g‘arb tomondan esib kelib, shudgor namining tez ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi, bu holat esa o‘z navbatida ekish oldidan sug‘orish zaruratini keltirib chiqaradi.
«AFG‘ON» shamoli yoz oylarida havo namligini keskin kamaytirib yuboradi, o‘simlik tanasidagi namlik bug‘lanib, transpiratsiya holati kuchayadi. O‘rtacha yillik harorat yig‘indisi Termizda 5000-5700°S, Sherobodda 6155-6415° S ni tashkil etadi. Eng yuqori havo harorati Termiz, Sherobodda 49° S ekanligi kuzatilgan.
Sahro zonasida ekin o‘suv davridagi 10° dan yuqori havoning harorati
260 kunni, Sherobodda 3385 °S vaTermizda3209°Sbo‘lishi kuzatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |