Termiz – 2020 mund а r I j а


Oltinchidan, "Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish; Yettinchidan



Download 480,36 Kb.
bet91/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

Oltinchidan, "Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi Qonunni qabul qilish;

Yettinchidan, korrupsiyaga qarshi kurash olib boruvchi organlar faoliyatini takomillashtirish;

Sakkizinchidan, korrupsiyani vujudga keltirayotgan aniq sabab va shart-sharoitlarni aniqlash.

Yana shuni alohida qayd etish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash maqsadlariga faqat jinoyat-huquqiy vositalar bilan erishib bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda, bu maqsadlarga huquqning boshqa tarmoqlari vositasida erishish mumkin emas. Umuman olganda, korrupsiya hodisasiga keng ma’noda yondashadigan bo‘lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o‘ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman, barcha fuqarolarimiz mas’uldirlar.

Keyingi vaqtda jahonda korrupsiyaga qarshi kurashish muammosiga juda katta e’tibor berilmoqda. Korrupsiya hozirgi zamonning eng muhim muammosiga aylanmoqda va bu nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar faoliyatiga ham taalluqlidir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining doirasida milliy darajadagi hududiy tashkilotlar minbaridan turib qilinayotgan ma’ruzalarda yangramoqda, ya’ni korrupsiya deb atalmish bunday negativ hodisalarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibida, Jahon Banki, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki, Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti, Amerika Davlatlari Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va boshqa mintaqaviy va ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha konvensiyalar qabul qilingan hamda ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga soluvchi mahsus idoralar tuzilgan.

Yaponiyada, agar hukumat amaldori korrupsiyada ayblansa, unda hukumatning hamma a’zolari iste’foga chiqadi. Bir qator Yevropa mamlakatlarida, pora bilan qo‘lga tushgan amaldor nafaqat o‘z lavozimidan, balki pensiyasidan ham mahrum etiladi. Korrupsiya bilan kurashning eng ta’sirchan hollarini Skandinaviya mamlakatlari, bir qator Yevropa (Luksemburg, Niderlandiya, Shveysariya, Avstriya va boshqa) hamda Osiyo (Singapur, Gonkong) davlatlari misolida ko‘rishimiz mumkin.

Shu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug‘diradi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari singari O‘zbekiston Respublikasi ham bundan xoli emas. Korrupsiyaga va jinoyatchilikka qarshi kurash muammolariga bizdagi qiziqish aslo bejiz emas”. Korrupsiya nafaqat yashirin, balki kelishuvchilik xarakteriga ham ega. U, odatda, shikoyatga o‘rin qoldirmaydi, zero ikkala aybdor tomon ham mazkur noqonuniy kelishuvdan yaxshigina foyda oladilar. Hattoki, tamagirlik yo‘li bilan pora talab qilishga har oqlanishi mumkin, chunki turli mamlakatlardagi odamlar korrupsiya bilan kurash jarayoniga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Va bunga yetarli darajada ob’ektiv va sub’ektiv hamda milliy va xalqaro asoslar mavjud. Korrupsiya harakatlari, odatda, davlat faoliyatining juda murakkab spetsifik va maxfiy turlarida amalga oshiriladi, bunda o‘z kasbining ustasi bo‘lmagan odamning aqli yetishi ham qiyin.

Korrupsiya nihoyatda moslashuvchanlik xususiyatiga ega. U tinmay tusini o‘zgartirib, turlanib, mukammallashib boradi. Yashirinlik – uning asosiy xususiyati.

Boshqa tomondan, mutlaq yoki kvazi-mutlaq ruxsat olish uchun berilgan pora berish orqasida qolgan boshqalar uchun mazkur soha faoliyati yopiq hisoblanadi, bu tajovuzkor pora misolidir. Poralarning birinchi turi – bu erkin bozor tomon, ikkinchisi – erkin bozordan orqaga harakat.

Maxfiy korrupsiyaviy jinoyatlarining sub’ektiv sabablari ushbu ijtimoiy hodisaga qarshilik ko‘rsatish va kurashning qat’iy yo‘naltirilgan davlat siyosatining yo‘qligi, mazkur faoliyatga jalb etilgan xodimlarning professionallik darajalari yetarli darajada emasligi, jamiyatda o‘rnatilgan etik normalarning nomuvofiqligi, davlat xizmatiga kirayotgan kishilarning eng avvalo ma’naviy axloqlarga mos kelmasligini bildiradi.

Davlat mansabdorlarining amal pog‘onalaridan ko‘tarilish istiqbolining yo‘qligi hamda past oylik maosh ham korrupsiyaning paydo bo‘lishi va tarmoqlanishiga sabab bo‘ladi.

Hayot shuni ko‘rsatadiki, nafaqat korrupsiyani ta’qiqlaydigan qonunlarni qabul qilish kerak, shuningdek, ushbu qonunlar haqiqatanam amaliyotda qo‘llanilayotganini tasdiqlovchi ma’lum bir dalil-isbotlarni ham taqdim etish lozim. Amaliy hayotda, lavozim obro‘sini saqlash maqsadida, mansabdorlar o‘z hamkasblariga nisbatan har doim ham prinsipial va izchil bo‘lmaydilar.

Korrupsiyaning borgan sari o‘sib borayotganligiga, bizning fikrimizcha, korrupsiyaga qarshi kurashda oshkora siyosatning yo‘qligi, zarur qonunlarning yo‘qligi, davlat mansabdorlarining maoshlari past darajada ekanligi, yuqori ma’muriy va siyosiy lavozimdagi mansabdor shaxslarning tez-tez almashib turishi, davlat lavozimlarini egallab turish bilan bir vaqtda xususiy firmalarni boshqarib turuvchi shaxslar statutisining noaniqligi yoki deputat bo‘la turib savdo strukturalarini boshqarish hamda hukumat ijroiya organlari va hokazolarda ishlashni davom ettirayotganlari kabi holatlar sabab bo‘layotgani ehtimoldan xoli emas.

Korrupsiya fuqarolarda hukumatga ishonchsizlik uyg‘otadi, davlatning xalqaro maydonda o‘z obro‘siga putur yetishiga olib keladi, investitsiyaviy o‘sishni sekinlashtiradi, intellektual elitani mamlakatni tashlab ketishga majbur qiladi, mansabdor shahslarning jinoiy guruhlar bilan til biriktirishlarini tezlatadi, ya’ni ekstremizm, terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlarning ko‘payishiga olib keladi, pul vositalarining chetga oqib ketishiga va shunga o‘xshash salbiy holatlarni keltirib chiqaradi.

Davlatlararo miqyosda esa davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashga qaratilgan konvensiyalarni ratifikatsiya va ularni hayotga tatbiq qilish borasida faol hamkorlik qilishlari lozim. Milliy miqyosda esa, korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rilishi zarur, zero uning strategiyasi muhim amaliy qonunlarni o‘zida aks ettirishi, davlat xizmatining samarali va ochiq-oydin tizimini rivojlantirishi, oshkoralik va rostgo‘ylik, jamoatning faol ishtiroki, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va televideniye jamiyatning yangilanishiga xizmat qilishi kerak.

Korrupsiya haqida gapira turib, shuni ta’kidlash kerakki, u hattoki xalqaro tashkilotlarning faoliyatida ham o‘z o‘rniga ega bo‘layapti, bu haqda keyingi vaqtda juda ko‘p eslatilayapti. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, biz korrupsiyaning oldini olish hamda jilovlash bo‘yicha davlatlarning asosiy harakatlarini belgilashimiz mumkin, bular esa quyidagilardan iborat: faol xalqaro hamkorlik; milliy korrupsiyaga qarshi strategiyani ishlab chiqish va ularni qat’iy amalga oshirish; korrupsiyaning oldini olish va qisqartirishga qaratilgan tegishli qonunlarni qabul qilish; korrupsiyani tan olishda siyosiy irodaning ifodasi; doimiy monitoring o‘tqazish; axloqiy standartlar va ma’naviy oriyentirlarni tashkil qilish va qabul qilish; davlat xizmatiga kadrlarni yanada sifatliroq tanlash; tartib va intizomning sifatini ta’minlash; korrupsiya bilan kurashda qonun choralarini faol amalga oshirish; davlat organlari va xizmatchilarining faoliyatida ochiqoydinlikni ta’minlash; oshkoralik va rostgo‘ylik; nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va televideniye hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.




Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish