Termiz – 2020 mund а r I j а


O‘zbekistonda korrupsiya va jinoyatchilikning shakllanishi hamda unga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar



Download 480,36 Kb.
bet90/128
Sana31.12.2021
Hajmi480,36 Kb.
#209116
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128
Bog'liq
Fuqoralik Jamiyati maruza

4. O‘zbekistonda korrupsiya va jinoyatchilikning shakllanishi hamda unga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar.
Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyani oziqlantiradigan sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan har tomonlama va izchil chora-tadbirlarni qamrab oladi. Korrupsiya, agar unga qarshi doimiy kurash olib borilmasa, ko‘payish, kengayishga moyil bo‘lgan fenomendir.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy choralari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi.

Korrupsiyaga qarshi kurash O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ma’muriy-huquqiy islohotlarning muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Prezidentimizning ko‘pgina ma’ruza va asarlarida korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida korrupsiyani islohotlar yo‘lidagi to‘siq va davlatimizning milliy xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida baholaydi.

Jumladan, Prezidentimiz mazkur asarida “Mamlakatimizning kelajagini va obro‘-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu tahdidni esda tutmog‘i darkor. Halol mehnat qilish, o‘z bilimi, kuch-g‘ayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit bo‘lishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan to‘la-to‘kis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, jinoyatchilik va korrupsiya yo‘liga o‘z vaqtida zarur to‘siq qo‘yilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaxshi anglab yetmog‘i lozim” , deb ta’kidlaydi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish har bir davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: "...korrupsiya degan balo, ya’ni poraxo‘rlik, tamagirlik, xizmat vazifasini suiiste’mol qilish kabi illatlar uchrab turayotganini inkor etib bo‘lmaydi. Qonunga zid bo‘lgan bunday xunuk holatlar bilan murosa qilishga chek qo‘yishning vaqti keldi".

Mamlakatimiz "Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyili negizida rivojlanib bormoqda. Amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar davlat boshqaruvi idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan. Shuning uchun ham amaldagi barcha jamoatchilik nazorati mexanizmlari takomillashtirilib borilmoqda. "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi" jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga doir takliflarni o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda belgilangan vazifalar bu yo‘nalishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy asoslar va milliy qonunchilik tizimi takomillashmoqda.

Yigirma to‘rt yildirki, O‘zbekiston Respublikasi o‘zi tanlagan taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayapti. Xalqimiz va davlatning milliy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borilayotgan izchil tashqi siyosat davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishini, xalqaro maydonda obro‘-e’tiborining ortib borishini ta’minlayapti.

Muhtaram Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, «Hech shubhasiz, mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning darajasi, uning amaliy samarasi ko‘p jihatdan huquq-tartibot, prokuratura va sud organlari tizimining o‘zida bu illatga qarshi qanday kurash olib borilayotgani bilan bog‘liqdir».

Shunday qilib, jinoyatchilik, korrupsiya kabi illatlar bizning o‘z xavfsizligimizga ham, xalqaro xavfsizlikka ham tahdid soluvchi real manbadir. Albatta ushbu tahdidlarga qarshi kurash masalalari birgina bizga taalluqli emas. Shuning uchun ham jinoyatchilik, korrupsiya kabi illatlar haqida butun jahon hamjamiyati qayg‘urmog‘i lozim.Shundagina har bir mamlakatning, har bir xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor yaratiladi.

Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Natijada bugunga kelib yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllandi.

Ma’lumki, korrupsiya eng xavfli jinoyatlar sirasiga kiradi. U, Prezidentimiz o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli asarida ta’riflaganidek, eng avvalo, uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanish demakdir . Natijada, har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquqlari va erkinliklari poymol bo‘lishiga olib keladi. Ana shu bois unga qarshi kurashishni jahon talablari asosida tashkil etish maqsadida 2008 yili mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2003 yil 13 oktabrdagi Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qildi. Shuningdek, “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 2010 yil mart oyida davlatimiz Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasi (2003 yil 10 sentabr) ga qo‘shildi.

Shuningdek, davlatimiz 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentabr) qo‘shilgan. Oliy Majlis tomonidan esa Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimi (Moskva, 2011 yil 16 iyun) 2011 yil 13 dekabrda ratifikatsiya qilindi.

Bu boradagi kurashning samarali natijalariga erishish maqsadida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan bo‘lib, u tobora takomillashtirib borilmoqda.

Bundan tashqari, "korrupsiya" tushunchasini qonun yo‘li bilan mustahkamlash korrupsiyaga qarshi kurash olib boradigan turli sub’ektlarning vakolatlari doirasi va faoliyatining miq¬yosini aniqlash, ularning kuch-g‘ayratini to‘g‘ri muvofiqlashtirish va zarur o‘zanga solish imkonini beradi. Ko‘pincha korrupsiyaga qarshi kurash niqobi ostida hokimiyat bilan bog‘lanmagan oddiy jinoyatni aniqlash yashirinib yotadi. Holbuki, aynan hokimiyat bilan bog‘liqlik belgisi korrupsiya to‘g‘risida so‘z yuritish imkonini beradigan asosiy belgi hisoblanadi. Aniqlangan va barham berilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar miqdori haqidagi statistik ma’lumotlardagi farqlar shu bilan belgilanadi.

Demak, korrupsiya jinoyatlarining oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

Birinchidan, korrupsiyaning barcha turlariga barham berish uchun o‘z jinoyat qonunchiligining muvofiqligini, shu jumladan, jinoyat-huquqiy va protsessual normalarni tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqish;

Ikkinchidan, korrupsiya hamda hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishning oldini olish ma’muriy mexanizmlari va tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish;

Uchinchidan, korrupsiya domiga ilingan mansabdor shaxslarni aniqlash, tergov qilish va hukm etishning maxsus tamoyillarini belgilash;

To‘rtinchidan, korrupsiya natijasida qo‘lga kiritilgan mablag‘lar va mol-mulkni musodara qilish uchun huquqiy qoidalarni ishlab chiqish;

Beshinchidan, korrupsiyaga daxl¬dor korxonalarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash;


Download 480,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish