UZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGLIKNI SAKLASh VAZIRLIGI
TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
Davolash fakulteti
Tibbiy-pedagogika fakulteti
TERI-TANOSIL KASALLIKLARI KAFEDRASI
MAVZU № 4
PUFAKLI VA VIRUSLI KASALLIKLAR
Tuzuvchilar: dost. ALLAEVA M.d., dost MUSAEVA N.Sh.
TAShKENT - 2013
Ma’ruza rejasi va organizastion tuzilishi:
1. Kirish suzi, boshlangich bilim darajasini aniklash, ma’ruz
a moxiyatini tushuntirish
1. pursildok yara- etiologiya, patogenez ,klinika, diagnostika.differenstialnaya diagnostika,davolash
2. Dyuring dermatiti - etiologiya, patogenez,klinika, diagnostika.differenstial diagnostika, davolash
3. Virusli dermatozlar etiologiya, patogenez ,klinika, diagnostika.differenstialnaya diagnostika, davolash
Ma’ruza №4
MAVZU: PUFAKLI VA VIRUSLI KASALLIKLAR
Oddiy uchuk (HERPES SIMPLEX)
Oddiy uchuқ (pufakchali temiratki) yoki oddiy gerpes (herpes simplex), ko’p uchrovchi terining virusli kasalligi ҳisoblanadi. Kasallik ҳar ikkala jinsda, ҳar xil yoshda uchraydi. Kasallikning joylashishi, kechishi va oғirligiga қarab bir necha turi farқlanadi.
Etiologiyasi. Oddiy uchuқ chaқiruvchisi filtrlanuvchi virus ҳi-soblanadi. Bugun odam gerpes virusi bilan chaқiriladigan ҳasta-liklar soni ko’payib dunyoda gripp kasalligidan keyingi o’rinni egallaydi. Gerpes viruslarining turlaridan odamda OGV–1 (yuz uchu-ғi) va OGV–2 (genital gerpesi) turi ajratilgan. Jinsiy yo’l bilan yuқadigan infekstiyalar guruҳiga genital gerpes қo’zғatuvchisi OGV–2 kiritilgan.
Patogenezi. Organizmga virus turli yo’llar bilan tushadi (ҳavo tomchi yo’li, teri va shilliқ pardalar orқali) va gerpetik infekstiya klinikasini yuzaga keltirib, organizmda bir umr қolib ketadi, latent ҳolatdan aktiv ҳolatga o’tib, kasallikning қaytalashiga olib ke-ladi. Virus teri, shilliқ қavatlar periferik va markaziy nerv sistemasi, jigar, қon tomirlar endoteliysini va қon ҳujayra-larini (T-lim-fostitlar, eritrostitlar, trombostitlarni) zararlaydi va (OGV-2) odam ҳujayrasining genetik tizimiga integrastiyalanib ҳujayra-lar-ning atipik trasformastiyalanishiga olib keladi (bachadon bo’yin ra-ki). Ko’p ҳollarda virus organizmda tinch ҳolatda turib klinik alomat-larsiz kechadi va bu odamlar infekstiya manbai va tar-қa-tuvchilardir. Gerpes kasalligining tez-tez қaytalab turishiga va oғir kechishiga gumoral va ҳujayra immunitetining aҳamiyati juda katta.
Kasallik patogenezida va uning қaytalashida қuyidagi omillarning aҳamiyati katta: organizmning issiқlanishi, sovuқ қotishi, yuқumli kasalliklardan keyingi ҳolat, rak va boshқa ҳolatlar, қaysiki, ҳujayra immunitetining susayishiga olib keluvchilar.
Klinikasi. Oddiy uchuқning ko’p uchrovchi soҳasi tabiiy yoriқlar atrofi ҳisoblanadi: burun қanotlari, oғiz burchaklari, lab қizil ҳoshiyasi, jinsiy a’zolar. Dastlab bir joyda, kamroқ ikki va undan ortiқ soҳalarda chegaralangan giperemiya yuzasida o’lchamlari moshdek yoki mayda no’xotdek pufakchalar ҳosil bo’ladi. Ҳar bir o’choқda pufakchalar 2–3 tadan 8–10 tagacha etadi. Pufakchalar guruҳ-guruҳ joylashib, shaffof eksudat saқlaydi, suyuқlik 2–3 kunda xiralashadi. Ayrim ҳollarda pufakchalar tomi birikib, 1–1,5 sm li ko’pkamerali pufak ҳosil bo’ladi, pufak chetlari gajimdor ko’rinishga ega. Keyinchalik pufakchalar қurib sarғish-қo’nғir қaloқga aylanadi va 5–6 kundan so’ng ko’chadi. Қaloқlar o’rnida biroz қizғish yoki pigmentli doғ қoladi. Ayrim ҳollarda esa pufakchalar 2–3 kundan so’ng yoriladi va to’қ қizil rangli, atrofi gajimdor eroziya ҳosil bo’ladi. Pufakchalar toshishi sanchiқ, achishish, ayrim ҳollarda atrof to’қi-ma-larning shishishi bilan kechadi. Bemorning umumiy aҳvoli odatda o’z-garmaydi, ayrim bemorlargina ҳolsizlik, mushaklar oғrishi, et uyushi-shidan shikoyat қiladilar. Tana ҳarorati 38–39° S gacha ko’ta-ri-lishi mumkin.
Gerpetik stomatit – oddiy uchuқning bir ko’rinishi ҳisoblanadi. Pufakchalar oғiz shilliқ pardasida tarқoқ ҳolda toshadi va lab, lunj, milk ҳamda tanglayni jaroҳatlaydi. Shishib, қizargan shil-liқ pardada to’p-to’p pufakchalar ҳosil bo’lib, 1 soat ichida yoriladi va ular o’rnida mayda gajimdor eroziyalar kuzatiladi. 2–4 kun o’tgach, eroziya yuzalari mayin, yupқa fibrinoz parda bilan қoplaydi. 6–14 kun va undan uzoқroқ vaқt o’tgach eroziyalar epitelizastiyaga uchraydi.
Bemorlar gipersalivastiya va oғriқdan shikoyat қiladilar.
O’tkir gerpetik (o’tkir aftoz) stomatit 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda tashxis қilinadi. Bexosdan boshlanib, ayrim ҳollarda kamқonlik, ҳarorat ko’tarilishi kabi ҳolatlar bilan boshlanadi. Giperemiyalanib shishgan shilliқ parda yuzasida aftasifat toshma toshadi, toshma ҳar xil soҳada joylashishi mumkin. Oddiy gerpetik tosh-ma-dan farқli o’laroқ ular markazidan nekrozlangan afta ko’rini-shida bo’lib, atrofi o’tkir yalliғlangan ҳalқa bilan o’ralgan ҳolda bo’ladi. Ular o’lchami 0,5–10 sm keladi. Dastlab toshmalar chegarali bo’lib, juda afta ko’rinishiga o’xshab ketadi, ko’plab toshmalar kuza-til-sa, қo’shilib, katta-katta eroziv yarali o’choқlar vujudga keladi. Jarayon gipersalivastiya va kuchli oғriқ bilan kechadi.
Ayollarda jinsiy a’zolar soҳasi uchuғi қo’zғatuvchisi ҳomila va yangi tuғilgan chaқaloқlarning zararlanishiga sabab bo’ladi. Bunda ҳomila tash-lash, ҳomila o’limi yoki ҳar turdagi nuқsonlarning paydo bo’lishi kuzatilishi mumkin. Shular bilan bir қatorda virus bachadon bo’yni raki (saratoni) rivojlanishiga asosiy sabab bo’lib ҳisoblanadi.
Keyingi yillarda jinsiy yo’l bilan yuқadigan turli infekstiyalar ko’payib ketib, birgalikda kechishini ҳisobga olgan ҳolda, genital gerpes bilan murojaat қilgan bemor nikoҳdan tashқari, ko’p va betartib jinsiy aloқalar borligini ko’rsatsa – bu bemorni boshқa JYBYuIlarga tekshirish maқsadga muvofiқdir.
Tashxis. Tipik klinik ko’rinish va joylashish bilan kechgan oddiy uchuқ tashxisi қiyinchilik tuғdirmaydi. Oғiz shilliқ pardasida joylashib, gerpetik stomatit ҳolida kechsa ko’p xilli eksudativ eritema yaralari bilan қiyosiy tashxis қilinadi.
Ko’p xilli eksudativ eritemada mavsumiylik (baҳor, kuz) bor; o’ta қizarib shishgan shilliқ pardada yirik pufak ҳosil bo’lib, tezda yoriladi. Yorilgan pufak o’rnida yirik, noaniқ shaklli eroziya o’choғi ҳosil bo’ladi va fibrinoz parda bilan қoplanadi. Lab қizil ҳoshiyasida pufak suyuқligi tezda қurib, қalin қonli қaloқ vujudga kela-di. Gipersalivastiya kuzatilib, ovқatlanish oғriқli va қiyin bo’ladi.
Differenstial tashxisi:
1. Siphilis primaria.
2. Herpes zoster.
3. Impetigo contagiosa.
4. Ulcus vulvae acutum.
Pufakchalar yorilib, eroziya ҳosil bo’lganda birlamchi zaxm tosh-malariga o’xshab ketadi. Ammo shankrning oval shaklli, atrofi қizar-magani, қattiқ-elastik infiltrat borligi, yuzasidan oқish trepone-malar topilishi, shu bilan birgalikda achishmasligi, uni қiynal-masdan oddiy uchuқdan ajratishga imkon beradi.
Laborator tekshiruv usullari: polimeraz zanjir reakstiyasi (PZR).
ҚAMRAB OLUVChI TEMIRATKI (HERPES ZOSTER)
Қamrab oluvchi temiratkini filtrlanuvchi virus chaқiradi. Ҳar ikkala jinsda ҳam uchrab, ҳar xil yoshlarda kuzatiladi, ammo 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda uchramaydi.
Kasallik o’tkir kechib, қattiқ nevralgik oғriқlar bilan kuzatiladi va tana ҳarorati ҳam ko’tariladi.
Klinikasi. Asosan periferik nerv tolalari bir tomonlama jaroҳatlanadi, ko’pincha қovurғalararo nerv jaroҳatlanib, nerv tolalari yo’nalishi bo’yicha toshma toshib, oғriқ bezovta қiladi.
Uchlamchi nervning birinchi va uchinchi shoxi jaroҳatlansa oғiz shilliқ pardasida toshmalar toshishi kuzatiladi. Toshmalar xuruj-xuruj қilganday toshadi, ular paydo bo’lgach, ҳarorat ko’tariladi. Gi-pe-remiyalangan teri yuzasida guruҳ-guruҳ pufakchalar paydo bo’lib, ular dastlab seroz suyuқlik saқlaydi, asta-sekin suyuқlik loyқa-lanadi, қurib seroz қaloқ ҳosil қiladi. Dastlabki guruҳ toshmalaridan so’ng navbatdagi guruҳ toshmalar paydo bo’lib, nerv tolasi yo’nalishini қoplaydi. Toshmalar bir vaқtda toshmaydi, shu sabab bir bemorda ҳar xil toshma: eritema, pufakcha, seroz қaloқlar, eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar cheti mayda gajimdor. Қaloқlar ko’chib, eroziya bitgach, o’rnida ikkilamchi doғ ҳosil bo’ladi.
Oғiz shilliқ pardasining chegaralangan ҳoldagi jaroҳatlanishi juda kam uchraydi. Қamrab oluvchi temiratki oddiy uchuқdan farқli o’laroқ bir tomonlama jaroҳat chaқirib, toshmalar nevralgik oғriқ bilan kechadi va toshmalardan oldin bezovta eta boshlaydi. Pufakchalar tanglay, lunj, til shilliқ pardasida joylashadi. Til jaroҳatlansa jarayon tilning ikkinchi yarmiga ҳam o’tadi va uni 2/3 қismini egallaydi, bu ҳolat til innervastiyasi bilan boғliқ, sababi uchlamchi nerv shoxlari bir-biri bilan anastomoz ҳosil қiladi. O’ta shishgan, қizargan shilliқ pardada ҳosil bo’lgan to’p-to’p pufakchalar tezda yorilib, gajimdor eroziyalar ҳosil қiladi. Eroziya yuzalari 2 kunda zich fibrinoz pardalar bilan қoplanadi. Қamrab oluvchi temiratki uzoқ kechib, ayrim ҳollarda 5 ҳafta davom etadi.
Kam қuvvatli, oғir xastalikka chalingan bemorlarda kasallikning gangrenoz turi kuzatiladi. Bu ҳollarda toshmalar o’rnida yaralar ҳosil bo’lib, o’rnida chandiқlar қoladi.
Қamrab oluvchi temiratki o’zidan so’ng immunitet қoldiradi, қaytalashi kuzatilmaydi. Ammo oғir kasalliklar bilan oғrigan kishilarda, immunitet susayishi ( rak, leykoz) қaytalash va tarқoқ turi kuzatilishi mumkin. Ayrim bemorlarda kasallikdan so’ng nevralgik oғriқ uzoқ vaқt saқlanishi mumkin.
Patogenezi. Kasallikni filtrlanuvchi virus chaқiradi, u der-matoneyrotrop xususiyatga ega. Virus, bolalarda suvchechak chaқiruvchi virus bilan bir xildir. Kasallikni keltirib chiқaruvchi omillar: sovuқ olishi, surunkali intoksikastiyalar, қon kasalliklari, o’sma kasalliklari.
Davosi. Birinchi navbatda analgetiklar (analgin, baralgin) tayin etiladi. Astetilsalistil kislotasi yoki amidopirin 0,5 g. dan kuniga 3–4 marta, antibiotiklar, xususan, rifampistin 0,6 g. 1 sutkada (0,3 g. dan 2 maҳal). Vitaminlardan V12 – 500 m/o ҳar kuni. Maҳalliy anilin bo’yoқlarining spirtdagi eritmalari, virusga қarshi ta’sirga ega vositalar, saқlovchi mazlar (aklovir 5%, tebrofen 2%, oksalin 3%) tayin etiladi. Maҳalliy қo’shimcha қuruқ issiқ ta’siri, UBN, ultratovush, diadinamik tok nerv yo’nalishi bo’ylab tayin etiladi.
YuҚUMLI MOLLYuSK
Yuқumli mollyusk degenerativ va stitoliz ҳolatlari bilan kechadigan virus kasallik.
Etiologisi va patogenzi. Kasallik қo’zғatuvchisi (Molluscovirus hominis) filtrlanuvchi, DNKli virus bo’lib, aksariyat boғcha, kichik maktab yoshdagi bolalarda (1–7 yosh) kasallik chaқiradi. Ularga kasallik to’ғridan-to’ғri virus tashuvchidan yoki umumiy sochiқ, vanna, idish-tovoқ, o’yinchoқ va boshқalardan yuқishi mumkin. Ayrim ҳolat-larda kasallik bolalar muassasasida epidemik tarқalib ketishi mumkin. Kattalarga virus maishiy- kontakt yo’li bilan birgalikda jinsiy aloқa yo’li orқali yuқadi. Shu sababli yuқumli mollyusk jinsiy yo’l bilan yuқuvchi kasalliklar guruҳiga kiradi.
Klinikasi. Kasallikning inkubastion davri 2–3 ҳaftadan bir necha oygacha davom etadi. Shundan so’ng soғlom teri yuzasida mayda (1–2 mm), asta-sekin kattalashadigan,chegaralari aniқ, yaltiroқ, oқish marvarid rangli, markazida kindiksimon botiқchali, zich-elastik konsistenstiyaga ega tugunchalar paydo bo’ladi. Ular yuz, ko’z atrofi, bo’yin, ko’krak, қo’l panjasi, қorin soҳasi, jinsiy a’zolar terisida uchraydi. Kasallik toshmalari sub’ektiv ҳissiyotlarsiz kechadi. Tugunchalarni yon tomonlaridan siқib ko’rilganda, markazidagi botiқ-cha-dan bo’tқasimon massa chiқadi. Bu massa muғuzlangan eniteliy ҳujay-ralaridan iborat bo’lib, mollyusk tanachalari deb ataladi. Tugun-cha-lar son va ҳajmi jiҳatidan ҳar xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ayrim ҳollarda tugunchalar ingichka asosda, oyoқchada joylashadi. Yuқum-li mollyuskning қuyidagi klinik turlari farқlanadi: ko’p sonli mayda toshmali, ingichka asosli (oyoқchali) va gigant toshmali.
Diagnozi. Klinik belgilarga asoslanib kasallikni aniқlash қi-yin emas. Yuқumli mollyuskni terining o’simtali toshmalari va jinsiy a’zolarda joylashgan ҳolatlarda zaxm toshmalari bilan taқ-қoslab ko’riladi. Bunda, yuқumli mollyuskni boshқa turdagi toshma ele-ment-laridan ajratib turuvchi belgi – siқib ko’rilganda, markazdagi bo-tiқ-chadan bo’tқasimon massa chiқishi va mikroskopda ko’rilganda, katta, oval, protoplazmasida kiritmalari bor ҳujayralar (mollyusk tanachalari) topilishidir. Jinsiy aloқa orқali kasallik yuқtirilgan ҳollarda zaxm va OIVga қon tekshiruvlarini o’tkazish o’rinlidir.
Davosi. Tugunchalar pinstet bilan siқib tashlanadi yoki o’tkir uchli Folkman қoshiқchasi bilan қirib olinadi, ba’zan diatermokoagulyastiya, kriodestrukstiya usullari қo’llaniladi. O’rni – 2–5% li yodning spirt-
li eritmasi bilan artiladi va yuzasiga virusga қarshi (bonafton, oksalin, gossipol, tebrofen, interferon) malҳamlar surtiladi.
Ikkilamchi infekstiya bilan asoratlangan ҳollarda antibiotikli malҳamlar (tetrastiklin, sintomistin, eritromistin va boshқalar) ishlatiladi.
SO’GALLAR
So’gallarni papillomatoz virus chaқiradi. So’gallarning to’rt turi bor: oddiy, yassi, o’tkir uchli (o’tkir uchli kandilomalar) tovon so’gali. So’gal ҳamma yoshdagi kishilarda uchraydi, oddiy va yassi so’gal ko’proқ bolalar va yoshlarda uchraydi. Kasallik yuқumli.
Oddiy so’gal, asosan, қo’llarda, yuzda, lab қizil ҳoshiyasida, lab burchagiga yaқin soҳada, juda kam ҳollarda oғiz shilliқ pardasida uchraydi. Oddiy so’gal diametri 1 sm gacha boruvchi tugunchadan tashkil topadi. Tuguncha teri satҳidan ancha ko’tarilib turadi, rangi қo’nғir yoki teri rangida, zich konsistenstiyada. Uzoқ saқlanuvchi yirik so’gal yuzasida so’rғichsimon o’simtasi bo’lib, yuzasi muғuzlanib turadi.
Yassi so’gal ko’proқ bolalar va yoshlarda kuzatiladi. O’lchamlari 3 mm gacha bo’lgan, yassi teri satҳidan biroz ko’tarilib turuvchi, ko’pincha poligonal shaklidagi tugunchalardan iborat. Rangi teri rangida yoki pushti, қo’nғir tusda bo’ladi. Bu xil so’gallar ko’p uchrovchi soҳa: қo’l panjasi yuzalari va yuz terisi. Yuzda ko’plab toshsa, lab қizil ҳoshiyasida ҳam kuzatiladi. Ayrim bolalar biroz қichishi-shi-dan shikoyat etadilar.
Davolash. Yuқoridagi tur so’gallarda virusga қarshi 3% li oksalin, 5% li tebrofen, 0,5 % bonafton mazlari ishlatiladi. Suggestiv terapiya ҳam ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Krioterapiya va elektrokoagulyastiya yaxshi samara beradi.
O’TKIR UChLI KANDILOMALAR
Yumshoқ konsistenstiyali, bo’lak-bo’laklardan tashkil topgan va ko’rinishi "gulkaram", "xo’roz toji"ni eslatuvchi, ingichka "oyoқcha"da turuvchi ҳosiladir. Rangi pushti yoki soғ teri rangida, ta’sirlanish natijasida kattalashadi. O’tkir uchli kandilomalar, asosan, jinsiy a’zo, anal soҳa, olat toji, yopқichi soҳasi, қinga kirish soҳasida, bolalarda esa burun, yonoқ, burun-lab burmalari soҳasida uchraydi. Davosi: jarroҳlik usulida olib tashlanadi.
PO’RSILDOҚ YaRA (Pemphigus)
Po’rsildoқ yara – akantoliz (akantolizis) tufayli o’tkir yalliғla-nishsiz teri va shilliқ pardalarda rivojlangan pufak ҳosil bo’li-shi bilan kechadigan kasallik ҳisoblanadi. Po’rsildoқ yara ҳar ikkala jinsda uchrab, 40 yoshdan kattalarda ko’proқ uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi.
Po’rsildoқ yaraning 4 xili tafovut etiladi: oddiy (P. vulgaris), barg-simon (R.foliaceus), tarқaluvchi (P. vegetans) va seboreyali (P.seborrhoi-cus). Oddiy turi boshқa turlariga nisbatan ko’proқ uchraydi. Oғiz shil-liқ pardasi jaroҳatlanishi bargsimon turidan boshқa ҳamma turlarida kuzatiladi.
Oddiy po’rsildoқ yara deyarli doimo oғiz shilliқ pardasi jaro-ҳatlanishi bilan boshlanadi yoki teri jaroҳatlanishi bilan boshlan-sada, albatta keyinchalik oғiz shilliқ pardasi ҳam jaroҳatga uch-ray-di. Shu sababli kasallik avjiga chiққan davrda doimo oғiz shilliқ pardasi jaroҳatlanganligini kuzatamiz.
Klinikasi. Oddiy po’rsildoқ yaraning klinik ko’rinishi tipik, monomorf pufaklar toshishi bilan xarakterlanadi. Ko’rinishidan soғ bo’lgan teri satҳida o’lchamlari 0,5–1,0 santimetrdan 5 sm, ҳatto undan katta o’lchamli, yupқa tomli pufak paydo bo’ladi. Pufak suyuқligi shaffof bo’lib, қisқa muddatda loyқalanadi. Pufak tomi oson yorilib, yuza, to’қ қizil rangli chaқalar ҳosil қiladi. Bu chaқalar uzoқ bitmaydi. Chaқa chetlarida epidermis bo’lakchalari saқlanadi. Epidermis bo’lakchalarini pinstet yordamida tortsak ko’rinishidan soғ ko’ringan teri satҳidan epidermis oson ko’chishi kuzatiladi va ayrim shaftoli mevasi terisining engilgina tozalanishini eslatadi. Bu ҳolat akantolizis ҳodisasi tufayli kuzatilib, Nikolskiy simptomi deb nomlangan.
Oғiz shilliқ pardasida ҳosil bo’lgan pufaklar juda yupқa tomli bo’lib, tikanaksimon қavatning yuқori soҳalaridan akantoliz tufayli vujudga keladi. Ovқat luқmalari, til ҳarakati ta’sirida tezda yorilib, yuza, dumaloқ-suyri shaklli to’қ қizil chaқalar ҳosil қiladi. Aksariyat oғiz shilliқ pardasida pufakni kuzatish қiyin. Ҳosil bo’lgan chaқalar ko’rinishidan soғ shilliқ pardalar yuzasida kuzatiladi. Eroziya atroflarida epiteliy ko’chkilari, bo’lakchalari kuzatiladi, ularni chetlaridan tortilsa Nikolskiy alomati oson chaқiri-ladi. Ayrim ҳollarda eroziya yuzalarini parda қoplagandek bo’lib, uni shtapel yordamida oson ko’chirish mumkin va u parda emas, pufak tomi, ya’ni epiteliy ko’chkisi ҳisoblanadi. Agar o’z vaқtida tashxis қo’yilmay, davo boshlanmasa, yakka-yakka siyrak toshmalar ortidan ko’plab toshmalar lunj, milk, tanglay soҳalarida paydo bo’ladi, yangi eroziyalar kuzatiladi, eroziyalar қo’shilib yirik-yirik o’choқlar ҳo-sil қiladi. Ularning bitishi sust bo’lib, uzoқ davom etadi. Ovқatlanish, gaplashish oғriқ tufayli oғirlashadi, gipersalivastiya tufayli lab burchaklari bichiladi, oғriydi. Bunday bemorlar oғiz bo’shliғi-dan қo’lansa is anқiydi. Pufak va chaқalar oғiz shilliқ pardasidan tashқari lab қizil ҳoshiyasi, oғiz burchaklari, iyak, daҳanda ҳam paydo bo’ladi. Toshmalar ko’pincha қo’shilib lab қizil ҳoshiyasi va teri yuzasidagi chegara yo’қoladi. Jaroҳat yuzasi қonli, yiringli қaloқlar bilan қoplanib, joylarda namlik, joylarda қuriқ yoriқlar vujudga keladi. Ayrim ҳollarda ovoz bo’ғilishi kuzatiladi, bu ҳol yutқun jaroҳatlanganidan darak beradi.
Oddiy po’rsildoқ yara ko’pincha yutқunning jaroҳatlanishi bilan boshlanib, uzoқ vaқt bilinmaydi.
Seboreyali po’rsildoқ yaraning oғiz shilliқ pardasidagi klinik kechishi oddiy po’rsildoқ yaradan farқ қilmaydi. U terida yoғli қaloқlar bo’lishi ҳolida kechib, asosan, boshning soch қismi, burun қanotlari burmasi, lab burchaklari, қuloқ suprasi burmalari, ko’krak қafasi soҳasida kuzatiladi. Yuzda xususan, yonoқ, burun devorlari, қanotlari soҳasida, peshonada eritematoz o’choқlari ҳolida kechgani sababli "қizil yugirik" ko’rinishini eslatadi va shu sabab eritematoz tur deb ҳam ataladi.
Tashxis. Tashxis uchun asosiy belgi – Nikolskiy simptomi ҳisoblanib, u oson chaқiriladi. Agar chegaralangan jaroҳat ҳolida oғiz shilliқ pardasi shikastlansa va Nikolskiy simptomi musbat bo’lsa, po’rsildoқ yara tashxisi yakuniy deb bo’lmaydi, sababi bu simptom allergik medikamentoz stomatitlarda ҳam uchraydi. Shu sabab tashxis қo’yish stitologik tekshiruv, ya’ni bosma surtmadan akantolik ҳujayra topilishiga asoslanadi.
Akantolik ҳujayrani aniқlash uchun o’choқdan, ya’ni pufak tubi chaқadan, bir bo’lak kanstelyariya rezinkasi yordamida surtma olinib, buyum oynachasiga surtiladi. Ashyo қuritilib, spirt yordamida fiksastiya қilinadi, so’ngra Romanovskiy-Gimza usulida bo’yaladi. Akantolitik ҳujayra o’zgargan tikansimon ҳujayra bo’lib, u dumaloқ shaklli va yirik siyoҳrang yadroga ega. Ҳujayra stitoplazmasi bir xil rangga ega emas: yadro atrofi och zangori rangda, chekkalari esa to’қ ko’kish tusga ega. Akantolitik ҳujayralar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Ҳujayralar soni kasallik avj olgan va қaytalangan paytda ko’payadi.
Po’rsildoқ yara oғiz shilliқ қavatida uchrasa, birlamchi toshmasi pufakli kasalliklar bilan қiyoslanadi. Po’rsildoқ yarani pufakli dermatozlar bilan қiyoslaganda pufaklarni epiteliyga nisbatan joylashishini inobatga olish zarur. Pemfigoidda pufaklar subepitelial joylashadi, shu sababli ular қalin tomga ega va uzoқ vaқt yorilmay saқlanadi, ularni kuzatish mumkin. Pemfigoidda ҳosil bo’lgan eroziyalar biroz yalliғlangan, қizargan asosga ega va ko’pincha ularning yuzasi fibrinoz parda bilan қoplangan bo’ladi. Po’rsildoқ yara tashxisida xal қiluvchi aҳamiyatga ega belgilar: bosma-surtmadan akantolitik ҳujayra musbatligiga, IFR javobi, tikanaksimon қavat ҳujayralararo substanstiyalarida yiғilishini kuzatishdir.
Oddiy po’rsildoқ yaradan ko’z po’rsildoқ yaraning farқi shuki, kon’yuktivada chandiқ kuzatiladi. Ayrim, kam ҳollarda oddiy po’r-sil-doқ yara ҳam ko’z kon’yuktivasini jaroҳatlashi mumkin, ammo ҳech қachon chandiқ ҳosil қilmaydi va izsiz yo’қoladi.
Ko’p xilli eksudativ eritema o’tkir boshlanib, mavsumiylikka ega va nisbatan қisқa vaқt davom etadi (4–5 ҳafta) ҳamda rivojlangan yalliғlanish bilan xarakterlanadi, ayniқsa oғiz shilliқ pardalari, lab soҳasidagi toshmalar. Bosma-surtmadan akantolitik ҳujay-ra bo’lmasligi, Nikolskiy simptomlari kuzatilmasligi bilan farқ қiladi.
Klimatik gingivit va pufak tomirlari sindromi oddiy po’rsil-doқ yaradan shu bilan farқ қiladiki, bu kasalliklarda oғiz shilliқ pardalarida doimo pufakni ko’rish mumkin. Nikolskiy simptomi (–), akantoliz kuzatilmaydi.
Prognoz. Kortikosteroid preparatlarni қo’llangunicha bo’lgan davrlarda prognoz yomon ҳisoblangan. Kortikosteroid preparatlari faқatgina jarayonni to’xtatadi, shu sabab ularni to’xtovsiz, uzoқ muddat қabul etishga to’ғri keladi, bu esa o’z navbatida turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin.
Davolash. Po’rsildoқ yarani davolashda kortikosteroidlar va stitostatik preparatlar tayinlanadi. Kortikosteroidlardan prednizolon, deksametazon, triamstinolon қo’llaniladi. Prednizolon katta zarba beruvchi miқdorda tayinlanib, bemor ҳolati inobatga olinadi. 50–80 mg sutkaga (deksametazon 8–10 mg sutkaga, triamstinolon 40–80 mg).
Yuқori miқdordagi dorini toshmalar toshishi tugab, chaқalar epitelizastiyaga uchrashigacha bir miқdorda қabul қilinadi, so’ng gormonlar miқdori kamaytirila boshlanadi. Prednizolon sutkalik miқdorini ҳar 5 kunda 5 mg dan kamaytirilib, minimal miқdor ta’minlovchi miқdor deb ataladi. Ko’pincha bu miқdor 10–15 mg prednizolonga teng. Shunday tarzda davolash natijasida uzoқ vaқtdan so’ng dorini man etish, taxminan 20% bemorlarga nasib etadi. Katta miқdorda prednizolon tayin etilsa, kuniga 2–3 g. kaliy xlorid yoki boshқa xil kaliy preparati (kaliy astetat, orotat kaliy, "asparkam"), askorbin kislotasi yuқori miқdori va turli vitaminlar tayin etiladi, vaқti-vaқti bilan anabolik steroidlar (nerabolil, retabolil, fenobolil) tayinlanadi. Suv-tuz almashinuvini regulyastiya қilish maқsadida diuretik vositalar: gipotiazid, furosemid tayin etiladi. Piodermiya vujudga kelishining oldini olish maқsadida antibiotiklar tayin etilishi kerak.
Po’rsildoқ yara shunday kasallikki, kortikosteroidlar қo’lla-ni-shiga monelik yo’қ, sababi shu preparatlargina bemorlarni o’limdan saқlab қoladi.
Maҳalliy davolash. Oғiz shilliқ pardasini turli xil dezinfekstiyalovchi va dezodorastiyalovchi vositalar bilan chayқash, eroziyalar-ni anilin bo’yoқlari bilan ishlov berish zarur. Eroziya o’choқlari-ni mumkin қadar tez epitelizastiyalanishi uchun oғiz bo’shliғini sana-stiya қilish ҳamda rastional protezlar zarur. Lab қizil ҳoshiyasi jaro-ҳatlansa antibiotik va kortikosteroid saқlovchi mazlar va 5% dermatol mazi surtish zarur. Po’rsildoқ yara bilan oғruvchi bemorlar dispanser ҳisobida turadilar va ambulator davolanib, bepul dori oladilar.
Pemfigoid faқat ko’rinishi pemfigusga (pufaklar borligi bilan) o’xshash kasalliklar guruҳi pemfigoidlar deb ataladi va bu guruҳ қuyidagi kasalliklarni o’z ichiga oladi:
1. Leverning bullyoz pemfigoidi, parampemfigus yoki xususiy noakantolitik po’rsildoқ yara.
2. Chandiқlanuvchi pemfigoid.
3. Faқat oғiz shilliқ pardasi noakantolitik xushfe’l po’rsil-doқ yarasi. Bu guruҳ kasalliklarning asosiy belgisi ularning xushfe’l kechishi, pufakchalarning subepitelial (subepidermal) joyla-shishi, akantoliz va Nikolskiy alomati yo’қligidir.
BULLYoZ PEMFIGOID
Bullyoz pemfigoid, asosan, 50 yoshdan katta kishilarda uchrab taxminan 10 % ҳollarda kasallik oғiz shilliқ pardasining jaroҳat-la-nishi bilan boshlanadi.
Klinik ko’rinishi. Terida, ayrim ҳollarda қizargan doғ yuzasida tarang tomli, seroz suyuқlik saқlovchi pufak ҳosil bo’lishi bilan boshlanadi. Pufak o’rnida ҳosil bo’lgan eroziya nisbatan tez epitelizastiyaga uchraydi. Oғiz shilliқ pardasida, ayrim ҳollarda biroz shishgan va giperemiyalangan yuzada 0,5–1 sm diametrga ega bo’lgan, tarang tomli va seroz, kamroқ gemoragik suyuқlik saқlovchi pufak vujudga keladi. Ular bir necha soatdan bir necha kungacha saқlanadi, so’ng yorilib eroziya ҳosil bo’ladi, asta-sekin fibrinoz parda bilan қoplanib, epitelizastiyaga uchraydi.
Tashxisi. Oғiz shilliқ pardasida joylashgan bullyoz pemfigoidni birinchi navbatda po’rsildoқ yara bilan қiyosiy tashxis қilmoқ zarur.
Bullyoz pemfigoidning chegaralangan ҳolatda oғiz shilliқ pardasida uchrashi, uni қolgan guruҳ pemfigoidlardan farқlanishini қi-yin-lashtiradi. Chegaralangan bullyoz pemfigoidning klinik ko’ri-ni-shini, fa-қatgina oғiz shilliқ pardasining xushfe’l kechuvchi noakantolitik po’r-sil-doқ yarasi-dan farқlash juda қiyin. Agar toshmalar teriga ҳam toshsa tashxis oson-lashadi. RIF tashxisda yordam beradi: faқat oғiz shilliқ parda xush-fe’l kechuvchi noakantolitik po’rsildoқ yarada nurlanish қaytishi kuza-til-maydi, chandiқlanuvchi pemfigoidda bevosita RIF musbat bo’ladi.
Klimakterik gingivitda pufaklarning milklarda ҳosil bo’lishi shu yoshdagi ayollarga xos, pufak o’rnida ҳosil bo’lgan eroziyalar tezda bitadi va yalliғlanish alomatlarisiz kechadi. Klimakterik gingivit amboseks guruҳi preparatlari bilan muvaffaқiyatli davolaniladi, bu guruҳ preparatlar esa pemfigoidga ijobiy ta’sir eta olmaydi.
Joylashgan medikamentoz eritema, turli xil medikamentoz toksikodermiyalar kabi dorilar iste’mol etilgandan so’ng, oғiz shilliқ pardasida ҳosil bo’ladi. Jarayon eritema va pufak bosқichlari bilan kechadi, shu sabab jaroҳat eroziya va uning atrofida rivojlangan eritematoz doғ ҳolida kuzatiladi.
Prognoz – ҳayot uchun xavfsiz. Uzoқ remissiya bilan kechadi.
Davolash. Eng samarali vosita bo’lib, kortikosteroidlar ҳisob-lanadi, misol uchun prednizolon 20–30 mg sutkada va difenildiamin-sulfon (DDS). Shuni aytish kerakki, kortikosteroidlarning samarasi po’rsildoқ yaradagiga nisbatan kam.
DYuRINGNING GERPETIFORM DERMATOZI
(DERMATOZIS HERPETIFORMIS)
Gerpetiform dermatoz (dermatit Duhring) yoki Dyuring kasalligi doimo terida қichimali, guruҳ-guruҳ joylashgan polimorf toshmalar toshishi bilan boshlanadi, oғiz shilliқ pardasi jaroҳatlanishi 10% bemorlardagina kuzatiladi.
Klinik ko’rinishi. Gerpessimon dermatozda қanday toshmalar (pufak, pufakcha, doғ, tuguncha, bo’rtma, yiringcha) ҳolida toshishidan қat’iy nazar, toshmalar guruҳ-guruҳ bo’lib toshadi, kasallik avjlanishi galogen preparatlar қabul қilinishi, ayniқsa yod preparatlari қabul қilingach kuzatiladi.
Toshmalar, asosan, қalin va tarang tomli subepitelial, o’lcham-la-ri no’xot kattaligidek pufakchalar ҳolida tosha boshlaydi. Pufak-cha-lar shaffof suyuқlik saқlab, suyuқlik tarkibida 15–40% zozino-fillar aniқlanadi, pufakchalar atrofi shilliқ pardasi biroz shi-shib, giperemiyali bo’ladi. Pufakcha yorilgach, eroziyalar nisbatan tez bitadi. Ni-kolskiy simptomi manfiy, bosma-surtmada akantolitik ҳujayra yo’қ, aksincha zozinofillar aniқlanadi. Қonda zozinofiliya, kam ri-voj-langan leykostitoz kuzatiladi. Kasallik davriy (stiklik) kechishi bilan xarakterlanadi. Kasallikka Yaddosoning yodli sinamasi xos, ya’ni 50% kaliy yod mazi soғ teriga surtilsa, 24–28 soatdan keyin shu soҳada guruҳ-guruҳ toshmalar paydo bo’ladi.
Prognozi – yaxshi.
Davolash. Sulfon preparatlari bilan davolanadi: DDS 0,05–0,1 g dan 1 kunda 2 maҳal tayin etilib, қon taҳlil nazoratda 5 kunlik davriy ravishda, 3 kunlik tanaffus bilan beriladi.
Kasallik profilaktikasi buғdoy va javdar maҳsulotli ovқatlar-dan parҳez қilinishi kerak.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Asosiy
1 Arifov S.S., Eshbaev E.X. Teri-tanosil kasalliklar. T.,1997
2 Vaisov A.Sh. Teri-tanosil kasalliklari. T., 2004
3 Vladimirov V.V., Zudin V.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. 4Atlas. Uchebnoe posobie dlya studentov med. VUZov.
5 Skripkin Yu.K. Kojnыe i venericheskie bolezni. Uchebnik dlya medistinskix institutov. M.,1979., 1980,
6 Skripkin Yu.K. Rukovodstvo po kojnыm i venericheskim boleznyam. M.Medistina, 1995.
7 Pavlov S.T., Shaposhnikov O.K.. Samstov V.I., Ilin I.I. Kojnыe i venericheskie bolezni. L 1989g
8 Shadiev X.K., Axmedov. Teri-tanosil kasalliklar.,T.1993.
9 Karimov A.M. Teri va tanosil kasalliklari 1995 y
10 Kapkaev R.A. « Spravochnik dermatoveenrologa» 1997g.
Қo’shimcha
1. Kalamkaryan A.A., Mordovstev V.N. ,Trofimova Klinicheskaya dermatologiya, M.1989
2.Somov B.A., Dolgov A.B. Professionalnыe zabolevaniya koji v veduщix otraslyax narodnogo xozyaystva. M.1976.
3.Studnistin A.A., Berenbeyn B.A. Differenstialnaya diagnostika ojnыx zabolevaniy. M.Med.,1989
4. Shaposhnikov O.K., Venericheskie bolezni. L.1991.
Saytы Interneta :
1) www tma uz
2)www .mediashhera aha.ru // dermatol// derm –mn htm
3)www . matrix ucdavis edu // DOJ . htm l
4)www.c.c. emory .edu //WHCL// medveb. Dermatology .html/
5)www I . Mosbycom // Mosbi // Periodicals // medicals // CPDM // dm / html
6)www. Skindex . com .
7)www amaassu/org//journals // standing // derm // dermhome .htm
8)www.crawford .com //epo // mmwz //world.html
Do'stlaringiz bilan baham: |