Gruppalashlar Takrorlanmaydigan gruppalashlar. Chekli to‘plamlarning to‘plam ostilari soni.
16-amaliy mashg`ulot. Takrorlanmaydigan gruppalashlar.
Reja:
Takrorlanmaydigan gruppalashlarga oid misollar yechish.
Masalan: 4 elementli to’plamning nechta 3 elementli qism to’plami bor?
4 ta shunday qism to’plam bor ekan.
Bu qism to’plamlarni tartiblaganda 6 barobar ko’proq 3 o’rinli kortejlarga ega bo’lamiz.
Masalan: ni tartiblasak:
(a,b,c), (a,c,b), (b,a,c), (b,c,a), (c,a,b), (c,b,a) tartiblanishlar soni 3!6 martako’p.
M elementli to’plamning k elementli qism to’plamlari soni bilan belgilanadi va m elementdan k tadan takrorlanmaydigan guruhlashlar soni deyiladi.
20 kishiichidan 4 vakilni necha usul bilan saylash mumkin?
Bir aylanada yotgan 5 ta nuqta ustidan nechta vatar o’tkazish mumkin?
Bir kishida 10 ta kitob, ikkinchisida 12 ta kitob bor. Almashtirish uchun ularning har biri necha usul bilan 3 tadan kitob tanlashlari mumkin?
Lotoreya biletidagi 49 nomerdan 5 tasini necha xil usul bilan o’chirish mumkin? Necha holda tanlangan 5 ta nomerdan uchtasi tirajdan keyin topilgan bo’ladi? Necha holda 5 ta nomer to’g’ri topilgan bo’ladi?
Binom yoyilmasi va Muavr formulalaridan foydalanib, ayniyatlar isbot qilinsin:
1. X to`plamning barcha qism to`plamlarini tuzing va ularning sonini sanang: а) X = {а}; b) X = {а, в,}; c) X = {а, в, с}.
2. М = {а, b, с, d} to`plamning nechta 3 elementli qism to`plamlari bor? Ularning nechtasida: а) а element bor; б) b element yo`q?
3. 6 elementli to`plamning nechta qism to`plamlari bor? Ularning nechtasi 3 elementli? Nechtasi 2 elementli?
4. Hisoblang: C , C , C , C .
5. 6 kitobning 4 tasini necha usul bilan tanlash mumkin?
6. 7 kishidan 3 kishilik jamoani necha usul bilan tanlash mumkin?
7. 12 shaxmatist qatnashgan turnirda hammasi bo`lib nechta o`yin o`ynaladi, agar ishtirokchilar o`zaro bir marta uchrashsa?
8. Hisoblang:
1) ;
2) ;
3) .
9. Savdoda 5 xil qalam bor. Ulardan 3 ta qalamni necha xil usul bilan olish mumkin? 4 tasini-chi? 2 tasini-chi?
10. Tomonlari 3, 4, 5, 6 sm bo’la oladigan uchburchaklardan nechta uchburchak yasash mumkin?
11. 20 kishi ichidan 4 vakilni necha usul bilan saylash mumkin?
12. Bir aylanada yotgan 5 ta nuqta ustidan nechta vatar o’tkazish mumkin?
13. Lotoreya biletidagi 49 nomerdan 5 tasini necha xil usul bilan o’chirish mumkin? Necha holda tanlangan 5 ta nomerdan uchtasi tirajdan keyin topilgan bo’ladi? Necha holda 5 ta nomer to’g’ri topilgan bo’ladi?
14. To’rt xil bolt va uch xil gaykadan bittadan olib necha xil juftliklar tuzish mumkin?
a, b, v, g, d harflaridan qancha uch harfli so’z tuzish mumkin? Har qaysi so’zda albatta b harfi bo’lishi talab qilinsa-chi?
15. Sexda 6 ishchi ishlaydi. Ulardan uch kishiga uch turli, ya’ni har bir kishiga bir xildan buyum tayyorlashni necha usul bilan topshirish mumkin?
16. 8 ta har xil kitobdan 3 tasi necha xil usul bilan tanlanishi mumkin?
17. Qo’mitaga 7 kishi saylangan. Ular orasidan rais, yordamchi, kotib necha usul bilan tanlanishi mumkin?
18. Agar har bir o’quvchiga bittadan ortiq kitob berilmasa, 6 ta kitobni 10 o’quvchiga necha xil usul bilan tarqatish mumkin?
19. 6 raqamiga ega bo’lmagan besh xonali nomerlardan qancha bo’ladi?
20. 10 ta har xil detalni 3 ta qutiga necha xil usul bilan joylashtirish mumkin?
21. Komplektdagi 14 ta detaldan 4 tasida «1», 4 tasida «2», 3 tasida «3» va qolgan 3 tasida «4» belgi qo’yilgan. Komplektdan 4 ta detalni tanlab olish va ularni biror tartibda joylashtirish yo’li bilan belgilarning nechta har xil kombinatsiyasini tuzish mumkin?
777777777777
O‘rinlashtirishlar va o‘rin almashtirishlar. Takrorlanadigan va takrorlanmaydigan o‘rinlashtirishlar hamda o‘rin almashtirishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |