Tarixda Ali qushchi nomi bilan mashhur bo‘lgan Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi (1403-1474) Ulug‘bekning shogir- didir. U ilmiy ishlarini falakiyot va riyoziyot sohasida olib bordi. Uning asarlari: «Arifmetika ilmi haqida risola», «Mantiq risolasi», «Astronomiyaga oid risola» va boshqalardir. Ali Qushchi «Astronomiyaga oid risola»sida Oy va Quyosh tutilishi qonuniyatla- rini ilmiy asoslab berdi. Olim tabiat sirlari va uning qonuniyatla- rini o‘rgandi, jismlar harakati va ularning oddiydan murakkabga o‘tishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini ilgari surdi. Umuman shuni ta’kidlash lozimki, Ulug‘bek va u asos solgan astronomiya maktabi koinotdagi hodisalarni o‘rganishda muhim rol o'ynadi. Alisher Navoiy Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolardan biri, ulug‘ o‘zbek shoiri va mutafakkiri Nizomiddin Mir Alisher Navoiydir (1441—1501). Uning otasi G‘iyosiddin kichkina Shahri- sabzdan Hirotga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Husayn Boyqaro saroyida turli lavozimlarda ishladi, 1472- yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Mamlakat obodonchiligi, xalq ravnaqi va osoyishtaligi yo‘lida ko‘p ishlar qildi. Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bag‘ishlangan. «Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Xazoyin ul maoniy» («Ma’nolar xazinasi»), «Lison ut-tayr», «Majolis un nafois», «Mahbub ul qulub», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug‘atayn» va boshqalar. Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-o‘ylari o‘z ifodasini topgan. Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda, badiiy o‘xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi. Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g‘oyasi muhim o‘rinni egallaydi. Navoiyning yaxshilik, ezgu- lik, muhabbat, do‘stlik, adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go‘zal fazilatlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar to‘g‘risidagi qim- matli fikrlari, nasihatomuz so‘zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Temuriylar davlatining tugatilishi XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining o‘zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o‘zaro nizolar, taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo‘linib ketishi, iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo‘ldi. Natijada Movarounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi. E'tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |