Temuriylardan Shohruh, Ulug‘bek, Xusayn Boyqaro, Bo- bur Mirzolar davlatni boshqarishda, din va tasavvuf qoidala- riga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko‘tarildi. Amir Temur Ko‘ksaroy masjidi, Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo qila boshladi. Mirzo Ulug‘bek davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik Buhoroda, 1432—1433-yillarda G‘ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa Ulug‘bekning falakiyot rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda ham ko‘plab me’morchilik binolari barpo qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo‘lgan Gumbazi sabz, Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari, Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa’diyning «Bo‘ston» asarlariga naqsh bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, xalqning mehnatini, tabiat man- zaralarini haqqoniy tasvirlagan. XIV—XV asrlarda mantiq, tabiiy-ilmiy fanlar, ayniqsa falaki- yot, falsafa va axloqshunoslikka katta e’tibor berildi. Mantiq ilmi- ning yirik vakillaridan biri Sa’diddin Taftazoniydir (1322—1392). U Niso viloyatiga qarashli Taftazon qishlog‘ida dunyoga keladi. Yoshligidan ilohiyot fanlari, arab tili, nutq san’ati va mantiq bilan shug‘ullanadi. Taftazoniy madrasalarda mudarrislik qildi. Turkiston, Hirot, Jom, G‘ijduvon madrasalarida talabalarga dars berdi. Taftazoniy shuhrati, ilmiy ishlari Yaqin va 0‘rta Sharq mam lakatlariga keng tarqaldi. Temurning taklifi bilan alloma Samar- qandga kelib, shu yerda umrining oxirigacha yashadi. Taftazoniy 40 dan ortiq risolalarning muallifidir. Muhimlari: «Taxzib al- mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish») «Mux- tasar al-maoniy» (Ritorikaga oid «qisqacha ma’nolar»), «Al-ir- shod al-xodiy», (Arab tili grammatikasiga oid «Yo‘l boshlovchi rahbar»), «Al-maqosid at-tolibin» (Falsafa va kalomga oid «Tolibi ilmlarning maqsadlari») va boshqalar. Taftazoniy o‘tmish olimla- rining juda ko‘p asarlariga sharhlar ham bitgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |