Ionit deb, tarkibida harakatchan ionlar saqlagan anorganik va organik moddalarga aytiladi. Ionitlar almashinadigan ionning turiga koʻra: kationitlar va anionitlarga boʻlinadi. Tarkibidagi kationlarini eritmadagi kationlarga almashtiradigan, molekulasida kislota -SО3H, -PО3H, COOH, -H va boshqa guruhlar saqlagan ionit (polielektrolit)lar kationitlar deyiladi. Kationitlarda boradigan ion almashinish reaksiyalari quyida koʻrsatilgan: R - SО3H + Na+↔ RSО3Na + H+ Tarkibidagi anionlarini eritmadagi anionlarga almashtiradigan, molekulasida asos -N+HOH; N+H3OH; N+HOH va boshqa guruhlar saqlagan ionit (polielektrolit)lar anionitlar deyiladi: Tarkibidagi anionlarini eritmadagi anionlarga almashtiradigan, molekulasida asos -N+HOH; N+H3OH; N+HOH va boshqa guruhlar saqlagan ionit (polielektrolit)lar anionitlar deyiladi: R - NH3OH + Cl↔ R - NH3C1 + OH-
Do'stlaringiz bilan baham: |