Aralashma tarkibidagi moddalar ikkala erituvchi oʻrtasida oʻzining taqsimlanish koeffisiyentlariga muvofiq taqsimlanadi, ba’zi moddalar esa adsorbentga yutilganicha qoladi. Dissotsiatsiyalanadigan, yoki kam dissotsiatsiyalanadigan moddalar taqsimlanishidagi farqi Nernst qonuni asosida ifodalanadi va oʻzgarmas haroratda oʻzaro aralashmaydigan 2 faza orasida taqsimlangan moddalarning konsentratsiyalari nisbati oʻzgarmas son boʻladi: C1/C2 = K Gazli xromatografiya qator turlarga boʻlinadi. Ulardan biri gaz-suyuqlik xromatografiyasi yordamida biologiya, kimyo va xalq xoʻjaligining koʻpgina tarmoqlarida moddalarning miqdor va sifat analizi oʻtkazilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |