Аdsorbsion xromatografiya usuli sorbent orqali oʻtayotganda aralashmadagi komponentlarning sorbentga turlicha sorbsiyalanishi va desorbsiyalanishi tufayli ularni bir-biridan ajratish va aniqlash usulidir. Tarkibida bir necha modda aralashmasi boʻlgan eritma kolonkadagi harakatsiz adsorbent ustunidan qismlariga adsorbilanadi. Natijada adsorbent qavatida bir necha zona hosil boʻladi. Bu hodisani dastlab rus botanigi M.S.Svet 1903-yilda kuzatgan.