(haroratning о‘zgarib turishi, namlik, zaharli gazlar) himoyalamaydi; ularning tayanchlari muz oqimi, oqib kelgan daraxt (tо‘nka) lar va yil davomida daryodagi suv satxining о‘zgarishi ta’sirlariga uchraydi. Kо‘priklarning murakkab ish sharoitlari shuningdek ularni qurishda ishlarni bajarish sharoitlari kо‘prik materiallari vabuyumlariga qо‘yiladigan talablarni belgilaydi. • Temirbeton kо‘priklarda ishlatiladigan betonga quyidagi talablar qо‘yiladi: yuqori mustahkamlik, suv va gazni о‘tkazmaslik, sovuqga chidamlilik, kimyoviy bardoshlilik, mо‘tadil chо‘kish va oquvchanlik. Betonning mustaxkamlik kо‘rsatgichi bо‘ylama siqilishga mustaxkamlik bо‘yicha beton sinfi B hisoblanadi. Bu qovurg‘alarning о‘lchami 15 sm bо‘lgan , nam muhitda 20±2 0 haroratda saqlangandan keyin 28 sutkalik yoshida sinab kо‘rilgan beton kublarning siqilishga vaqtinchalik qarshiligi MPa. Kо‘priklar va quvurlarning konstruksiyalari uchun siqilishga mustahkamlik sinfi quyidagicha bо‘lgan betonlar ishlatiladi. B20, B25, B30, B35, B40, B45, B50, B55, B60. Konstruksiyalarning turi va vazifasiga, ularni armaturalash usullariga va ishlash sharoitlariga kо‘ra, har xil sinf betonlar ishlatiladi (QMQ 2.05.03- 84 21-jadvaldagi tavsiyalarga muvofiq). Zamonaviy kо’priksozlikda temirbeton kо’priklar kichik, о’rtacha va hatto juda katta oraliqlarda keng qо’llaniladi. Ularda xilma-xil konstruktiv yechimlar va statik sistemalar (tо’sinli, ramali, arkali va aralash) qо’llaniladi. - Zamonaviy kо’priksozlikda temirbeton kо’priklar kichik, о’rtacha va hatto juda katta oraliqlarda keng qо’llaniladi. Ularda xilma-xil konstruktiv yechimlar va statik sistemalar (tо’sinli, ramali, arkali va aralash) qо’llaniladi.
- Qirqib, qirqmasdan hisoblanadigan va konsol sistemalardan foydalanilgan tо’sinli kо’priklar eng kо’p tarqalgan. Qirqib hisoblanadigan tо’sinli kо’priklardan (3.2, a – rasm). 42 m gacha bо’lgan oraliqlarni yopish uchun foydalaniladi. Qirqmasdan hisoblanadigan tо’sinli kо’priklar (3.2, b – rasm) 33 m dan 147 m gacha bо’lgan oraliqlarda qо’llaniladi. Qirqmasdan hisoblanadigan Sistema oraliq qurilmaning katta bikirligi va vaqtinchalik yuklamalardan tushadigan deformatsiyalanishning kamligi bilan tavsiflanadi.
Ammo qirqmasdan hisoblanadigan sistemani tayanchlar chо’kmaganda qо’llash mumkin. Qirqib hisoblanadigan tо’sinli oraliq qurilmalardagi tо’sinlarning chо’kishi katta qо’shimcha kuchlar paydo bо’lishiga va kо’prikning yemirilishiga sabab bо’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda quruvchilar tayanchlar chо’kishining oldini oladilar; bu har xil gruntli sharoitlarda qо’rqmasdan hisoblanadigan oraliq qurilmalarni qо’llash uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |