Temir yo'l transportidagi telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlari



Download 1,74 Mb.
bet15/21
Sana23.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#696668
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
1. Ma\'ruza 6-sem UMUMIY

Vaktli ajralishida barcha elementar signallarni (yoki barcha ko‘p taktli signallarni) uzatish uchun bitta aloqa kanali qo‘llaniladi. Elementar signallar (yoki ko‘p taktli signallar) aloqa kanali bo‘yicha galma-galdan uzatiladi, ya’ni ular vaqt bilan ajratiladi. Bunda masalan, ko‘p taktli signal elementlarini ajratish jarayonida har bir vaqt bo‘lagini vaqtli elementar kanal kabi ko‘rib chiqish mumkin. Vaqtli ajratish uslubi qo‘llanishining zaruriy sharti bo‘lib, elementar signallarni uzatish (RP) va qabul etish (IP) punktlardagi qurilmalarni aloqa liniyasiga sinxron va sinfaza ulanishi hisoblanadi. Aloqa liniyaga ulanishni bajaruvchi uskuna taqsimlovchi deb ataladi.
Ko‘p taktli signal elementlarining vaqtli ajratish usulini tushuntirib beruvchi soddalashgan ko‘rinishdagi sxema 9.3-rasmda ko‘rsatilgan. Boshqaruv punktdagi taqsimlovchisi sxemada RRP, ijrochi punktdagi taqsimlovchisi esa – RIP kabi belgilangan.



9.3-rasm. Ko‘p taktli signal elementlarini vaqtli ajratish

RRP va RIP taqsimlovcxilar sifatida maxsus ko‘p pozitsiyali elektromexanik rele qo‘llaniladi. Ular qadamli izlagichlar deyiladi. Ushbu relening harakatlanuvchi kontaktlari cho’tkalar (Ch), harakatsizlari esa – lamellar (1,2,3) deb ataladi. Elektromagnitning har bir qo‘zg‘alishida uni cho’tkalari navbatdagi lameldan keyingisiga siljiydi (nolinchidan birinchiga yoki birinchidan ikkinchiga yoki ikkinchidan uchinchiga va h.k.). Elektromagnitning keyingi o‘chirilishida izlagich cho’tkalarining harakati sodir bo‘lmaydi.


9.1,a-rasm sxemasining ta’rifida keltirilgan, ya’ni 101 ko‘p taktli signal uzatilishi misolidagi kabi 9.3-rasm sxemasining ishini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun 9.1,a-rasm misolidagi kabi, K1 va K3 kalitlari chap holatga K2 kalit esa o‘ngga o‘tqaziladi. Shundan keyin RRP va RIP elektromagnitlariga bir varakay birinchi impuls uzatiladi, natijada ularning CH cho’tkalari 0 lamelidan 1 lameliga qayta ulanadi. Unda liniyani L simi RP da K1 kalitga IP da esa – RP rele chulg‘amiga ulanadi. Shuning uchun R1 rele chulg‘ami orqali to‘g‘ri qutbli tok o‘ta boshlaydi va rele o‘zining o‘ng kontaktini tutashtiradi. R1 rele chulg‘ami bo‘ylab tokning oqib o‘tish zanjiri 9.1,a-rasm misolida ta’riflangan, biroq 9.3-rasm sxemasi uchun «L1simi» jumlasi o‘rniga zanjir ta’rifini «L simi» deb o‘qish lozim.
RRP va RIP elektromagnitlariga ikkinchi impuls uzatilgandan keyin izlagichlarning cho’tkalari bir lameldan ikkinchi lamelga qayta ulanadi. Buning natijasida L simidan K1 kaliti bilan R1 rele ajraladi, lekin K2 kaliti bilan R2 rele ulanadi. R2 rele chulg‘ami bo‘ylab teskari qutbli tok oqib o‘ta boshlaydi va rele o‘zining chap kontaktini tutashtiradi. R2 rele chulg‘ami bo‘ylab tokning oqib o‘tish zanjiri 9.1,a-rasm misolida ta’riflangan, biroq 9.3-rasm sxemasi uchun «L2 simi» jumlasi o‘rniga zanjir ta’rifini «L simi» deb o‘qish lozim.
RRP va RIP elektromagnitlariga uchinchi impuls uzatilgandan keyin, cho’tkalar izlagichlarining ikkinchi lamellaridan uchinchi lamellariga o‘tadi. K2 kaliti bilan R2 releni L simdan uzilishi sodir bo‘ladi va K3 kaliti hamda R3 relesi L simga ulanadi. R3 rele chulg‘amini ulash zanjiri 9.1,a-rasmdagidek R3 rele chulg‘amini zanjirga ulash kabidir, biroq 9.3-rasm uchun ulash zanjiri ta’rifida «L3 simi» jumlasi o‘rniga «L simi» deb o‘qish lozim. 9.1,a va 9.3-rasmlardagi sxemalar ishi taqqoslanganda ko‘rinib turibdiki, RRP va RIP (9.3-rasm) L simni galma-gal, avval L1 sim sifatida (9.1,a-rasm), so‘ngra L2 sim (9.3,a-rasm), keyin L3 sim sifatida qo‘llash imkonini beradi. Shunday qilib RRP va RIP ko‘p taktli signal elementlarini vaqt bo‘yicha ajralishini (vaqtli ajratish) bajaradi.
Elementar signallarni fazoviy va vaqtli ajratish usullarini solishtirib, quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
-elementar signallarni fazoviy ajratish bilan ishlaydigan tizimlarida, butun ko‘p taktli signalni uzatish vaqti, faqat bitta elementar impuls davomiyligi bilan aniqlanadi (tez ta’sir usuli);
-elementar signallarni vaqtli ajratish bilan ishlaydigan tizimlarda ko‘p taktli signalni uzatish vaqti barcha elementar signallarning uzatish vaqti yig‘indisi bilan aniqlanadi (sekin ta’sir usuli);
-elementar signallarning fazoviy ajralishi bilan ishlaydigan tizimlar yanada murakkab liniyali zanjirlardan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Yuqorida ko‘p taktli signal elementlarini fazoviy va vaqtli ajratish usullariga tegishli ta’rif berilgan edi. Biroq bu usullar ko‘p taktli signallarni bir-biridan ajratish uchun ham qo‘llanilishi mumkin. «Luch» turdagi dispetcherlik markazlash tizimidagi signallarning ajratilishi 9.4-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, unda TS signallari to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida berilgan.

9.4-rasm. DM «Luch» signallarining ajratilishi


Har bir to‘g‘ri to‘rtburchak ikki son bilan (masalan, 4 – 1 bilan) belgilangan. Birinchi son aloqa kanalining raqamini, ikkinchisi – kanaldagi ko‘p taktli signalning tartib raqamini ko‘rsatadi. To‘g‘ri to‘rtburchakning balandligi kanaldagi chastotali doirasining eniga, asosi Δt – ko‘p taktli signal uzatish vaqtiga tegishli. «Luch» tizimida ko‘p taktli signallarni ajratishning fazoviy hamda vaqtli usullari qo‘llaniladi. Bu maqsadda himoya chastota doirasi va vaqtning himoya intervallarining qo‘llanishi ko‘zda tutilgan. Δt vaqt oralig‘ida uzatiluvchi elementar signallarning ajratilishi vaqtli usul bilan amalga oshiriladi.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish