Temir yo'l transportidagi telemexanik boshqaruv va nazorat tizimlari


Ma'ruza 11. Guruhli tanlov va signallar tuzilishi



Download 1,74 Mb.
bet18/21
Sana23.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#696668
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1. Ma\'ruza 6-sem UMUMIY

Ma'ruza 11. Guruhli tanlov va signallar tuzilishi

Dispetcherlik markazlash telemexanika tizimi bir kishiga dispetcherlik uchastkasi doirasiga kiruvchi barcha stansiyalarning svetoforlarini boshqarishga imkon yaratadi. Boshqarish SPDM va LPDM qurilmalarining ko‘p taktli telemexanika signallarini uzatish va qabul qilish (3.1-rasmga qarang) hisobiga amalga oshadi.


Signal tuzilishini (strukturasini) aniqlashda quyidagi masalalar yechimini topadi:

  • signalning tarkibiy qismlari sonini aniqlash;

  • signalning har bir qismi vazifasini aniqlash;

  • signalning har bir tarkibiy qismida qaysi seleksiya usulidan foydalanilganini aniqlash.

Sporadik ishlaydigan DM tizimi uchun telemexanika signalining tuzilishini aniqlab chiqamiz.
DM uchastka doirasiga kiruvchi stansiyaning nazorat va boshqaruv obyektlari soni harakat hajmiga (uchastkadan sutkasiga o‘tadigan poyezdlar soniga) bog‘liq. Bu son o‘z navbatida telemexanika tizimi uzatishi lozim bo‘lgan komandalar sonini (DM sig‘imini) belgilaydi. Harakat hajmi qancha ko‘p bo‘lsa, dispetcherlik markazi doirasiga kiritiladigan boshqaruv va nazorat obyektlari soni ham shuncha kam bo‘ladi, aks holda DNS uchastka va peregonda harakatlanayotgan barcha poyezdlarni boshqarishga ulgurmaydi. Aynan shuning uchun DM telemexanika tizimini ishlab chiqarishda uni harakat hajmi ko‘p (DM sig‘imi kichik) va harakat hajmi kam bo‘lgan (DM sig‘imi katta) uchastkalarda qo‘llash mumkinligini hisobga olish kerak. Shunday qilib, namunaviy telemexanika tizimlari katta sig‘imga ega bo‘lishi kerak. Poyezdlar harakatining dispetcherlik boshqaruvida, stansiya va peregonlar EM hamda AB qurilmalari bilan jihozlanganini inobatga olgan holda, namunaviy DM tizimi TB bo‘yicha 900÷1200 komanda va TS bo‘yicha 1200÷1800 ikki pozitsiyali obyektlar sig‘imiga ega bo‘lishi lozim.
Agar signal tuzilishi tizimning faqat bir qismini nazarda tutsa, unda bunday komanda va obyekt tanlovi bir pog‘onali tanlov deyiladi va bunday signalning tuzilishi 11.1-rasmda ko‘rsatilgan.



11.1-rasm. Bir pog‘onali tanlovda signal tuzilishi

11.1-rasmda tuzilishdagi signal vazifasi va tarkibiy qismlar soni (bitta) aniqlangan. Seleksiya usulini aniqlash uchun quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz.


Misol: deylik dispetcherlik uchastkasida ikki pozitsiyali 1024 obyekt joylashgan. U holda bu obyektlar holatini nazorat etish komandalarining soni N=1024*2=2048 ni tashkil etadi. Agar tuzilishda seleksiyaning taqsimlovchi usuli qo‘llanilgan deb olsak (N=NTSU=2048), unda (32) formulaga asosan signal uzunligi ( ) quyidagicha bo‘ladi:

Shunday qilib TSUda ko’p taktli signal 1024 elementar signallardan (impuls) iborat bo’ladi. TSU sirkulyarlik xususiyatga ega ekanligini hisobga olsak, barcha obyektlar holatini tekshirishga sarflangan vaqt (tK) bir ko’p taktli signalni uzatishga ketgan vaqtga teng, ya’ni:


(36)
Agar tuzilishda seleksiyaning kodli usuli qo‘llanilgan desak (N=NKSU=2048), unda signal uzunligi ( ) (34) formulaga asosan quyidagicha bo‘ladi:



KSU da bitta ko‘p taktli signal uzatish vaqti (tKSU) quyidagicha bo‘ladi:

.


tmsp va tTSU taqqoslanganda, KSU da bitta ko‘p taktli signalni uzatish uchun, TSU ga qaraganda, 1024 :11 =93,09 marta kam vaqt sarflanadi. Biroq KSU sirkulyarlikka ega bo’lmagani uchun, signallarni nechta obyekt mavjud bo‘lsa, shuncha marta uzatish kerak bo‘ladi. Shunda hamma obyektlarni tekshirish uchun sarflangan vaqt (tKSU) quyidagicha bo‘ladi:




(37)

(37) ifoda 11.1-rasmdagi tuzilmada TSU qo‘llash maqsadga muvofiq ekanligini isbotlayapti, biroq ko‘rib chiqilgan misol shuni ko‘rsatmoqdaki, bu telemexanika tizimining ishlash tezligi past va u sekin ta’sir etadi (1024 impuls uzatish kerak). Bunday tizimda «ma’lumot yo’qolishi» hodisasi paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu hodisa mohiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Deylik, harakat birligi yuqori tezlikda qisqa yo‘l uchastkasini egallaydi. Bu holda telemexanika tizimi yo’l uchastkasining band bo‘lgan vaqtiga teng bo‘lgan vaqtda, shu uchastka bandligi haqida ma’lumotni uzatishi kerak.


Agar telemexanika tizimida TS signallarini uzatilish va qabul qilinish tezligi past bo‘lsa, unda tizim uchastka bandligi haqida ma’lumotni uzatishga ulgurmaydi va nazorat apparatida uchastkadagi haqiqiy holat ko’rsatilmay qoladi. Bu esa DNS yoki maxsus hisoblash kompleksga poyezdlar harakatini tashkil etishga imkoniyat bermaydi, oqibatda poyezdlar ushlanib qolishiga olib keladi.
Agar telemexanika tizimida TB signallarining uzatilish va qabul qilinish tezligi past bo‘lsa, unda dispetcherlik uchastkasidagi stansiyadan har bir poyezdning jo‘nash vaqti TB signalni uzatishga ketadigan vaqtga teng bo’lgan oraliqda ushlab turilishi mumkin, bu esa poyezdlarning harakat jadvali buzilishiga olib keladi. Shunday qilib, tezkorlikka bo‘lgan talab, bir xil darajada TS va TB signallarni uzatish va qabul qilish ikkala tizimga tegishli.
Signal tuzilishida TSU qo‘llanishi sirkulyarlik xususiyatidan to‘liq hajmda foydalanish deganidir. TS signallari uchun sirkulyarlik xususiyati to‘liq hajmda saqlanishi DM uchastkasidagi barcha obyektlarning holati bir vaqtning o‘zida o‘zgarishini nazarda tutadi. TB signallari uchun sirkulyarlik xususiyati to‘liq hajmda saqlanishi DM uchastkadagi barcha obyektlarni bir yo‘la boshqarishni nazarda tutadi. Lekin poyezdlar harakatini tashkil etish tajribadan ma’lumki, to‘liq hajmda sirkulyarlik xususiyatidan hech foydalanilmaydi. Shuning uchun uchastkadagi obyektlarni guruhlarga bo‘lishdi. Bu holda obyektlarni boshqarish (nazorat etish) uchun signal tarkibida obyektlar kiradigan guruh ko‘rsatiladi, so‘ngra guruh ichidagi obyekt va unga tegishli komanda ham tanlanadi. Bunda signal tuzilmasi ikki qismga bo‘lishni talab qiladi: ulardan biri tanlov, ikkinchisi operativ qism deyiladi. Tanlov qismida obyektlar guruhi aniqlanadi (guruh mazili) va shu yerda tezkor KSU ni qo‘llash lozim. Operativ qismda, ya’ni sirkulyarlik xususiyati kerak bo‘lgan joyda TSU ishlatiladi. Shunaqa signalning tuzilish misoli 11.2,a-rasmda keltirilgan.
11.2,a-rasm bo‘yicha signalning tuzilishi bir guruhdagi barcha obyektlar bitta stansiyada joylashgan bo‘lishini talab etadi, DM uchastkada joylashgan guruhlar esa bir tartib bo‘yicha raqamlanishi kerak. Telemexanika signalining 11.2,a-rasmdagidek tuzilishi CHDM tizimida TS signallari uchun qo‘llanilgan. Bu tizimda guruh tanlovi (guruh manzilini uzatish) 9 impuls yordamida amalga oshiriladi va shunda 126 guruhni tanlash imkonini beruvchi teng vaznli ( ) kod qo‘llaniladi.
Operativ qism 10 impulsdan iborat bo‘lib, unda TSU ishlatiladi bu esa, har bir o‘nta obyekt uchun 2ta komanda uzatish imkonini yaratadi. Tizim sig‘imi S = 126 guruh * 10 obyekt * 2 komanda = 2520 komanda. Informatsion sig‘imi N = 126 guruh *10 obyekt =1260 ikki pozitsiyali obyekt (Eslatma: 11.1-rasm uchun, 1024 obyektga 1024 impuls kerak; 11.2,a-rasm uchun esa, 1260 obyekt uchun atigi 19 impuls kerak).

11.2-rasm. Guruhli tanlovda signal tuzilishi

Ko‘rinib turganidek 11.2,a-rasm tuzilishi obyekt va komandalarning ikki pog‘onali tanlovini nazarda tutadi. Birinchi pog‘onada obyektlar guruhi, ikkinchi pog‘onada esa, obyekt va unga tegishli komanda tanlanadi. Ikki pog‘onali tanlovni 11.3-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha tushunish mumkin. Lekin unda, (K1, K2) komandalar manbayini, elementar signalarni qabul qilishi (R1, R2), relelar hamda liniyaning qaytarma simi (OL) ulanishi ko‘rsatilmagan. Sxemaning ushbu elementlarining ulanishi 10.1,10.2,10.3-rasmlarda ko‘rsatilgan sxemalar kabi bajariladi. 11.3-rasmdan ko‘rinib turibdiki ikki pog‘onali tanlov ikki pog‘onali taqsimlagichlarni talab etadi. Birinchi pog‘ona taqsimlagichlari RRPM, RIPI (tanlovchi qism), ikkinchi pog‘ona taqsimlagichlari – RRPO, RIPO (operativ qism) hisoblanadi. Signalni uzatishda va qabul qilishda RRPO taqsimlagichlari RIPO taqsimlagichlari bilan sinxron va sinfazali ishlashi kerak. Shu tarzda RRPI, RIPI taqsimlagichlari ham ishlaydi. Shuni aytish kerakki, RRPI va RIPI taqsimlagichlarining almashib ulanishi (holat o‘zgarishi), RRPO va RIPO taqsimlagichlarining ishchi sikli tugagandan keyin amalga oshiriladi.


Taqsimlagichlarning sinxron ishlashi, elementar signallar qiymatlarini (0 yoki 1) uzatish va qabul qilish uchun, L va OL simlaridan navbatma-navbat foydalanishni ta’minlaydi, masalan agar RRPI va RIPI taqsimlagichlari 2-pozitsiyada, RRPO va RIPO taqsimlagichlari esa 1-pozitsiyada bo‘lsa, unda L-OL liniyadan IP1 da joylashgan 4-obyekt holatini tavsiflovchi elementar impuls uzatiladi. Bu impulsning qiymati RP boshqaruv punktida joylashgan R4 rele yordamida qayd etiladi.
Ko‘p hollarda dispetcherlik markazlashtirish tizimlarda (PCHDM, CHDM, NEVA, LUCH va boshqa turdagilar) teleboshqaruv guruhlar obyektlarining bir tekis tartib raqamlari faqat stansiya doirasida bo‘ladi, dispetcherlik uchastkasi bo‘yicha esa bunday holat kuzatilmaydi. U holda signalning tanlov qismi ikkiga bo‘linadi: impulslarning bir qismi obyektlar joylashgan stansiya tanlovi uchun (stansiya manzilini uzatish), ikkinchi qismi esa-obyektlar joylashgan guruhni tanlash uchun (guruh manzilini uzatish) mo‘ljallangan.
Bunda TB signalining tuzilishi uch pog‘onali tanlovni nazarda tutadi va ko‘rilayotgan holat 11.2,b-rasmda keltirilgan. Birinchi pog‘onada (1÷(i-1) impulslari) obyektlar joylashgan stansiya tanlanadi, ikkinchi pog‘onada (1÷(j-1) impulslari) boshqaruv obyektlari kiradigan guruh tanlanadi va uchinchi pog‘onada ((j÷n) impulslari) obyekt va buyruq tanlanadi.
Masalan, «PCHDM» tizimida:
-№ 1,2,3,4 impulslari 24 = 16 stansiyalarni tanlashga imkon beradi;
-№ 5, 6 impulslari 22 = 4 guruhlarni tanlashga imkon beradi;
-№ 7, 8,…, 16 impulslari 10 ta obyektning har biriga ikkitadan buyruq tanlashga imkon beradi.
Tizimning sig‘imi S = 16 ta stansiya × 4 ta guruh × 20 ta buyruq = 1280 buyruqqa teng. Informatsion sig‘imi N = 16 ta stansiya × 4 ta guruh × 10 ta obyekt = 640 ikki pozitsiyali obyektlarga teng (eslatma: 11.1-rasm uchun, 1024 obyekt ÷ 1024 impuls; 11.2,b-rasm uchun, 640 obyekt ÷ 16 impuls).
Uch pog‘onali tanlovning qo‘llanishi RP va IP da uch pog‘onali taqsimlagichlarning ishlatilishini nazarda tutadi. Biroq amaldagi sporadik ishlaydigan tizimlarda («PCHDM», «CHDM», «SKS», «RPK», «Neva») barcha pog‘onalarning pozitsiyalari soniga teng bo‘lgan bir pog‘onali taqsimlagichlarni ishlatishga imkon beradigan maxsus sxemalar qo‘llanadi.
Obyektlarni guruhlarga birlashtirish tamoyili va obyektlarning pog‘onali tanlovi guruh tanlovi deyiladi. Yuqorida keltirilgandan hisob hamda taqqoslashdan ko‘rinib turibdiki, guruh tanlovi qo‘llanishi telemexanika tizimlarining ishlash tezligini oshiradi.
11.2-rasmda ko‘rsatilgan signal tuzilishlari DM ning sporadik tizimlarida ishlatiladi. Siklik DM tizimlaridagi ko‘p taktli signallarining tuzilishini ko‘rib chiqishdan avval, siklik uzatish usulining qo‘llanishi maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish lozim. Buni ko‘rib chiqqanda quyidagilar faqrlar hisobga olinadi:
a) siklik usul sxemalar murakkabligini talab etadi va apparatura bahosining oshishiga olib keladi;
b) siklik usulida apparaturani sozligi doim tekshirib turiladi;
v) boshqaruv buyrug‘ini siklik uzatish va qabul qilish usulida bitta buyruq elektr markazlash qurilmalarida bir necha marta takrorlanib, davriy uzatilishi mumkin. Bu vaziyatda harakat xavfsizligiga taqlid yuzaga kelishi mumkin. Buni quyidagi misolda tushuntirib o‘tamiz: masalan, kirish svetoforining yuqoridagi sariq chirog‘i kuyganida, hozirgi ko‘rilayotgan siklda kodli qurilmalar marshrut o‘rnatilishi va svetofor ocxilishi haqida buyruqni qabul qiladi. ES qurilmalari svetofor ocxilishini talab etayotgan buyruqni bajara boshlashganida, svetoforda qizil chiroq o‘chiriladi va sariq chiroqning kuygan lampasi ulanadi. Oqibatda svetofor hech qanday signal bermaydi, balki «qorong‘i» bo‘lib qoladi va bu harakat xavfsizligiga xavf tug‘diradi. Harakat xavfsizligining belgilangan darajasini saqlash uchun, ES qurilmalari qisqa vaqt ichida qizil chiroq yoqilishini ko‘zda tutadi. Agar svetoforning kuygan sariq chiroq lampasidan qizil chiroq lampasiga o‘tish paytiga kodli qurilmalarning keyingi ishchi sikli yakuniga yetsa, unda svetoforning ocxilishiga takroriy buyruq keladi va svetofor «qorong‘i» likda qoladi;
g) boshqaruv buyruqlarini uzatish va qabul qilishning siklik usuli ayrim hollarda ES qurilmalarining ancha yeyilishiga olib keladi. Masalan, strelkani o‘tkazish haqida buyruq ostryak va romli rels orasiga begona jism kirgani sababli bajarilmasa, unda keyingi siklda shu buyruqni qabul qilishda strelka o‘tkazgichining dvigateli takroran ulanib uzoq vaqt davomida friksiyada ishlaydi.
Yuqorida ko‘rsatilganlar nafaqat maqsadga muvofiq emasligini, balki boshqaruv buyruqlarini qabul qilish va uzatishda sporadik usulining ishlatilishi kerakligini isbotlab beradi. Shuning uchun hamma kodli qurilmalar poyezdlar harakatini tashkillashtirish va xavfsizligini ta’minlash tizimlari boshqarish (TB) bo‘yicha sporadik, nazorat etish (TS) bo‘yicha esa siklik hisoblanadi.
Siklik tizimlardagi ko‘p taktli signallarning tuzilishi siklik ishni tashkil etilishiga bog‘liq. Ko‘p taktli signallarning elementlarini fazoviy ajratilishida, siklik ishni qabul qilish va uzatish punktlaridagi taqsimlagichlarning ishini boshqaruvchi impulslarni uzluksiz uzatish yo‘li bilan ta’minlash mumkin. Shunda bitta kanal sxemasi 10.2-rasmda ko‘rsatilgan sxemaga to‘g‘ri keladi. Sxemadan ko‘rinib turibdiki cho’tkalar uzluksiz surilishida ko‘p taktli signallar birin-ketin uzatiladi va shu bilan ularning har biri nazorat obyektlarining bitta buyruqlar manbasi guruhi holati haqida axborot olib boradi. Ko‘rilayotgan holatda signal tuzilishi 10.3-rasmda keltirilgan.
Ko‘p taktli signallar vaqt bo‘yicha bo‘linishida, siklik ish – shu signallarning uzatish tartibini qat’iy ta’minlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu signallar turli, jumladan har xil hududiy nazorat obyektlar guruhlaridan vujudga kelishi mumkin. Ko‘rsatilgan tartiblik maxsus sxemali qurilmalar yordamida ta’minlanadi va bu qurilmalar qo‘shimcha taqsimlagichlar deb ataladi. Qo‘shimcha taqsimlagich ishlatilishi ikkita variantda qo‘llanishi mumkin: birinchi variant butun DM uchastka yoki uning asosiy qismida nazorat obyektlari guruhlarini yaxlit bir chekkadan raqamlashni nazarda tutadi.





11.3-rasm. Guruhli ikki pog‘onali tanlov



Shuning uchun ko‘rsatilgan qo‘shimcha taqsimlagichlar guruhiy (GR) deb nom olgan. Bu variant «Neva», «Luch» tizimdagi DM kodli qurilmalarda qo‘llaniladi va SP bilan LP da GR ning o‘rnatilishini ko‘zda tutadi. Agar boshqaruv punktini DMning markaziy posti sifatida, ijro punktini esa DM ning liniyali punkti sifatida ko‘rilsa, unda bu variantni tushuntirish uchun 11.3-rasmni qo‘llash mumkin.


Shunda RRPI va RIPI taqsimlagichlari guruhli (GR) deb hisoblanadi, RRPO va RIPO esa TS signalining taqsimlagichlari (RTS) deb hisoblanadi. Taqsimlagichlarning ishlash tartibi va TS signalining ko‘rinishi 11.4-rasmda ko‘rsatilgan.

11.4-rasm. Guruli taqsimlanishda signallarni uzatish tartibi


11.3 va 11.4-rasmlardan quyidagilar kelib chiqadi:


a) GR va RTS ishlashi orasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishi kerak.
U quyidagicha izohlanadi: GR cho’tkalarning faqatgina RTS cho’tkalari nolli lameldaligida surilishi mumkin. Agar RTS cho’tkalari istalgan lamelda joylashgan bo‘lsa (12,3), u holda GR cho’tkalarining surilishi ta’qiqlangan bo‘lishi kerak;
b) taqsimlagichlarning sinxron va sinfazali ishlashi muammoni yechimi, qo‘shimcha aloqa kanalini tashkil etishni talab etadi. Ushbu kanal sinxronizatsiya kanali deb ataladi. «Neva» va «Luch» tizimlarida sinxronizatsiya kanali sifatida TB kanalidan foydalaniladi, bu esa umumiy aloqa kanallari sonini qisqartiradi;
v) 10.3-rasmda ko‘rsatilgan TS signalining tuzilmasini faqatgina operativ qismning tarkibiga kiritish kerak.
Birinchi variantning xususiyati siklning Ts doimiy vaqti bilan ifodalanadi. Biroq Ts ning sonli qiymati, nazorat obyektlarining fizik tavsiflari: relsli zanjirlarning uzunligi, poyezd harakatining maksimal tezligi va nazorat apparatida obyektlar holatini ifodalashda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar ehtimoli bilan chegaralanadi. «Neva» va «Luch» tizimlarida bu chegaralovlar ko‘p taktli signalni nafaqat vaqt bo‘yicha, balki fazoviy ajratilishiga olib keldi (9.4-rasmga qarang).
Ikkinchi variant guruhli tanlov qo‘llanishni ko‘zda tutadi, ko‘p taktli signallarning siklik uzatish va qabul qilish esa «so‘rov-javob» tamoyilining ishlatilishiga asoslangan. Ko‘rilayotgan variantda qo‘shimcha taqsimlagich faqat DMning markaziy postida (SPDM) o‘rnatilib, stansiya taqsimlagichi (SR) deb nomlanadi. Obyekt guruhlari esa faqat stansiya doirasida raqamlanadi. Bu variant agregatli dispetcherlik markazlash tizimida (ASDM) qo‘llaniladi. Bu variantning mohiyati 11.5-rasm yordamida tushuntiriladi.



11.5-rasm. SR signallarini uzatish tartibi


Tizimning ishlash sikli SR 1-pozitsiyaga o‘tish daqiqasidan boshlanadi (11.5-rasmga qarang). SRning 1-pozitsiyaga o‘tishi tugaganda, SPDM qurilmasi maxsus aloqa kanali orqali (so‘rov kanali) LPga ko‘p taktli signal jo‘natadi. Bu signal №1 stansiya adresini (manzilini) mujassam etadi (11.5-rasmda tepaga qaratilgan strelkali to‘rtburchak). Bu signal LP1 da qabul qilinadi va natijada bu LPdagi uzatish qurilmalari TS kanaliga faqat avvalgi sikl davomida o‘z holatini o’zgartirgan obyektlar guruhidan TS signalini uzatadi. Bundan tashqari, nazorat tugashi haqida signal (KK) uzatiladi.


KK signalni qabul qilish oqibatida (javob olindi) taqsimlagich SR 2-pozitsiyasiga o‘tishni boshlaydi. SR 2-pozitsiyasiga o‘tishidan so‘ng, SPDM qurilmalari №2 stansiya manzilini mujassam etadigan keyingi ko‘p taktli signalni so‘rov kanaliga jo‘natishadi. Bu so‘rovga javob tariqasida, ikkinchi stansiya qurilmalaridan TS signali yuboriladi. Shu tarzda SPDM har bir so‘rovdan keyin, TS signali ko‘rinishida har xil stansiyalardan javob oladigan bo‘ladi. Oxirgi (№ n) stansiyadan KK signali qabul qilingandan so‘ng, taqsimlagich SR n-pozitsiyadan 1-pozitsiyaga o‘tishni boshlaydi va nazorat sikli qayta boshlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan 11.5-rasmga asoslangan holda ikkinchi variant uchun quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
a) Ts sikl vaqti o‘zgarmas kattalik hisoblanmaydi va LP1 dagi obyektlar avvalgi sikl davomida o‘z holatini o‘zgartirgan (11.5-rasm) guruhlar soniga bog‘liq. Bunday guruhlar ikkita bo‘lgani uchun, liniyaga ikkita nazorat va bitta KK signali yuborildi. 2LP da esa faqat bitta shunday guruh bo‘lgan, shuning uchun faqat bitta nazorat va KK signali yuborildi (birinchi variant bilan taqqoslaganda bu usul yoki sikl vaqtini kamaytiradi yoki tizimning informatsiya sig‘imini oshiradi);
b) qo‘shimcha so‘rov kanalining qurilishi talab etiladi. ASDM da so‘rov kanali TB kanali bilan birlashtirilgan;
v) TS signalining tuzilmasida operativ va tanlov qismlari bo‘lib, tanlov qismida guruh manzili uzatilishi kerak. Shu tariqa TS signalining tuzilishi 11.2,a-rasmga to‘g‘ri kelishi kerak.
Signal tuzilishi haqidagi masala ko‘rib chiqilgandan so‘ng, shuni aytish mumkinki, har qanday signal tuzilmasi signalining bir yoki bir nechta impulslardan tashkil topgan xizmat qismi bilan to‘ldirilishi kerak. Xizmat qismining impulslari joylashuvi har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, «CHDM», «Neva», «Luch» tizimlarining boshqaruv signallarida xizmat qismi, tanlov qismidan chap tomonida joylashgan (11.2, b-rasmga qarang) va 0 tartib raqamiga ega bo‘lgan bitta impulsdan iborat.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish